Boshqarma boshlig‘i v.v.b Sh.Sharofiddinov
Ijrochi: E.Sobirov
65 2242460
Madaniy meros agentligiga
Sizning 2022 yil 22 apreldagi 01-12/1080-sonli xatingizga:
Qorakoʼl tumanida “Poykent-osmon ostidagi muzey” arxeologik park tashkil qilish boʼyicha tegishli soxa mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiya qayta koʼrib chiqilib, davlat (oʼzbek) tilida taqdim etilishini maʼlum qilamiz.
Boshqarma boshligʼi Sh.Mahmudov
Ijrochi: E.Sobirov
65 2242460
Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi direktori B.Nasimovga
Nusxasi: Qadimgi Poykent tarixi muzeyi filiali mudiri N.Sobirovga
Qorako‘l tumanida joylashgan “Qadimgi Poykent tarixi muzeyi” filiali mudiri tomonidan Qadimgi Poykent arxeologiya yodgorligi muhofazasini tashkil etish maqsadida ikki nafar qorovul shtati ajratib, kadrlar bilan ta’minlash to‘g‘risida murojaat kelib tushgan.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil
28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmonining 2-ilovasiga muvofiq
““2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 184 bandi, 2 xatboshisida Qorako‘l tumanida “Poykent-osmon ostidagi muzey”arxeologik park tashkil qilish vazifasi belgilangan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, Sizdan, “Qadimgi Poykent” arxeologiya yodgorligini ishonchli muhofaza qilish maqsadida ikki nafar qorovul shtati ajratishda va tegishli kadrlar bilan ta’minlashda amaliy yordam berishingizni so‘raymiz.
Boshqarma boshlig‘i Sh.Mahmudov
Ijrochi: E.Sobirov
65 2242460
“Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligi maxanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti rektori Sh.Imomovga
Sizning, 2022 yil 15 apreldagi 274/01-20-sonli xatingiz Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi mutaxasssislari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.
Buxoro viloyatida joylashgan madaniy meros ob’ektlari bo‘yicha ma’lumotlar Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti tayanch doktaranti Sattarov Shahzod Yarashovichga elektron shaklda taqdim etildi.
Shuningdek, viloyat hududida joylashgan “Etti pir”, “Ark” qo‘rg‘oni, “Labi Hovuz” ansambli, Minorai kalon, Chor minor madrasasi, Qo‘sh madrasa (Mirdo‘stim va Abdullaxon madrasasi) , ob’ektlarida zamonaviy asbob uskunalar foydalangan xolda topografik syomka qilish ishlariga e’tiroz bildirmaydi.
Topografik syomka ishlari yakuniga etkazilganidan so‘ng, amalga oshirilgan syomka ishlarining bir nusxasini viloyat madaniy meros boshqarmasiga taqdim etishingiz so‘raladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |