Boshqarma boshlig‘i v.v.b Sh.Sharofiddinov
Ijrochi: E.Sobirov
Tel:65-224-24-60
Buxoro viloyati hokimligiga
Sizning 2022-yil 25-oktabrdagi 01-25-1473-sonli xatingizga:
O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining xatiga (24.10.2022-y. 02-10/6146-sonli) ilova qilingan Buxoro shahridagi “Turizm shaharchasi” konsepsiyasi loyihasi hamda tanlab olingan yer maydonlari bo‘yicha taqdim etilgan ma’lumotlar Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.
Buxoro shahrining “Gulchorbog‘” MFY Qalqon ko‘chasi yo‘li yoqasida “Turizm shaharchasi”ni barpo etish uchun tanlangan 195 gektar yer maydoni YuNESKOning Umumjaxon merosi ro‘yxatiga kiritilgan “Buxoro tarixiy markazi” va uning bufer zonasi hududidan 1.8 km. uzoqlikda joylashganligini ta’kidlab, Boshqarmaning mazkur tanlangan yer maydoni bo‘yicha e’tirozi yo‘qligini bildiramiz.
Boshqarma boshlig‘i v.v.b Sh.Sharofiddinov
Ijrochi: E.Sobirov
Tel:93.961.77.71
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PQ-4038-sonli qarorining 2.3-ilovasi “2019-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini Buxoro viloyatida amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturi” 1-bandida belgilangan vazifalar doirasida Buxoro viloyati hokimligi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o‘zgacha madaniy qiymmatga ega bo‘lgan 607 ta ob’ektga muhofaza belgisini o‘rnatish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil
3 martdagi “Moddiy madaniy meros ob’ektlari va YuNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar muhofazasini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 119-sonli qarori 4-ilovasi
28-bandida viloyat hokimligiga hamda Madaniyat vazirligiga Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk ob’ektlarining muhofaza belgilarini o‘rnatish ishlarini joriy yilning sentyabr oyiga qadar to‘liq yakunlash belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni
20-moddasida lavhalar, e’lonlar, narxnomalar va boshqa ko‘rgazmali hamda og‘zaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtirilishi va e’lon qilinishi hamda boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkinligi, shuning bilan birga Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 fevraldagi 61-son qarorida belgilangan vazifalar doirasida mamlakatimizdagi joy, ko‘cha, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targ‘ibot vositalari, reklama va e’lonlarni to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilishini ta’minlash belgilangan.
Shu munosabat bilan, viloyatda ro‘yxatga olingan 829 ta madaniy meros ob’ektlarida peshlavha muhofaza belgilari holati o‘rganildi va tahlil qilindi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, viloyatda 287 ta arxeologiya ob’ektlarida yerda o‘rnatiladigan maxsus qurilmali va 525 ta arxitektura ob’ektlari devoriga o‘rnatish uchun sifatli peshlavhalar tayyorlash talab etilmoqda. Bu borada, madaniy meros sohasi bilan bog‘liq vazifa va funksiyalarini bajarilishiga mas’ul tashkilot takliflari tayyorlandi. Dastlabki hisob kitoblarga ko‘ra: viloyatda 414 ta yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan band etilmagan madaniy meros ob’ektlari mavjud bo‘lib, ularning 110 tasi (shunda 6ta si kichik)da arxitektura ob’ektlari devoriga o‘rnatiladigan yog‘ochli peshlavxa, 304 tasida arxeologiya ob’ektlarida yerda qurilishi talab etiladigan maxsus metal konstrutsiyali yoki yog‘och (chinor) qurilmasini mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan o‘rnatish zarurati mavjud.
-arxeologiya ob’ektlarida yerda qurilishi talab etiladigan maxsus metal konstrutsiyali yoki yog‘och (chinor) qurilmasining bahosi 1 mln. so‘mni, arxitektura ob’ektlari devoriga o‘rnatiladigan yog‘ochli bir dona peshlavhaning bahosi esa 500 ming so‘mni tashkil etmoqda. Shunga ko‘ra, viloyatdagi barcha madiny meros ob’ektlarida muhofaza belgilarini o‘rnatish bo‘yicha dastlabki hisob kitoblarga ko‘ra, jami
Do'stlaringiz bilan baham: |