Karmana tumani 10-umumiy o’rta ta’lim maktabi navbatdan tashqari pedagogik kengashining
BAYONNOMASI №6
Karmana tumani 26.03. 2021 yil
Yig’ilish raisi: L.Samatova
Kotib: F.Samatova
Ishtirok etganlar: maktab pedagog xodimlari
Kun tartibi:
1.Pedagogik xodimlarning ilg’or ish tajribasini maktab miqyosida ommalashtirilganligi va tuman miqyosida ommalashtirish uchun tavsiya etish to’g’risida
ESHITILDI
Maktab o’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari M.Umarova so’zga chiqib, maktabimizda faoliyat yuritib kelayotgan maktabning ingliz tili fani o’qituvchisi Ikromova Muhayyonung boshlang’ich va yuqori sinflarni o’qitishda bir qator ijodiy ishlar qilganligini aytib, shunday ishlardan biri “Yangi mavzuning mustahkamlash bosqichida boshqotirmalardan foydalanishning samarali usullari” metodik tavsiyasini taqdim etganligini aytib o’tdi. Pedagogik kengash a`zolariga muallif tomonidan tavsiyaning ahamiyati dolzarbligi taqdimot qilib berildi. Mazkur tavsiyada o`qituvchi o`quvchilarning fikrlashi, dunyoqarashini kengaytirish usullarini ko`rsatib bergan. Ingliz tili fani o`qituvchilari mazkur tavsiyadan foydalansalar maqsadga muvofiq bo`lardi.
Ingliz tili fani o`qituvchisi Samadova Feruzaning “2-sinf o’quvchilarining yangi mavzularni o’zlashtirishlari uchun ota-onalarga metodik tavsiya”mavzusidagi metodik tavsiyasiyasi ota –onalar uchun qulay va tushunarli yaratilgan . Ushbu qo’llanma ingliz tilini tushunmaydigan ota-onalar uchun uda qulay keldi.
Ingliz tili fani o`qituvchisi Imomova Umidaning “11-sinflarda Grammatik mavzularni jadvallar asosida tushuntirish” mavzusidagi tavsiyasining yangiligi shundaki ushbu tavsiyada yuqori sinf o’qituvchilari uchun grammatik mavzular jadvallar, formulalar, misollar va mashqlar asosida sodda va tushunatrli qilib tushuntirilgan. Ingliz tili fani o`qituvchilari mazkur tavsiyadan foydalansalar maqsadga muvofiq bo`lardi.
Boshlang’ich ta’lim o`qituvchisi Aglamova Nazokatning “Ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnalogiyalardan foydalanish” mavzusidagi metodik tavsiyasi o'quvchilarning qiziqishlarini shakllantirish muhim ilmiy va pedagogik muammo hisoblanadi.O`qituvchi mazkur ijodiy tavsiyada matnli topshiriqlar orqali o`qish savodxonligini oshirish ‘Train’ ‘poyezd’texnalogiyasi ‘Vocabulary game’(‘So’z o’yini’), ‘ Ichki tashqi aylana’ bo`yicha o`z metodlarini yoritgan. Mazkur ijodiy tavsiyadan darslarda ham foydalandi. O’ylaymanki, bu tavsiya boshlang`ich ta`lim o`qituvchilari uchun o`ziga xos motivatsion tavsiya bo`ladi.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |