Ba'zi olimlar ijtimoiy pedagogika metodlarini umumiy pedagogika metodlariga mos qilib tasniflashadi



Download 22,15 Kb.
Sana02.07.2022
Hajmi22,15 Kb.
#733039
Bog'liq
ijtimoiy pedagogik faoliyat


5.10. Ijtimoiy-pedagogik faoliyat metodikasi va texnologiyalari.
Metod va usul tushunchalari, ularning farqlari. O'z kasbining xususiyatlarini o'rganib chiqqan ijtimoiy pedagog oldida bu bilimlarni bolalar ijtimoiylashuvida, ularning deviant xulq-atvorini oldini olishda, ularga yordam berish jarayonida amaliy tatbiq etish muammosi turadi. Bu muammoni hal qilishuchun ijtimoiy-pedagogik faoliyat metodlari va texnologiyalarini bilish zarur. Avvalambor, bu tushunchalarning ta'rifini aniqlab olish lozim. Olimlarning fikricha, bola ijtimoiylashuvi yoki reabilitatsiyasiga yordam beruvchi, ijobiy ijtimoiy tajriba to'planishini ta'minlovchi, ijtimoiy pedagog va bolaning o'zaro bogliq faoliyatini uyg'unlashtiruvchi ijtimoiy pedagogik metodlar haqida gapirish hali erta. Ular hozir shakllanish bosqichidadir. Shuning uchun ham ijtimoiy pedagog uz amaliy faoliyatida pedagogika, psixologiya va ijtimoiy ishda qo’llanilayotgan metodlardan foydalanadi.
Metoddan tashqari, ijtimoiy pedagogikada “ usul” va "vositalar" tushunchalari qullaniladi. Usul metodning ifodasi sifatida tushunilib, metodga nisbatan xususiy, bo'ysunuvchan tavsifga ega. Aslida, har bir metod amaliyot tomonidan to'plangan, nazariya tomonidan umumlashtirilgan usullar majmuasi orqali amalga oshiriladi.
Ijtimoiy-pedagogning u yoki bu usulni qullashi aniq ijtimoiy pedagogik vaziyatga, bola xulq-atvoriga, zahiradagi usullarga bog'liq. Vosita usul va metoddan ko'ra kengroq tushuncha hisoblanadi. Chunki usul va metod faqatgina muayyan holatlarda vosita vazifasini bajarishlari mumkin. Vositalar - ijtimoiy pedagog tomonidan kutilgan maqsadga erishish uchun qo’llanadigan moddiy, emotsional, aqliy va boshqa shartlar majmuasidir. Vositalar o'z mohiyatiga ko'ra faoliyat usullari hisoblanmaydi, faqatgina biror-bir pedagogik maqsad (masalan, o'yin, suhbat, disput, konferentsiya, trening va boshqalar)ga yetishishi uchun qullanilganida faoliyat usuliga aylanadi.
Ba'zi olimlar ijtimoiy pedagogika metodlarini umumiy pedagogika metodlariga mos qilib tasniflashadi:
—ishontirish;
—talab qilish;
—hikoya;
—suhbat va bahs;
—jazolash va maqtash.
Biroq, ijtimoiy pedagogika xususiyatlarini qamrab oluvchi metodalar tasnifi quyidagilardan iborat buladi, deb hisoblaymiz:
Shunday qilib, ijtimoiy-pedagogik faoliyat metodikasi ijtimoiy-pedagogik faoliyatning shakllari, metodlari, vositalari va nazorati mazmunining majmuasi hisoblanadi. Turli metodlarning maqsadga muvofiq birikishi ijtimoiy pedagogik texnologiyaning mohiyatini tashkil qiladi. ‘Ijtimoiy pedagogik texnologiya” tushunchasi “ pedagogik texnologiya” va “ ijtimoiy texnologiya” tushunchalaridan kelib chiqqan. Pedagogik texnologiya ikki sohada o'z ildizlariga ega.
Birinchisi, texnik fanlar o'quv jarayonining samaradorligini oshirishga yordam beruvchi texnik vositalarni qo'llash va ishlab chiqish, ikkinchisi, ijtimoiy fanlar sohasida.
XX asrning 80-yillari o'rtalarida pedagogik amaliyotda Sh.A Amonashvili (ijtimoiy-shaxsiy texnologiya), V. P. Bespalko (dasturlashtirilgan ta'lim texnologiyasi), S. N. Lisenkova (istiqbolli ta'lim) va boshqalarning pedagogik texnologiyalari, V. A. Karakovskiy, N. Ye. Selivanova, N. I. Shurkova va boshqalarning pedagogik tarbiya tizimlarini ilm ahli tomonidan tan olindi.
“ Pedagogik texnologiyalar” o'quv fani kasbiy pedagoglarni tayyorlash dasturiga kiritildi. Hozirgi kunda “ pedagogik texnologiyalar” deganda, insoniyat va texnik zahiralardan foydalanish orqali o'quvchilarning ta'lim-tarbiya jarayonlari tizimini rejalashtirish metodlari tushuniladi. Pedagogikada texnologik yondashuvning maqsadi barcha maqsadlarga erishish va kafolatlangan ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishdir.
Pedagogik texnologiyalar pedagogik jarayonning barcha boshqariladigan tarkibiy qismlarini tizimli tahlil qilish, nazorat qilishni ko'zda tutadi.
“ Ijtimoiy texnologiyalar” tushunchasi sotsiologiyada vujudga kelgan va ijtimoiy jarayonlar rivojlanishining asosi bulgan natijalarni dasturlash imkoniyati bilan bog'liq. Ijtimoiy texnologiyalarning turlaridan biri ijtimoiy ish texnologiyalari bo'lib, ular ijtimoiy pedagogik Ijtimoiy ish metodlari
Ijtimoiy tashxis
metodlari:
intervьyu, monitoring, ijtimoiy
surov, ekspertiza,
biografik metod.
Ijgimoiy profilaktika metollari:
pertseptiv metod,
ijtimoiy davolash.
sotsiodrama,
qo'llab-quvvatlash.
Ijtimoiy nazorat
metodlari:
ijtimoiy nazorat,
ijtimoiy vasiylik,
i j ti m oi y -ti bbi y
g'amxo'rlik. ijtimoiy xizmat ko'rsatish.
Ijtimoiy reabilitatsiya metodlari:
me\nat terapiyasi,
guruh terapiyasi,
maqom o'zgarishi.
Ijtimoiy-iqgisodiy
metodlar:
imtiyoz metodlari,
kompensatsiya metodlari, ijtimoiy patronaj. tibbiy patronaj. ijtimoiyiqtisodiy choralar
Tashkiliy Mewap:
reglamentlashtirish;
normallashtirish;
tanqidiy metod,
harakatlarga ko'niktirish metodlari,
mustahkamlash, hamkorlik.
Psixologik tashxis:
Intellekt va qobiliyatlarni o'rganuvchi testlar, shaxsiy so'rovnomalar, loyihaviy
testlar, rasmli testlar,
sotsimetriya.
P sixokorrektsion
metodlar:
o'yin terapiyasi, ijtimoiy-psixologik trening, xulq-atvor treningi.
Psixologik maslahat
berish metodlari:
empatik tinglash,
sharhlash, identifikatsiyalash, fasilitatsiya, gipotezalarni
ilgari surish.
Psixoterapiya metodlari:
suggestil. uz-uzi n i
ishontirish, ratsionallashuv, psixotahlil,
trantsakt tahlil. guruh
terapiyasi, xulq-atvor
terapiyasi, oilaviy
psixoterapiya
Ta'sir etish metodlari:
ongga ta'sir etuvchi,
hissiyotlarga ta'sir
etuvchi, xulq-atvorga
ta'sir etuvchi metodlar
Pedagogik tashhis
metodlari:
pedagogik ek sp yer i ­
ment, pedagogik kuzatuv, tabiiy eksperiment.
Ta'lim metodlari:
ogzaki metodlar (hikoya, suhbat, bahs, ma'ruza), ko'rgazmali metodlar (nam oyish ,
darslik bilan ishlash), amaliy metodlar
(mashqlar, laboratoriya
ishlari, didaktik
o'yinlar, ijodiy topshiriqlar, muammoli
vaziyatlar).
Tarbiya metodlari:
namuna, ishontirish,
o'qitish, jazolash,
mak^ash, mashk^, istiqbolni ko'zlash. o'yin,
ishonch, muvaffaqiyatni ta'minlash,
o'z-o'zini tarbiyalash
Ijtimoiy-pedagogik
hamkorlikni tashkil
qilish metodlari:
faoliyatni tashkil
etish, muloqot metodlari, baholash metodi,
o'z-o'zini rivojlantirish metodlari.
www.ziyouz.com kutubxonasi
texnologiyalarga juda yaqin. Yuqorida ta'kidlanganidek,
ijtimoiy pedagog va ijtimoiy xodim faoliyatining jihdtlari
serqirradir. Ijtimoiy pedagogik texnologiya ijtimoiy va
pedagogik texnologiyalarni birlashtiruvchi texnologiya
hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogik texnologiyalarni ishlab
chiqish imkoni ijtimoiy pedagogik faoliyatning uz
tuzilishiga ega ekanligiga bog'liq.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat maqsad va vazifalarni
aniqlashdan boshlanadi. Bu muammolarni mutaxassislar hal
qilishlari lozim, ya'ni bolada muomala ko'nikmalarini
shakllantirish, unga yangi muhitga moslashishishga yordam berish
va boshqalar. Maqsadlar, o'z navbatida, faoliyat mazmunini va
uni amalga oshirish metodlarini, uni tashkillashtirish
shakllarini anikdab beradi. Ijtimoiy pedagogik faoliyat
maqsadi, uning natijalari va mazmuni qanchalik to'g'ri
aniqlanganligi, unga erishish uchun qanday metodlar
tanlanganligiga bog'liqbo'ladi.
Shunday qilib, ijtimoiy pedagogik texnologiya ijtimoiypedagogik faoliyat metodlari va usullari majmuasidir.
4-rasm. Ijtimoiy pedagogik texnologiya
Ijtimoiy pedagogning ishtirokini talab qiluvchi har qanday
muammoni hal qilish unga tashhis qo'yishdan boshlanadi. Tashhis
qo'yish axborot tahlili, to'plash va tizimlashtirishdan iborat.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Keyingi bosqich bu muammoni hal qilish yo'llarini qidirish.
Buning uchun tashhis asosida maqsad qo'yiladi va unga muvofiq
faoliyatning aniq vazifalari belgilanadi.
Ijtimoiy pedagog qanday texnologiyani qo'llashiga ko'ra,
shunga mos tushuvchi faoliyat metodlari va shakllarini tanlaydi.
Ish yakunlanganidan so'ng, ijtimoiy pedagog bola muammosi
qanchalik to'g'ri hal qilinganiga baho berishi lozim. Quyidagi
jadvalda ijtimoiy texnologiyalar tasnifi berilgan.
7-jadval
Ijtimoiy texnologiyalar tasnifi
Tasnif asosn Ijgimoiy texnologiyalar turlari
Qullanishi sohasi Global
Universal
Mintaqaviy
Ob'ektlar Guruh
Jamoa
Individual
Hal qilinayotgan vazifalar xarakteri
Tashkiliy
Informatsion
Innovatsion
Ijtimoiy modellashtirish
Ijtimoiy bashorat berish
Metodlarni o'zlashtirish sohasi
Ijtimoiy-tibbiy
Ijtimoiy-psixologik
Ijtimoiy-pedagogik
Ijtimoiy -pedagogik profilaktika
Ijtimoiy-pedagogik qullab-quvvatlash
Ijtimoiy vaziyatlarni ijtimoiypedagogik korrektsiya qilish
Ijtimoiy ish yo'nalishlari
Bolalikni ijtimoiy himoyasi
Bolalar va usmirlarning ijtimoiy
pedagogik reabilitatsiyam
Ijtimoiy tashhis quyish
Ijtimoiy profilaktika
Ijtimoiy nazorat
Ijtimoiy reabilitatsiya
Ijtimoiy adaptatsiya
Ijtimoiy patronaj
Ijtimoiy ta'minot
Ijtimoiy terapiya
Ijtimoiy maslahat berish
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ijtimoiy pedagogik texnologiyani qo'llashning misoli
sifatida, “ Muammoli o'smir bilan ishlash texnologiyasi” ni
keltirishimiz mumkin:
Keng tarqalgan va samarali ijtimoiy pedagogik
texnologiyalardan biri trening hisoblanadi.
Ijtimoiy pedagogik trening jamoaviy ish olib borishning
faol metodlariga asoslangan pedagogik ta'sirdir. Shuningdek,
tashkillashtirilgan muloqotning maxsus turi bo'lib, bu
jarayonida shaxs rivojlanishi, kommunikativ malakalar paydo
bulishi, psixologik yordam ko'rsatish masalalari \al qilinishi
kuzatiladi.
Mashg'ulotlar davomida o'smirlarda ichki ko'rsatmalar
almashinuvi sodir buladi: bilimlar kengayadi, o'ziga va yaqin
atrofdagilarga ijobiy munosabat tajribasi shakllanadi.
Trening mashg'ulotlari paytida har bir o'smirga g'amxo'rlik
ko'rsatiladi. U boshqalarning yordamiga tayanshii mumkin. Shuning
uchun bola turli muomala uslublarini sinab ko'rishi, odamlar
o'rtasidagi o'zaro ishonchni o'rganishi, avval unga xos bo'lmagan
kommunikativ ko'nikma va masalalarni o'zlashtirishga
qodirligini anglashi lozim. Bu mashg'ulotlar uni jamiyatga
intefatsiyasini ta'minlashga yordam beradi. Ijtimoiy-pedagogik
treningning vazifasi har bir ishtirokchiga o'zini individual
vositalar bilan namoyon qilishga yordam berishdir. Biroq buning
uchun bola o'z-o'zini anglab olishi lozim.
Shaxsning o'z-o'zini tarbiyalashini quyidagi yunalishlar
bo'yicha amalga oshirish mumkin:
1. O'z “ Men”ini boshqalar bilan qiyoslash orqali qabul qilish.
Boshqalarni chetdan kuzatish qulayligi uchun o'zini guruhning
boshqa a'zolari bilan qiyoslash ajoyib imkoniyat yaratadi.
2. O'zini boshqalarning qabul qilishlari orqali qabul
qilish, ya'ni atrofdagilar berayotgan ma'lumotlarni qayta
munosabatlarida ishlatish. Bu atrofdagilarning so'zlari, histuyg'ulari, xulq-atvor reaktsiyalari orqali ularning o'ziga
nisbatan munosabatlarini bilib olishga yordam beradi.
3. O'zini faoliyat natijasi orqali qabul qilish, ya'ni inson
nima qilganiga baho berish. O'z-o'zini baholashning bu usuli
o'zidagi mavjud imkoniyatlar haqidagi fikrni mus-tahkamlaydi.
4. O'zini tashqi qiyofasiga berilgan bahosi orqali qabul
qilish.
Download 22,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish