Belbog‘
O`sha paytlar yosh bola edim. Ko‘zimda o‘t chaqnab turardi. O`yindan boshqa tashvishim yo‘q edi. Ba’zi narsalarga aqlim ham yetardi. Bir kuni onam chaqirib qoldi. Qo‘llarida nimadir bor edi. Qand bo‘lsa kerak. Yo‘q. Boshqa narsa ekan. Borganimdan so‘ng uni belimga bog‘lab qo'ydilar. Onamdan buning nima ekanligini so‘radim. - Bu belbog' seniki. Otangda ham bor, bobongda ham bor, uning bobosida ham bo‘lgan. Baxting shunda, belbog‘ingni yecha ko‘rma! - dedilar onam. Shu-shu bu belbog` menga aziz bo‘lib qoldi. Uni hech kimga ishonmadim. Chang-dog‘ tegmasin deb asradim. Iplari so‘kilmasin, deb juda hushyor bo‘ldim. Yoshim ulg‘aygan sari uni ham ko‘proq yaxshi ko‘raverdim. Birovga berishni xayolimga ham keltirmadim. Endi u orim, nomusim, g‘ururimga aylangandi. Unda otamning qo‘llari, onamning nurli siymosi, yaqinlarimning tafti bor. Ajdodlarimning bo‘ylari bor unda. Shukur, belbog‘im - orim, faxrim, bor-bijdim o‘zimda. Belbog‘imdagi «Vatan» degan yozuvni ko`zlarimga surtaman.
(133 so` z. Behzod Fazliddin, «Hikoyalar»)
Oltin yaproqlar
Dam olish kunlaridan biri edi. Ko‘chaga chiqdim. Kech kuz bo‘lsa ham havo ochiq, quyosh charaqlab turardi. Hamma yoqda oq, sariq, yashil yaproqlar. Go‘yo ko‘chaga chiqishingizni kimdir bilgan-u yo‘lingizga gilam to‘shab qo'ygan.
Har yili kuzda, xazonrez paytida menga shunday tuyuladi. Shuning uchun ham ko‘chaga chiqaman, serdaraxt xiyobonlami uzoq-uzoq aylanaman. Quyoshning so‘nggi shu’lalari so‘ndi. Tepaga qaradim. Ko‘k betini parcha-parcha qora bulutlar qoplab olgan edi. Ko‘p o‘tmay, qayinzorni tasir-tusur tovushlar qoplab, yomg‘ir yog‘a boshladi.
Yerda tangadek ochiq joy qolmadi. Hammasini xazon qopladi. Yomg‘ir zarbidan barglar duv-duv to'kilardi.
Bir mahal qayinzor yorishdi. Yomg‘ir siyraklashdi. Yuzimdagi yomg‘ir tomchilarini yengim bilan sidirib, tepamga qaradim. Qaradim-u, ko‘zlarim qamashib ketdi. Ro‘paramdagi qayinning eng yuqori shoxida bir narsa xuddi oltindek tovlanib turardi. Qo‘limni soyabon qilib yaxshilab qaradim. Bu... oddiy yaproq, sap-sariq qayin yaprog‘i edi. Yaproq quyosh nurida oltindek tovlanib, yengil tebranganicha ko‘kka dadil bo‘y cho‘zib turardi.
(141 so 'z. О.Umarbekov)
Ikki do‘st
Ikki oshna yoshlikdan birga o‘sdilar. Davr kelib ikkalasi ham o‘z baxtini izlab yo‘lga chiqsalar, ikki yo‘l uchraydi. Bin bir tomonga, ikkinchisi boshqa tomonga yo‘l oladilar. Ulardan bin shaharma-shahar yurib ilm-u hunar orttiradi. Ikkinchisi, borgan shahrida podshoh saylash uchun uchirilgan semurg1 qush tasodifan uning boshiga qo‘nib, shu shaharga shoh boiib qoldi. Yillar o‘tib, do‘sti shu shaharga keladi. Har yerga qo‘yilgan shahar shohining rasmiga ko‘zi tusha- di. Do‘stining iqbolidan shodlanib, uni ko‘rishga oshiqdi. Podshoh saroyiga borib uning huzuriga kirdi. Podshoh uni tanib, tanimaslikka oldi. U kuyunib, yonib «Axir men se- ning dotting falonchiman-ku!» deb o‘zini tanitdi. Podshoh esa: «Xo‘sh, mendan nima istaysan», dedi. Do‘sti esa «Sendan hech qanday iltimosim yo‘q. Shahringga kelsam, xalq orasida podshohning ko‘zlari ojiz bo‘lib qolibdi, degan xunuk xabami eshitdim. Shuning uchun do'stimning holidan xabar olay deb huzuringga kelgan edim», debdi-yu, yo'liga qaytibdi.
(133 so'z. «Saodatnoma»)
Ezgulik
Statistika ma’lumotiga ko‘ra, inson bir soat-u 40 daqi- qalik filmni tomosha qilganda, uni bir soat-u 20 daqiqasini ko‘rar ekan, 20 daqiqasi esa ko‘zimizning ochilib yumilishiga sarflanarkan. Inson miyasini katakchalardan iborat ulkan oq maydon deb faraz qilsak, yaxshi va yomon o‘tgan liar bir somyamizdagi xotiralar bilan ulami to‘ldirib borar ekanmiz, bar bir voqeani har doim ham vaqti, soati, soni- yasigacha to‘liq qayta tiklay ololmaymiz. Natijada, o‘sha katakcha bo'shliqqa aylanadi. 10 yil yashagan bolada qancha bo‘shliq, 20 yoki 40 yil, 60 yil yashagan insonda-chi?
Qarang, hayotimiz, xotiramiz bo‘shliqlar bilan to‘lib boryapti. Uni qanday to‘ldirish mumkin? Umr so'nggiga yetib kelgach, ortga boqib, qanday afsuslanmasdan, o‘tgan umrga achinmasdan, faqat mamnunlik hissini tuyish mum- kin? Savollar ko‘p, ammo javobini topish mushkul. Men bu savolga buvimning oddiy hayot falsafalaridan javob topdim. Yaxshilik bir insonga beriladigan kichik yordam, ezgulik esa ko‘pchilikka manfaatsiz qilinadigan xizmat ekan. Ana shunday umrini el xizmatiga bag'ishlagan insonlar - bobom va buvimdan o‘mak olib har bir kunimni ezgulikka sarf- layapman. Qanday qilib deysizmi? Savolingiz o‘rinli, hozir kichkinaman, lekin o‘qish, qunt bilan o‘rganish, bilim olish orqali niyatimni amalga oshiryapman. Aslida, mening bu- gungi vazifam ham shuda, yaxshi o‘qish. Yo‘q-yo‘q, yaxshi emas, a’lo o'qish!
(177so‘z. D. Abdusattorova, «Ezgulik»)
Do'stlaringiz bilan baham: |