Bola: Yashil rang tabiatning yangilanish ramzi ko‘pgina xalqlarda navqironlik umid va shodmonlik timsoli hisoblanadi
Bola: Qizil chiziqlar har bir tirik jon tomiridagi urib turgan hayotiy kuch, vujudimizdagi jo‘shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlaridir.
Bola: Yarim oy tasviri bizning xalqlar uchun iloxiy tinsol hisoblanadi O‘zbekiston Respubliukasi davlat bayrog‘idagi 12 ta yulduz tasviri ham ko‘p asirlik ananalarimiz qadimgi quyosh yilnomamizda bevosita aloqadordir.Bizning 12 ta yuldizimizga bo‘lgan etiborimiz O‘zbekistonsarhadiga ,qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida “Nujum ”ilmi astralogiya ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi. Davlat Bayrog‘imizdagi 12 yulduz tasvirini O‘zbek xalqi madanyatini qadimiyligi ining komillikka o‘z tuprog‘iga saodatga intilish ramzi sifatida tushunish lozim.
1.Boshlovchi: Endi Bolalar davlat bayrog‘ini rangli tasviridagi ifodasinin sheriy tarzda yoritadilar
Bola: Vatan siynosini ifoda etib
Ko‘kda hilpiraydi o‘zbekcha bayroq
Hilol oy yulduzlar va to‘rtta rangi
Moviy qizil,yashil hamda oq
Harbiri o‘zgacha mano kasb etib
G‘urur iftixrla tilga kiradi.
O‘zida yashirin sirli hilqatni
Navbatma navbat ochib beradi.
Bola: Moviy rang tiriklik yashash imkoni
Beg‘ubor osmon –u halollik ramzi
Agarki bilsangiz shu rangda edi
Temur davlatining bayrog‘i rangi
Sadoqat yashirin unda begumon
Shon shuxrat yaxshilik bari jamuljam
Unda tavof aylab ko‘zlarga surtsak
Dunyolar ichida bo‘lmasmiz hech kam.
Bola: Oq rangda aks etgan poklik va soflik
Orzu va xayollar charag‘onligi
Tinchikday muqaddas qo‘rg‘onimiz u
O‘zbekistondek yurtim faravonligi
Koinot yurtiday zaminimizni
Mehrdan yog‘ilar qalblarda chiroq
Mehrla asrasak o‘z elimizni
Soli nar g‘animlar qalbiga titroq
Bola: Yashil rang uyg‘onish yasharish demak
Yashillik yarashar go‘zal bo‘stonga
Navqiron umidli shodumon yoshlar
Timsoli ko‘rk berar O‘zbekistonga
Boshlovchi:Endigi navbatni yurtimizni madh etuvchi kuy va qo‘shiqqa beramiz.
Bola: Qizil chiziqlarda aks etgan hayot
Jo'shi oqayotgan hayotiy qudrat
Tiiklik nishoni, olmos orzular
Barpo etilajak eng buyuk davlat
U dunyo,bu dunyo insof bor, or bor
Umrimiz ufiqi bo‘lmas puch sarob
Bo‘laylik bu elga sodiq ,sodiq munosib
Durlar haq bir kuni aylar sarhisob.
Bola: Qalbda vatan mehri, qo‘llarda bayroq
Ulug‘ rejalarda boshlaydi mayoq
Kelajagi buyuk O‘zbekistonimiz,
Bugungi umidli ertasi porloq.
Unga tavof ayla ko‘zlaringa surt ,
O‘zga nasibasi bizga begona,
Tanxo ona diyor tanxo ota yurt ,
Yuragim yagona-Vatan yagona.
2.Boshlovchi: Olamni sig‘dirar bu jajji qalbim
Dunyo talpinadi, belanchaginga
Sig‘inaman senga ey buyuk xalqim
Yurtim ishonaman kelajagingga
Endi navbatni jajji uka singillarimizga beramiz.Ular jonajon o‘zbekistonimizni madh etuvchi sheriy baytlarni ijro etishadi.Marhamat