Tuproqka beriladigan gerbitsidlardan ham foydalanilganda gerbitsidlarning yuqori normalarda qo‘llash ma’qul chunki bahorgacha bu gerbitsidlar inaktivizatsiyaga uchrab bahorda ekilgan ekinlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Ekinlarni ekishda va nihollarni (ko‘chatlarni) o‘tkazishdan oldin gerbitsidlarni tuproqqa mineral o‘g‘itlar bilan, maydonlarga gerbitsidlar suspenziya, emulsiya, eritmalarini purkash yuli bilan ham berish mumkin, bunda ko‘karayotgan o‘tlar nobud bo‘ladi. Gerbitsidlarni donador formalari, emulsiya, suspenziya va eritmalarini purkash yuli bilan madaniy ekinlarni ekishdan oldin berish ham mumkin, bunda begona o‘tlar madaniy ekinlar ekilishigacha nobud bo‘ladi. Gerbitsidlarning madaniy ekinlar ekilishigacha berilishi juda qisqa muddatda bajariladi, chunki bahorda bu davr o‘ta tez o‘tadi, bunda gerbitsidlarning tez bug‘lanmaydigan formalaridan foydalanish tavsiya etiladi, gerbitsid albatta nam yuzaga tushishiga erishish kerak chunki quriq yuzada gerbitsid yaxshi ta’sir etmaydi samarasi past bo‘ladi. Ekishdan oldingi muddat eng samarali, chunki begona o‘tlarning yoshlik davrida yo‘q qilishga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |