2.2 G‘ovlar osha yugurish bo‘yicha musobaqa qoidalari
G‘ovlar osha yugurish erkaklar o‘rtasida – stadionlarda 110 va 400 m. yopiq inshootlarda 60 m. masofalarga, ayollar o‘rtasida esa 100 va 400 m., yopiq inshootlarda 60 m. masofalarga yugurish bo‘yicha musobaqalar o‘tkazib kelinadi.
100 va 110 m masofalarga yugurishda g’ovlardan o’tish holati
G‘ovlar osha yugurishda masofa bo‘ylab g‘ovlarning joylashish tartibi.
Yugurish masofasi
|
Start chizig’idan 1-g’ovgacha bo’lgan masofa (m)
|
G’ovlar orasidagi masofa(m)
|
Oxirgi g’ovdan finishgacha bo’lganmasofa (m)
|
Masofa bo’ylab g’ovlar soni (ta)
|
Erkaklar
|
60m
|
13.72
|
9.14
|
9.72
|
5
|
110m
|
13.72
|
9.14
|
14.02
|
10
|
400m
|
45.00
|
35.00
|
40.00
|
10
|
Ayollar
|
60m
|
13.00
|
8.50
|
13.00
|
5
|
100m
|
13.00
|
8.50
|
10.50
|
10
|
400m
|
45.00
|
35.00
|
40.00
|
10
|
Yugurish masofasi
|
Erkaklar
|
Erkaklar (20 yosh)
|
Erkaklar (18 yosh)
|
Ayollar
|
Ayollar (20 yosh)
|
Ayollar (18 yosh)
|
60m
|
1.067m
|
0.991m
|
0.914m
|
0.84m
|
0.838m
|
0.762m
|
110/100m
|
1.067m
|
0.991m
|
0.914m
|
0.84m
|
0.838m
|
0.762m
|
400m
|
0.914m
|
0.914m
|
0.838m
|
0.762m
|
0.762m
|
0.762m
|
G‘ovlar osha yugurish masofasi shartli ravishda to‘rt fazaga bo‘linadi: start va startdan keyingi tezlanish, depsinish va g‘ovlardan o‘tish, g‘ovlar orasida yugurish, marraga kelish. 110 metrga g‘ovlar osha yugurishda start chizig‘idan 1 g‘ovgacha 13.72 sm, g‘ovlar orasidagi masofa 9,14 sm va oxirgi g‘ovdan marra chizig‘igacha 14.02 sm ni tashkil etadi. Balandligi 106.7 sm da 10 ta g‘ov qo‘yiladi. 400 metrga g‘ovlar osha yugurishda start chizig‘idan 1 g‘ovgacha 45 metr, g‘ovlar orasi 35 metr va oxirgi g‘ovdan marra chizig‘igacha 40 metrni tashkil etadi. G‘ovning balandligi 91.4 sm va 10 ta g‘ov qo‘yiladi. Ayollarda 100 metrga g‘ovlar osha yugurishda start chizig‘idan 1 g‘ovgacha 13.00 metr, g‘ovlar orasi 8.50 sm va oxirgi g‘ovdan marra chizig‘igacha 10,50 smni tashkil eatadi. G‘ovning balandligi 84 sm va g‘ovlar soni 10 ta. 400 metrga g‘ovlar osha yugurishda g‘ovning balandligi 76,2 sm va g‘ovlar soni 10 ta. Start chizig‘idan 1 g‘ovgacha 45 metr, g‘ovlar orasi 35 metr va oxirgi g‘ovdan marra chizig‘igacha 40 metrni tashkil etadi. G‘ovlar osha yugurishning barcha turlarida g‘ovlarning oyoqlari yuguruvchiga qarama qarshi qo‘yilishi kerak. G‘ovlarning asosi temirdan bo‘lib, plankasi yog‘och materiallardan bo‘ladi. Uning og‘irligi 10 kg.gacha bo‘ladi. Oyog‘inig uzunligi 70 sm. Plankaning eni 7 sm uzunligi 118-122 sm eni 1-2 sm. gacha tashkil etadi. Planka oq-qora chiziqlar bilan bo‘yalgan bo‘ladi. Har bir sportchi alohida o‘zining yo‘lagida yuguradi va bu g‘ovlar osha yugurishning hamma turlarida shunday bo‘ladi. Sportchi har bir g‘ovni ustidan yugurib o‘tishi kerak. G‘ovlar oshayugurishda sportchi g‘ovni ataylabdan yiqitib yugursa u musobaqadan chetlashtiradi. Yonidagi sherigiga ham halaqit bersa u holatda ham musobaqadan chetlashtirib
yuboradi.
G‘ov. Erkaklar 110 va 400 m.ga, ayollar 100 va 400 m.ga yugurishda foydalaniladigan jihoz. U turli ishlab chiqruvchilar tomonidan turlicha ko‘rinishda tayyorlanadi. Lekin ularning og‘irligi bir xil – 7-10 kg etib belgilanadi. G‘ovlar asoslari metall, plankalari esa turli ashyolardan (plastik, yog‘och va h.k.) tayyorlanishi mumkin. G‘ov plankasining balandligi 70±5mm, qalinligi 10-25mm va uzunligi 1.19±0.01m.ni tashkil etadi. G‘ovning asosi (“oyoqlari”) uzunligi 0.70 m.gacha bo‘ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |