SELECT REP, AVG(AMOUNT) FROM ORDERS GROUP BY REP HAVING SUM(AMOUNT) > 300 Ko‘rinib turibdiki HAVING SUM(AMOUNT) > 300 ifodasi satrlarni guruxlash sharti sifatida kelmoqda. Agar SUM(AMOUNT) > 300 sharti yolg‘on bo‘lsa, bu gurux natijaviy to‘plamdan chiqariladi. Agar rost bo‘lsa gurux natijaviy to‘plamga kiradi! Yana bir misol ko‘raylik: Ikki va undan ortiq xizmatchiga ega xar bir ofisning xamma xizmatchilari uchun rejadagi va xaqiqiy sotuvlar umumiy xajmini xisoblash.
SELECT CITY, SUM(QUOTA), SUM(SALESREPS.SALES) FROM OFFICES, SALESREPS WHERE OFFICE = REP_OFFICE GROUP BY CITY HAVING COUNT(*) >= 2 Bu misolda WHERE va HAVING ifodalari o‘z funksiyalarini bajaradilar. Na shunga e’tibor berish kerakki HAVING ifodasida agregat funksiyalardan foydalaniladi, So‘rov bajarilishini ko‘ramiz: OFFICES va SALESREPS jadvallari xizmatchi yashaydigan gshaxarni topish uchun qo‘shiladilar. Qo‘shilgan jadval satrlarlari ofislar bo‘yicha guruxlanadilar. Ikkidan kam satrga ega guruxlar tashlab yuboriladi. Ular HAVING ifodasi talabiga javob bermaydilar. Xar bir gurux uchun xaqiqiy va rejadagi sotuvlar xajmlari xisoblanadi. Murakkabroq misolni ko‘ramiz: Xar bir tovar nomi uchun narxi, ombordagi soni va buyurtma berilganlar umumiy sonini ko‘rsating, agar uning uchun buyurtma berilganlar umumiy soni ombordagi umumiy soni 75 foizidan ko‘p bo‘lsa.
SELECT DESCRIPTION, PRICE, QTY_ON_HAND, SUM(QTY) FROM PRODUCTS, ORDERS WHERE MFR = MFR_ID GROUP BY MFR_ID, PRODUCT_ID, DESCRIPTION, PRICE, QTY_ON_HAND HAVING SUM(QTY) > (0.75 * QTY_ON_HAND) ORDER BY QTY_ON_HAND DESC HAVING uchung qo‘shimcha chegaralar mavjuddir. Bu ifoda juda bo‘lmasa bita agregat funksiyani o‘z ichiga olishi kerak. Chunki WHERE aloxida satrlarga HAVING satrlar guruxlariga qo‘llanadi. NULL qiymat uchun WHERE ifodasiga o‘xshab quyidagi qoida o‘rinli Agar izlash sharti NULL qiymatga ega bo‘lsa satrlar guruxi tashlab yuboriladi. HAVING ifodasini GROUP BY siz qo‘llash mumkin. Bu xolda natija xamma satrlardan iborat gurux deb qaraladi, lekin amalda bu kam qo‘llanadi.