O'quvchilar: — Ha, albatta, boshlaymiz.
1- o'quvchi:
Salom sizga yurak to'ridan,
•
Davramizga yig'ilgan do'stlar,
Ko'ksimizga qo'limiz qo'yib,
Deymiz sizga: «Xush kelibsizlar!»
2 - o'quvchi:
Quyoshdek shu’la sochgan,
Bizni erkalab quchgan.
Sizgadir ushbu kalom,
Hamma: Muallimlar, assalom!
(O'quvchilar raqs ijro etishadi).
Boshlovchi: — Bolajonlar, biz qayerda yashaymiz?
O'quvchilar: — O'zbekistonda.
Boshlovchi: — O'zbekiston qanday davlat?
O'quvchilar: — Mustaqil davlat.
Boshlovchi: — O 'zbekistonning davlat ram zlarini ham
bilasizmi?
(O'quvchilar davlat ramzlari va Vatan haqida she’rlar aytadilar.
Barcha o'quvchilar O'zbekiston Respublikasi madhiyasini kuylaydi).
Boshlovchi: — Rahmat, bolajonlar!
Mana, siz shuncha narsalarni bilib olibsizlar. Qani, ayting-chi,
buni siz qayerda o'rgandingiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |