Boshqarma boshlig’i v.b Sh.Mahmudov
Ijroch:i E.Sobirov
65-220-02-19
Madaniy meros agentligi direktori T.Kuzievga
Hurmatli Tursunali Karimdjonovich,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatini tashkil etish hamda sohani innovasion rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5150-son Qarorining 6-ilovasiga muvofiq
2021-2023 yillarda Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk ob’ektlarining qo‘riqlanadigan tegralarini belgilash va raqamlashtirishning Maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlangan.
Unga muvofiq, 2021 yil yakuniga qadar Buxoro viloyatida 80 ta ob’ektning muhofaza tegralarini belgilash belgilab qo‘yilgan.
Shunga ko‘ra, Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi va tegishli tashkilotlar bilan birgalikda Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk ob’ektlarining qo‘riqlanadigan tegralari loyihalari ishlab chiqildi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, Sizdan mazkur loyihalarni Madaniy meros agentligi huzuridagi ilmiy ekspert kengashida ko‘rib chiqishda amaliy yordam berishingizni so‘raymiz.
Ilova ____ varaqda.
Boshqarma boshlig’i v.b Sh.Mahmudov
Ijroch:i E.Sobirov
65-220-02-19
Madaniy meros agentligi Boshqarma boshlig'i R.Bahodirovga
Sizning 2021 yil 24-noyabrdagi 14-07/1-sonli xatingiz ma'lumot va ijro uchun qabul qilinganligini bildiramiz.
Boshqarma boshlig’i v.b Sh.Mahmudov
Ijroch:i E.Sobirov
65-220-02-19
“JURU ENERGY CONSULTING” MCHJ direktori J.Ismoilovga
Nusxasi: Madaniy meros agentligiga
Sizning 2021 yil 21-noyabrdagi Madaniy meros agentligiga yo‘llagan JEC-OUT-21-411-sonli murojaatingiz Buxoro viloyati Madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o’rganib chiqildi.
Xorazm viloyatining Sarimsoy-Jonkeldi podstansiyasi va Muruvtov-Navoiy havo uzatish tarmog’i yo’nalishida madaniy meros ob’ektlari davlat muhofazasiga olinmagan.
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi hamda “ASWA POWER BASH WIND” va “ASWA POWER DAZHANGELDY WIND” MChJ o’rtasida tuzilgan shartnomaga asosan Samarqand arxeologiya instituti mutaxassislardan iborat ekspidisiya tomonidan Buxoro viloyati G’ijduvon tumani (Ayakag’itma atrofida) hamda Peshko’ tumani (Jonkeldi atrofi) hududlarida arxeologiya yodgorliklarini aniqlash va xaritalashtirish maqsadida dastlabki dala-qidiruv ishlarini olib borilgan.
O’rganish natijalariga ko’ra, Ayakag’itma atrofida 157 ta hamda Jonkeldi qishlog’i hududida 23 ta arxeologiya ob’ektlari aniqlangan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, Sizga loyihani amalga oshirishda Samarqand arxeologiya instituti mutaxassislardan iborat ekspidisiya tomonidan aniqlangan arxeologiya ob’ektlari va ularning himoya hududlarini saqlash talablariga rioya etilishida hamda arxeolog nazorati ostida amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’lishini ma’lum qilamiz.
Obyektlar koordinatalari hamda xaritasi ilova qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |