Bazaviy qimmatli qog'ozlaming muomala mexanizmi Obligatsiyalar haqida tushuncha. Aksiyalar haqida tushuncha



Download 24,22 Kb.
bet4/5
Sana02.12.2022
Hajmi24,22 Kb.
#876791
1   2   3   4   5
Bog'liq
2

Aksiyalar haqida tushuncha.
Aksiya-bu aksiyadorlik jamiyatining ustav fondiga yuridik yoki jismoniy shaxs muayyan hissa qo‘shganidan guvohlik beruvchi, aksiya egasining mazkur jamiyat mulkidagi ishtirokini tasdiqlovchi kamida unga dividend olish va odatda, ushbu jamiyatni boshqarishda qatnashish huquqini beruvchi, amal qilish muddati belgilanmagan qimmatli qog‘ozdir.
Boshqacha qilib aytganda, aksiya aksiyadorlik jamiyat chiqargan qimmatbaho (daromadkeltiruvchi) qog‘oz. Aksiya o‘z egalariga, ya’ni aksiyadorlarga xissadorlik jamiyati ixtiyoridagi umumiy mulkdan o‘ziga tegishli ulushiga huquqi borligi to‘g‘risida guvohlik beradi. Amaldagi me’yoriy hujjatlarga asosan aksiya blankalarining majburiy rekvizitlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi.

      1. Aksioner jamiyatining nomi va joylashgan manzili.

      2. Qimmatli qog‘ozning nomi «Aksiya».

      3. Navbatdagi nomer.

      4. Chiqarilgan vaqti.

      5. Aksiya turi (oddiy va imtiyozli).

      6. Nominal qiymati va toifasi.

      7. Egasining nomi.

      8. Aksiya chiqarilgan aksioner jamiyatining Ustav fondining miqdori.

      9. Muomalaga chiqarilgan aksiyalar soni.

      10. Imtiyozli aksiyalar uchun to‘lanadigan dividend miqdori va to‘lash muddati.

      11. Aksoner jamiyati ijroiya organi rahbarining imzosi (boshqaruv, direksiya).

Qimmatli qog‘ozlar chiqarilgan korxonaning muhri.
Aksiyalar davlat tilida to‘liq yoziladi. Jamiyat a’zolarining xohishiga ko‘ra boshqa tillarda ham yozilishi mumkin. Aksiyalar egasining ismi yozilgan va yozilmagan, imtiyozli va oddiy bo‘lishi mumkin. Aksiyada ko‘rsatilgan va jamiyat aksiyadorlarini ro‘yxatga olish daftariga kiritilgan jismoniy yoki yuridik shaxsgina egasi yozilgan aksiyaning sohibi bo‘lishi aksiyador deb e’tirof etiladi. Egasi yozilmagan aksiyalar jamiyat aksiyalarining ro‘yxatga olish daftariga kiritilmagan holda boshqa shaxslarga mulk qilib beriladi.
Oddiy (odatdagi) aksiyalar ovoz beruvchi bo‘lib, ularning egalariga dividendlar olish, jamiyatning umumiy yig‘ilishlarida va jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi.
Imtiyozli aksiya egalari dividendlarni, shuningdek, aksiyadorlik jamiyati tugatilganda aksiyalarga qo‘yilgan mablag‘larni birinchi navbatda olish huquqiga egadir. Imtiyozli aksiyalar ularning egalariga, korxona foyda ko‘rish-ko‘rmasligidan qa’tiy nazar, muayyan dividendlar olish huquqini beradi.
Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari faqat egasi yoziladigan aksiyalar bo‘lishi mumkin, ularni boshqa shaxsga o‘tkazish tartibi ustavda belgilanib qo‘yiladi. Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyadorlariga aksiyalar o‘rniga ularning nominal qiymatiga teng summada sertifikatlar berishi mumkin.
Chiqariladigan aksiyalarning xillari, ularni tarqatish va joylashtirish, ular bo‘yicha dividendlarni to‘lash tartibini har bir aksiyadorlik jamiyati o‘zining Ustaviga asosan amalga oshiradi. Aksiya bo‘linmasdir. Bu degani aksiyaga bir necha kishi egalik qilishi mumkin (masalan, er va xotin). Lekinda aksioner jamiyatining yig‘ilishida ular bir ovozga ega bo‘ladi.Aksiya mulkka egalik qilish huquqini shartli ravishda beradi. U zayom emas. Aksiyada qoplash muddati ko‘rsatilmaydi. Aksiya egasining javobgarligi faqat uning ixtiyoridagi aksiya miqdori bilan chegaralangandir. Shuning uchun ham u jamiyat uchun javob bermaydi.
Qoidaga ko‘ra, barcha oddiy aksiyalar bir xil hisoblanadi, chunki ular bir xil huquqlar taqdim etadi, lekin imtiyozli aksiyalar turli xillarda (sinflarda) bo‘lishi mumkin. Shu sababli dunyoda qo‘shimcha aksiyadorlar jalb qilish va ularga investitsiya kiritish uchun qiziqarli sharoitlar taklif qilish maqsadida turli xildagi imtiyozli aksiyalar chiqarish amaliyoti yuzaga kelgan.

Download 24,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish