Boshqarma boshlig‘i v.b Sh.Mahmudov
Ijrochi: E.Sobirov
65-220-02-19
Madaniy meros agentligiga
Buxoro shahar, B.Naqshband ko‘chasida joylashgan Passaj-2 binosi
1912 yilda Savva Morozov tomonidan qurilgan bo‘lib, “Azov-Don” banki,
1980 yilgacha Markaziy bank sifatida foydalanib kelingan.
Passaj-2 binosi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2019 yil 4 oktyabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari Milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 846-sonli qaroriga asosan davlat muhofazasiga olingan bo‘lib, ro‘yxatda 113-raqamda qayd etilgan.
Mazkur binoda 1982 yildan boshlab, Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi tizimidagi Tasviriy san’at muzeyi filiali sifatida faoliyat olib bormoqda.
Ob’ektning umumiy maydoni 1800 m2 ni tashkil etib, unda 8 ta ekspozisiya zali, shuningdek “Tasviriy san’at asarlari” fondi, “Hujjatlar” fondi, “Arab yozuvidagi qo‘lyozma va toshbosma asarlar” fondi, “Qo‘lyozmalar” fondi, Abu Ali ibn Sino nomidagi viloyat axborot-resurs markazi “Arab yozuvidagi qo‘lyozma va toshbosma asarlar” fondi mavjud. Muzeyda mavjud beshta ekspozisiya zalida
190 dona tasviriy san’at asarlari ko‘rgazmaga qo‘yilgan.
Shuningdek, birta zalda G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlab “Jasorat” ko‘rgazmasi, ikkita zalda zamonaviy rassom (M.Abdullaev, Z.Saidjonov, R.Hakimov, E.Jo‘raev, O. Mavlonov, M.Hafizova, D. Avezova, R.Avezov va h.k)lar va hunarmandlar ijodiy ishlari ko‘rgazmasi tashkil etilgan .bundan tashqari muzeyda 2018 yilda ukrainalik fotorassom, 2019 yilda tojikistonlik fotorassom asarlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Muzeyda joylashgan “Tasviriy san’at asarlari” fondida 1205 ta moybo‘yoq, grafika va haykaltaroshlik asarlari bo‘lib, ular zamonaviy stellaj, shkaf, sandiq kabi moddiy-texnik ashyolar bilan jihozlangan, kondisioner, termometr, psixrometr va yong‘in o‘chirish vositalari (ognetushitel) o‘rnatilgan. Muzey ekspozisiya zallarida 25 ta kamera, 82 ta yong‘in xavfsizligi marker-datchiklari, zamonaviy vitrinalar, stellaj, shkaf, pult, signalizasiya hamda “Qo‘riqlash” posti bilan ta’minlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil
11 dekabrdagi 975-sonli qarori 3-ilovasiga ko‘ra Buxoro tasviriy san’at muzeyi 2018-2019 yillarda 800,0 mln so‘mlik asrashga doir ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilgan.
Shuningdek, binoda Madaniy meros agentligi Badiiy ekspertiza bo‘limi ish kabinetlari, “Desert Oasis” turistik firmasining idorasi, ilmiy xodimlar ish kabinetlari hamda mahalliy rassomlar ijodxonalari o‘rin olgan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi tomonidan Tasviriy san’at muzeyi (“Passaj-2”) binosini mukammal ta’mirlash va zamonaviy texnologiyalari bilan ta’minlash maqsadida ilmiy asoslangan holda loyiha xujjatlarini ishlab chiqib, muzey daromadlari hisobidan belgilangan tartibda asrashga doir ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilishi mumkinligini bildiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |