Boshqarma boshlig‘i v.v.b Sh.Sharofiddinov
Ijrochi: E.Sobirov
Tel:65-224-24-60
Buxoro viloyati Turizm va madaniy meros boshqarmasiga
Sizning 2022 yil 26-oktabrdagi 02-04/1705-sonli xatingizga:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 261-sonli Qarorining
8-bandida «Milliy merosga mening hissam!» umumxalq aksiyasi doirasida:
davlat muzeylariga madaniy boyliklarni, shu jumladan mustaqillik yillarida yaratilgan, yuksak badiiy qiymatga ega bo‘lgan tasviriy va amaliy san’at asarlarini xarid qilish uchun 2022-yil 1-iyuldan boshlab har yili Madaniy meros jamg‘armasiga Davlat budjetidan madaniy meros va muzeylar sohasiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan qo‘shimcha 3 mlrd so‘mdan hamda hududlardagi tegishli davlat muzeylariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlardan 500 million so‘mdan mablag‘ ajratib borilishi belgilangan.
Shunga ko‘ra, Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi tomonidan madaniy boyliklarni, shu jumladan mustaqillik yillarida yaratilgan, yuksak badiiy qiymatga ega bo‘lgan tasviriy va amaliy san’at asarlarini xarid qilish uchun mablag‘ ajratish bo‘yicha viloyat moliya boshqarmasiga murojaat etilganligini ma’lum qilamiz.
Boshqarma boshlig‘i v.v.b Sh.Sharofiddinov
Ijrochi: E.Sobirov
Tel:65-224-24-60
Shofirkon tumani Jo‘ynov MFYda yashovchi fuqaro N.Qodirov
Ma’lumot uchun: Madaniy meros agentligiga
Sizning 2022-yil 19-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Shoftikon tumanidagi “Qo‘rg‘oni Vardonze” arxeologiya yodgorligi to‘g‘risida yozgan murojaatingiz Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi.
Shofirkon tumani “Bog‘i Afzal” MFYda joylashgan “Qo‘rg‘oni Vardonze” arxeologiya merosi obyekti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2019-yil 4-oktabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 846-sonli qaroriga asosan davlat muhofazasiga olingan.
“Vardonze qo‘rg‘oni”ning umumiy maydoni Buxoro viloyati hokimining 2015-yil 4-apreldagi “Shofirkon tumani hokimining 2015-yil 29-yanvardagi 40-sonli qarorini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 151-sonli qaroriga asosan 76 gektar qilib belgilangan bo‘lib, mazkur hudud “Burqi Sarmast” ziyoratgohi va uning atrofidagi yerlar hamda bog‘larni ham o‘z ichiga oladi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, Sizga “Qo‘rg‘oni Vardonze” arxeologiya merosi obyekti, shu jumladan, uning hududiga kiruvchi “Burqi Sarmast” ziyoratgohi va uning atrofidagi yerlar hamda bog‘lar moddiy madaniy meros obyekti sifatida davlat muhofazasiga olinganligini bildiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |