Ббк международный научно-образовательный



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/43
Sana13.06.2022
Hajmi1,23 Mb.
#664502
TuriСборник
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43
Bog'liq
“Образавание и наука в ХХI веке” ISSN2658-7998. 2021.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


24 
ФИО автора:
Zarnigor Rahmonova Abduqodir qizi, Egamberdiyev Oyatillox 
Alisher o'g'li, Sotvoldiyeva Orzigul Ma'rufjon qizi, Ahmedov Akmal Yusufovich
Название публикации:
KASBIY 
PEDAGOGIKADA 
INNOVATSION 
TEXNOLOGIYALAR 
Zamonaviy sharoitda talabalarning o‘quv-bilish faolliklarini kuchaytirish, o‘qitish 
sifatini oshirish va samaradorligini yaxshilash maqsadida innovatsion xarakterga 
ega ta’lim shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda amaliy 
o‘yinlar, muammoli o‘qitish, interfaol ta’lim, modul-kredit tizimi, masofali o‘qitish, 
blended learning (aralash o‘qitish) va mahorat darslari ta’limning innovatsion 
shakllari sifatida e’tirof etilmoqda. Ayni o‘rinda ta’limning innovatsion xarakterga 
ega ushbu shakllari to‘g‘risida so‘z yuritiladi. I. Trening – (ingliz tilidan training-
train –o‘qitmoq, tarbiyalamoq) interfaol mashg‘ulotlarni amalga oshirishning asosiy 
shakli bo‘lib, u o‘rganilishi lozim bo‘lgan nazariy g‘oya va fikrlarni amaliy ish, 
mashqlar davomida o‘zlashtirish, muloqot almashish imkonini beruvchi tashkiliy 
tadbir hisoblanadi. Trening bu nafaqat ta’lim oluvchilarda shaxslararo o‘zaro 
hamkorlikning samarali ko‘nikmasini shakllantirishga balki, mutaxassis kasbiy 
kompetentligining umumiy darajasini oshirishga yo‘naltiriladi. Trening mobaynida 
o‘qituvchilar nazariy ma’lumotlarni o‘zlashtirish bilan birga, ularda bilish, 
emotsional va xulq-atvor ko‘nikmalari rivojlanib boradi. • tahsil oluvchi faoliyatiga 
mo‘ljallangan ta’lim shakli bo‘lib, nazariy ma’lumotlarni amaliy mashqlar orqali 
o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. U ta’lim beruvchi tomonidan o‘qitishni emas, balki 
tahsil oluvchi tomonidan mustaqil va faol o‘rganishni ko‘zda tutadi.ng Treninglar 
o‘rganilishi lozim bo‘lgan nazariy g‘oya va fikrlarni amaliy ish hamda mashqlar 
davomida o‘zlashtirish imkoniyatini beradi va qatnashchilardagi o‘zaro 
hamkorlikni, samarali muloqot ko‘nikmasini shakllantirishga yo‘naltiriladi. Har 
qanday trening quyidagi bosqichlardan tashkil topadi: 1. Izyuminka (joziba - 
qatnashchilar bilan ishlashning o‘ziga hos ajoyib tomoni) qatnashchilarning 
treningga qiziqishini uyg‘otish uchun qisqa bahs boshlash, savollar berish, 
qatnashchilar fikrini chalg‘ituvchi (provakatsion) Tayanch tushuncha va iboralar: 


25 
ta’limning innovatsion shakllari: muammoli ma’ruzalar, seminar-trening, debatlar, 
vebinar, masofali o‘qitish, mahorat darslari, vebinar texnologiyalari va b KASBIY 
TA’LIM METODIKASI 199 ta’kidlarni ilgari surish yoki qandaydir faoliyat turini 
faraz qilish. O‘quv mashg‘uloti qatnashchilarining dastlabki bilimlari va ularning 
hayotiy tajribalarini bog‘lashga harakat qilish. Trening ahamiyati nimadan iborat 
ekanligi sabablarini tushuntirish. Odatda trening qatnashchilari birinchi 
mashg‘ulotda o‘zini noqulay sezishi, Sizga nisbatan ishonchsizlik holatlari 
kuzatiladi. Unutmang, Sizning har bir harakatingiz va e’tiboringiz qatnashchilar 
ishonchini qozonishigizga asos bo‘ladi. 2. Qatnashchilar uchun natijalarni 
ta’kidlash. Qatnashchilarga treningdan qanday maqsad kutilayotganini auditoriyaga 
tushuntiring. Qatnashchilar trening natijasida: «Bu treningdan keyin nimalarni 
bilishim va nimalarni qilishim lozim?» degan savolga javob berishlari kerak. 3. 
Trenerning hissasi. Trening uchun zarur dastlabki ma’lumotlar, zarur bilimlar (matn, 
ma’ruza, hujjatlar, o‘qish) va biror faoliyat turini o‘tkazish uchun fan mazmunini 
namoyish qilish. 4. Interfaol strategiya - treningning yuragidir. Interfaol uslubiyotda 
foydalanadigan ish tartibini qisqacha bayon qilish. Interfaol uslub-bu jamoaviy 
muhokamani tashkil etish, fikrlarni erkin aytish, muhokama, tahlil va faoliyatni 
baholashdir. Umuman treningdagi faoliyatning ushbu turida qatnashishning barcha 
qadamlarini chizib chiqish. Guruxda ishlash uchun aniq va qisqa tushuntirishlar olib 
borish. Qatnashchilar tushunganlik darajasini muntazam nazorat qilib borish. 
Treningni yakunlashga vaqt etishi uchun, uning har bir qismini diqqat bilan tashkil 
qilish. Bu erda treningni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan savollar muhim ahamiyatga 
egaligini e’tibordan chetda qoldirmaslik. Trener mashqlarni qatnashchilar 
tomonidan bajarish jarayonida topshiriqlarni to‘g‘ri bajarishini kuzatib borishi 
lozim. 5. Debrifing (xulosa) baholash. Qatnashchilar o‘zlari yod olgan va 
o‘zlashtirgan bilim(yo‘nalish)lari bo‘yicha xulosa qiladilar, o‘zlashtirgan 
ma’lumotlar va malakalarni boshqa holatlarda, talabalar bilan ishlashda qo‘llashni 
muhokama qiladilar. Bu - treningni baholash qismidan iborat bo‘lib, bunda 
«Qatnashchilar nimani o‘rgandilar?» savoliga javob olinadi. Trening davomida 
qatnashchilar o‘rgangan yoki ko‘rsatgan bilimlari natijalar bilan mos kelishini 


26 
tekshiriladi. Treninglar an’anaviy o‘quv mashg‘ulotlaridan quyidagi jihatlari bilan 
farqlanadi: 

bunda ta’lim oluvchilar yoki ishtirokchilar guruhi yoshi va bilim 
jihatdan bir xil bo‘lmaydi; 

trening jarayonining asosiy maqsadi ishtirokchilarni 
o‘zaro muloqotga 

chorlash va faollashtirishdan iborat etib belgilanadi; 

o‘qitish 
va tarbiyalashning shakl, metod va vositalari trening maqsadidan 

kelib chiqib 
tanlanadi va individuallashtiriladi. 

YAxshi trening har doim trener va 
qatnashchilarning o‘zaro hamkorlikdagi harakatlariga asoslanadi. KASBIY 
TA’LIM METODIKASI 200 

Treningni o‘tkazish texnikasi. Qatnashchilar bilan 
noverbal (so‘zsiz, mimika, pantomimika, qarash va hokazo) aloqa o‘rnatish: 

Gapirayotganingizda har bir talabani ko‘z ostingizda tuting. 

Hammaga bir xil 
e’tibor bering, Siz guruxdagi ba’zi odamlarga xayrixoh bo‘lib qolmang. 

Xonada 
guruhning diqqatini buzmasdan harakat qiling (tez-tez va maqsadsiz yurishlardan 
qoching, shuningdek, guruhga o‘zingiz ko‘rinmaydigan joydan turib gapiring). 

Qatnashchilarning bosh qimirlatishi, tabbassumi va hatti harakatlari nimanidir 
aytmoqchi ekanliligiga hohishi borligiga e’tibor bering. 

Guruh qarshisida turing. 
O‘qish va trening boshlanganda o‘tirmang (xotirjam, shu bilan birga maqsadli va 
qat’iy bo‘ling). 

Verbal (nutqiy) aloqa o‘rnatish: 

Savollarni shunday tuzingki, 
qatnashchilar gapirsin. Bunda Sizga ochiq savollar yordam beradi: «Siz bu haqda 
nima deysiz?», «Nimaga?», «Qanday? «Agar? va hokazo. Agar talaba «Ha», 
«Yo‘q» deb javob bersa, «Nega shunday gapiryapsiz?» deb so‘rang. 

O‘z 
ovozingiz ohangiga e’tibor bering. Ayniqsa, qatnashchilar ichida pedagogik 
ma’lumoti bo‘lmagan kishilar bo‘lsa, u holda asta-sekin va aniq gapiring. 

Qatnashchilarni o‘zingizdan ko‘proq gapirishga undang. O‘zingiz va 
qatnashchilarning so‘zga chiqish vaqtlarini hisobga olib boring. 

Hamma 
savollarga faqat o‘zingiz javob bermang. Qatnashchilar birbirining savollariga javob 
berishi mumkinligini unutmang. Bu Sizning zaxirangizni ko‘paytiradi. «Kimdir bu 
savolga javob bera oladimi?» deb so‘rang. 

Qatnashchilarning fikrini o‘z so‘zingiz 
bilan takrorlab, bir oz o‘zgartirib ifoda qiling. Bu Sizga gapiruvchini 
tushunishingizni etarli darajada nazorat qilishga imkoniyat beradi va muhokama 


27 
savollarini tushunishni kuchaytiradi. 

Bahs umumlashtirilgan natijalari mohiyatini 
har bir ishtirokchi to‘g‘ri tushunganiga va to‘g‘ri yo‘nalishda ketayotganligiga amin 
bo‘ling. Bu qaramaqarshiliklarni ko‘rish va xulosa chiqarish uchun qulay fursatdir. 

SHaxsiy tajribangiz mazkur bahsga mos kelsa, qatnashchilar fikrlarini 
mustahkamlang. «Bu menga o‘tgan yilgi voqeani eslatadi» - deyishingiz mumkin. 
Treninglarni samarali amalga oshirishda o‘qitish metodlarining tanlanishiga katta 
ahamiyat beriladi. I. Amaliy o‘yinlar. Dastlab “o‘yin” tushunchasining mohiyatini 
anglab olish talab etiladi. Zamonaviy sharoitda ta’lim amaliyotida amaliy-
innovatsion xarakterga ega o‘yinlardan samarali foydalanilmoqda. Ta’lim 
amaliyotida qo‘llaniladigan o‘yinlar o‘z-o‘zidan didaktik xususiyat kasb etadi, shu 
sababli ular ko‘p holatlarda “didaktik o‘yinlar” deb yuritiladi. Kishilik tarixiy 
taraqqiyotining barcha davrlarida ham o‘yin sub’ekt faoliyatining eng birinchi va 
muhim turi sifatida tan olingan. Binobarin, shaxs faoliyatining muhim turlari – 
mehnat, o‘qish bilan birga o‘yin ham uning shakllanlanishi va rivojlanishida muhim 
ahamiyat kasb etadi. O‘yinlar vositasida katta avlod tomonidan to‘plangan hayotiy 
tajriba, o‘zlashtirilgan bilim, turmush tarzi va ijtimoiy munosabat asoslari, madaniy 
qadriyatlar yosh avlodga izchil uzatib kelingan. O‘yin shaxsning tarbiyalash, 
rivojlantirish, unga ta’lim berish xususiyatlariga ega. Mavjud xususiyatlari tufayli 
o‘yinlar qadim-qadimdan xalq pedagogikasining muhim asoslaridan biri bo‘lib 
kelmoqda. Bevosita o‘yinlar bolalarda idrok, sezgi, xotira, tafakkur, nutqni 
rivojlantirishga yordam berish orqali ularni ma’naviyaxloqiy, aqliy, jismoniy va 
estetik jihatdan tarbiyalashga xizmat qiladi. “Maktabgacha yoshdagi bola o‘yin 
faoliyatida o‘qish va mehnatga tayyorlanadi. YOsh ulg‘aygan sari o‘yinning roli 
O‘yin – kishilik faoliyatining muhim turi hamda ijtimoiy munosabatlar 
mazmunining bolalar tomonidan imitatsiyalash (ko‘chirish, taqlid qilish) asosida 
o‘zlashtirish shakli sanaladi Amaliy o‘yinlar – muayyan amaliy harakatlarning 
tashkil etilishini imitatsiyalash imkoniyatini beradigan o‘yinlar biroz kamayib 
boradi. O‘yinlarning tarbiyaviy ahamiyati bolaning butun hayoti davomida saqlanib 
qoladi” Agarda jismoniy xatti-harakatlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan o‘yinlar 
bolalarda chaqqonlik, epchillik, chidamlilik, qat’iylikni tarbiyalasa, intellektual, 


28 
konstruksiyali o‘yinlar ularni o‘ylashga, fikrlashga, mantiqiy tafakkur yuritishga 
o‘rgatadi. “O‘yin inson hayotining hayotining har bir davri uchun uning ruhiy 
rivojlanishini belgilovchi etakchi faoliyat turi hisoblanadi. Faqat o‘yinda va o‘yin 
orqali bola voqelikni, shu jumladan, kishilar ijtimoiy munosabatlarini, hulqini, 
xattiharakatlarini bilib oladi”. Tarixiy taraqqiyot jarayonida o‘yin nafaqat bolalar, 
balki kattalar hayotidan ham alohida o‘rin egallashga muvaffaq bo‘lindi. Zamonaviy 
sharoitda intellektual, kompyuter, iqtisodiy, harbiy, kasbiy, sport va maishiy hodiq 
chiqarishga ko‘maklashadigan o‘yin modellari ham kattalar orasida keng 
ommalashgan. O‘yinning mohiyati va tuzilishi ma’lum ko‘nikma, malaka, qobiliyat 
va sifatlarning har bir ishtirokchida butun o‘yin davomida shakllanishini 
ta’minlaydi. Ta’lim jarayonda o‘yin texnologiyalaridan foydalanishda o‘qituvchi 
pedagogik vazifalarini ssenariyda aniq ifodalay olishi zarur. O‘yin faoliyatining 
psixologik mexanizmlari shaxsning o‘zini namoyon qilish, o‘zining hayotda o‘rnini 
belgilash, o‘zini o‘zi boshqarish, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirishan iborat asosiy 
ehtiyojlarni qondirish imkoniyatini yaratadi. O‘yin ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirish 
va qayta yaratishga yo‘nalgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi hamda 
o‘yin jarayonida shaxsning o‘z xulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi. 
O‘yinli texnologiyalari, shuningdek, talabalarning ijodiy qobiliyati va kreativ 
tafakkurini o‘stiradi. Pedagogik maqsadda foydalanilayotgan o‘yinlar o‘yin 
texnologiyalari deb nomlanadi. O‘yin texnologiyalari ta’lim oluvchilarni muayyan 
jarayonga tayyorlash, ularda ma’lum hayotiy voqelik, hodisalar jarayonida bevosita 
ishtirok etish uchun dastlabki ko‘nikma, malakalarni hosil qilishga xizmat qiladi. 
Ta’lim jarayoni ishtirokchilari (m: ta’lim oluvchilar, ota-onalar, pedagogik jamoa 
a’zolari, ta’lim muassasalarining rahbarlari, jamoatchilik tashkilotlarining vakili va 
b.) sifatida turli rollarni bajarish ishtirokchilarga pedagogik faoliyat mazmuni bilan 
yaqindan tanishish imkoniyatini yaratish asosida ma’lum faoliyatni samarali tashkil 
etishga nazariy, amaliy va ruhiy tayyorgarlikka erishish nuqtai nazaridan yordam 
beradi. ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirishning barcha ko‘rinishlari: bilim, ko‘nikma, 
malaka hamda hissiy- baholovchi faoliyat jarayonini hosil qilishga yo‘naltirilgan 
shartli o‘quv vaziyatlarini ifodalovchi shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim (pedagogik 


29 
texnologiya) turlaridan biriyin tlogiyalari (o‘yi• didaktik maqsad talabalar oldiga 
o‘yinli topshiriq shaklida qo‘yiladi; • o‘quv faoliyati o‘yin qoidalariga 
bo‘ysundiriladi; • didaktik o‘quv materialdan o‘yin vositasi sifatida foydalaniladi; 
KASBIY TA’LIM METODIKASI 203 • o‘quv faoliyatida didaktik vazifani o‘yin 
vazifasiga aylantiruvchi musobaqa elementi qo‘llaniladi; •muvaffaqiyatli bajarilgan 
didaktik topshiriq o‘yin natijasi sanaladio‘nalishlardaalga oshiriladi: O‘quv 
jarayonida o‘yin texnologiyalarining o‘rni, roli, shuningdek, o‘yin elementlari 
hamda ta’limning o‘zaro uyg‘unligi ko‘p jihatdan o‘qituvchi tomonidan pedagogik 
o‘yinlar mohiyati, funksiyasi va turlarining qanchalik tushunilishi bilan belgilanadi. 
Har qanday o‘yinlar kabi pedagogik jarayonlarda foydalaniladigan o‘yinlar ham 
o‘zining aniq maqsadi va natijasiga ega bo‘ladi. Ta’lim muassasalarida ko‘p 
holatlarda rolli va kasbiy xarakterga ega ishbilarmonlik o‘yinlarian foydalaniladi. 
Muhimi pedagogik maqsadlarda qo‘llaniladigan o‘yinli texnologiyalarining asosini 
talabalarni faollik va tezkorlikka asoslangan faoliyati tashkil etadi. Pedagogik 
o‘yinlar yangi o‘quv materialini o‘zlashtirish, mustahkamlash, talabaning ijodiy 
qobiliyatini rivojlantirish, umumiy kasbiy tayyorgarlik ko‘nikma, malakalarini 
shakllantirish kabi masalalarni echishga qaratiladi. Ular yordamida talabalar turli 
holatlardan o‘quv materialini tushunish, uning negizida ma’lum ko‘nikma, malaka 
va sifatni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ayni o‘rinda o‘yin metodikasiga 
ko‘ra guruhlangan o‘yin texnologiyalarining mohiyati xususida so‘z yuritiladi. . 
Pedagogik o‘yinlarning asosiy belgilari 1. Didaktik o‘yinlar – o‘rganilayotgan 
ob’ekt, hodisa, jarayonlarn modellashtirish asosida talabalarning bilishga bo‘lgan 
qiziqishlari, faolliklarini oshiradigan o‘quv faoliyati turi hisoblanadi. Bu kabi 
o‘yinlar ishtirokchilar tomonidan ijtimoiy-foydali mehnat va o‘qish ko‘nikmalarini 
faol o‘zlashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularning ahamiyati natijalar bilan 
emas, balki jarayonning mazmuni va kechishi bilan belgilanadi; bu kabi o‘yinlar 
ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishga tayyorlaydi, ulardagi turli 
psixologik zo‘riqishlarni kamaytiradi. 2. Syujetli o‘yinlar – pedagogik voqelik, 
hodisalar bayonining muayyan izchilligi va unda ishtirok etayotgan shaxslar 
faoliyatining o‘zaro bog‘liqligiga asoslangan o‘yinlar sanaladi. Bu kabi o‘yinlar 


30 
odatda pedagogik muammolarning echimini izlash, ta’lim-tarbiya jarayonida 
yuzaga kelgan muammoli vaziyatlarni bartaraf etish, shaxsni qayta tarbiyalash 
maqsadida qo‘llaniladi. Pedagogik o‘yinlar Talabaning xohishiga ko‘ra-tanlangan 
erkin rivojlantiruvchi faoliyat ekanligi. Ushbu faoliyatning ijodiy, avvaldan 
tayyorlanmagan, juda faol xarakteri Faoliyatning hissiy ko‘tarinkiligi, raqobatga 
asoslanishi Bilvosita va bevosita qoidalarning mavjudligi 3. Rolli o‘yinlar – ma’lum 
bir shaxsning vazifa va majburiyatlarini bajarishdagi ruhiy holati, xatti-harakatlar 
mohiyatini ochib berishga yo‘naltirilgan o‘yinlar, ularda rollar majburiy mazmuni 
bilan taqsimlanadi. Rolli va ishbilarmonlik o‘yinlari ishtirokchilarni muayyan 
jarayonga tayyorlash, ularda ma’lum hayotiy voqelik, hodisalar jarayonida bevosita 
ishtirok etish uchun dastlabki ko‘nikmamalakalarni hosil qilishga xizmat qiladi. 
Ta’lim jarayoni ishtirokchilari (m: talabalar, ota-onalar, pedagogik jamoa a’zolari, 
ta’lim muassasalarining rahbarlari, jamoatchilik tashkilotlarning vakillari va b.) 
sifatida turli rollarni bajarish pedagogik faoliyat mazmuni bilan yaqindan tanishish 
imkoniyatini yaratib, ma’lum faoliyatni samarali tashkil etishga nazariy, amaliy, eng 
muhimi, ruhiy jihatdan tayyorlanishga yordam beradi. 4. Ishbilarmonlik o‘yinlari – 
ma’lum faoliyat, jarayon yoki munosabatlar mazmunini yoritish, ularni samarali, 
to‘g‘ri, oqilona uyushtirishga doir ko‘nikma, malaka hamda sifatlarni o‘zlashtirish 
maqsadida tashkil etiladigan o‘yinlar. Bu turdagi o‘yinlar ta’lim oluvchilarda aniq 
faoliyat yo‘nalishida zarur BKM va sifatlarni shakllantirish yoki rivojlantirish 
maqsadida tashkil etiladi. SHu jihatdan ishbilarmonlik o‘yinlari ishlab chiqarish 
jarayoni, kasbiy faoliyatining modellashtirilishini anglatadi. Ishbilarmonlik o‘yini 
talabalarda kasbiy sifatlarni hosil qilish bilan birga shaxsiy sifatlarni ham 
tarbiyalaydi, ularning ijtimoiylashuvini ta’minlaydi. 5. Imitatsion o‘yinlar – ishlab 
chiqarish korxonalari, ish o‘rinlari, firmalar, tashkilotlarda xodimlar tomonidan 
amalga oshiriladigan faoliyatni imitatsiyalash (taqlid qilish, ko‘chirish) asosida 
talabalarni muayyan amaliy yoki kasbiy faoliyatga samarali tayyorlashga 
yo‘naltiradigan o‘yinlar. Bu turdagi o‘yinlar ssenariyasi, syujetidan tashqari, 
imitatsiya jarayon, ob’ektlarning tarkibiy tuzilmasi va ahamiyatini to‘la ochib berish 
maqsadia modellashtiriladi. Imitatsion o‘yinlar jarayonida ta’lim oluvchilar 


31 
muayyan operatsiyalarni, m: masalalar echish, ma’lum bir usulni o‘zlashtirish 
imkoniyatiga ega bo‘ladi. 6. Dramatik o‘yinlar (psixologik va ijtimoiy dramalar) – 
psixologik hamda ijtimoiy masalalarni hal qilishga yo‘naltirilgan o‘yinlar bo‘lib, 
ular tashkil etilishi, metodik xususiyatlariga ko‘ra rolli va ishbilarmonlik o‘yinlariga 
yaqin. Odatda psixologik va ijtimoiy xarakterdagi dramatic o‘yinlar jamoadagi 
muhitni yaxshilash, shaxslararo munosabatlarning ijobiy bo‘lishiga erishish, 
muloqotga kirisha olish, jamoada yagona birlikni qaror toptirish, o‘zgalarning ruhiy 
holatini to‘g‘ri baholash, og‘ir vaziyatlarga uch kelgan sub’ektlarga yordam 
ko‘rsatish hamda samarali, unumli faoliyat ko‘rsatish uchun zarur sharoitni 
yaratishga xizmat qiladi. Barcha o‘yinlarda bo‘lgani kabi pedagogik o‘yinlar 
jarayonida ham ishtirokchilar faol holatda bo‘ladi, sheriklari bilan o‘zaro 
munosabatga kirishadi, shuningdek, o‘z qarashlarini sheriklariniki bilan taqqoslash, 
jamoa bilan zarur munosabatni o‘rnatish orqali o‘zini o‘zi o‘rganadi. Pedagogik 
jarayonda o‘yinlardan foydalanishda ayrim jihatlarga e’tibor qaratish lozim. 
Jumladan: o‘yin ssenariysini tayyorlash; yo‘riqnomalar tuzish; auditoriyani o‘yin 
mohiyatiga muvofiq jihozlash Ssenariy va uning mohiyati muhim ahamiyatga ega. 
Zero, aynan ssenariygina tegishli ta’lim, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarga 
erishish imkoniyatini ta’minlaydi. O‘qituvchilar o‘yin ssenariylarini tayyorlashga 
alohida e’tibor qaratishlari, ssenariyni tayyorlash malakasiga ega bo‘lishlari zarur. 
Pedagogik xarakterdagi o‘yinlarning tarkibiy tuzilmasi quyidagilardan iborat: - 
o‘quv maqsadi; - o‘yinning vazifasi; - o‘rganiladigan muammo tafsiloti; - o‘yin 
vaziyatining tafsiloti; - ishtirokchilarning tasnifi Ta’lim jarayonida o‘yin 
texnologiyalari qo‘llash quyidagilarga asoslanadi: - guruhni shakllantirish; - 
mashg‘ulotlarning bosh maqsadini ifodalash; - muammoli vaziyatni vujudga 
keltirish; - rollarni taqsimlash, - o‘yin reglamentini o‘rnatish; - materiallar, 
yo‘riqnomalar, qoidalar va - ko‘rsatmalar to‘plamini tarqatish; - maslahat berish 
O‘yin texnnologiyalarini qo‘llashda rollar qur’a tashlash yo‘li bilan taqsimlanadi. 
Bunda rollar nomi yozilgan kichik qog‘ozchalarda foydalanish mumkin. Rollarning 
ishtirokchilar o‘rtasida qur’a asosida taqsimlanishi kelib chiqish ehtimoli bo‘lgan 
noroziliklarning oldini oladi. O‘yin jarayonida belgilangan vaqt (reglament)ga, 


32 
muloqot odobiga rioya etish, faollik ko‘rsatish hamda o‘yinni oxirigacha davom 
ettirish kutilgan natijani kafolatlaydi. Shuningdek, quyidagi omillar pedagogik 
maqsadlarda o‘yin texnologiyalaridan samarali foydalanish imkoniyatini 
ta’minlaydi: - o‘yin ssenariysining puxta tayyorlanganligi; - o‘yin maqsadi va 
vazifalarining to‘g‘ri, aniq belgilanishi; - o‘yin qoidalarining aniq, lo‘nda (8-10 
tagacha) ifodalanishi; - o‘yin yo‘riqnomasining mavjudligi; - ishtirokchilarning 
o‘yin jarayoniga qiziqishlari; - rollarning samarali, to‘g‘ri taqsimlanishi; - jamoada 
ko‘tarinki kayfiyatning yuzaga kelishi; - ishtirokchilarning bir-birlarini tushuna - 
olishlari va qo‘llab-quvvatlashlari; - har ishtirokchining o‘yin natijasi uchun 
mas’uliyatni his etishi; - barcha ishtirokchilar imkoniyatlarining yagona maqsadga 
yo‘naltirilishi O‘yin jarayonida hech kim halaqit qilmasligi kerak. Bordi-yu, 
zaruriyat bo‘lsagina faqat boshlovchi ishtirokchilarning harakatlarini tuzatishi, 
ularni to‘g‘ri yo‘naltirishi mumkin. Har qanday jarayon singari o‘yin yakunida uning 
tashkil etilishi, o‘tkazilishi yuzasidan muhokama o‘tkazilishi zarur. Muhokama 
chog‘ida o‘yin ishtirokchilari, tomoshabin (jamoaning o‘yina ishtirok etmagan 
a’zolari), ekspertlar o‘yinning tashkil etilishi va o‘tkazilishi yuzasidan o‘z fikr- 
mulohazalari, takliflarini bildiradi. Muhokama jarayoni quyidagi tartibda tashkil 
etiladi: - taqrizchilarni chiqishlari; - fikrlar almashinuvi; - ishtirokchilarning o‘z 
qarorlari va xulosalarini himoya qilishlari; - o‘yinga yakun yasash muhima 
ahamiyatga egadir. 


33 

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish