BAYONNOMASI №5
Karmana tumani 29.01. 2021 yil
Yig’ilish raisi: L.Samatova
Kotib: F.Samatova
Ishtirok etganlar: maktab pedagog xodimlari
Kun tartibi:
1.Pedagogik xodimlarning ilg’or ish tajribasini maktab miqyosida ommalashtirilganligi va tuman miqyosida ommalashtirish uchun tavsiya etish to’g’risida
ESHITILDI
Maktab o’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari M.Umarova so’zga chiqib, maktabimizda faoliyat yuritib kelayotgan maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi Samatova Dilafruznung boshlang’ich sinflarni o’qitishda bir qator ijodiy ishlar qilganligini aytib, shunday ishlardan biri “Boshlang’ich ta’limda topshiriqli matnlardan foydalanish” metodik tavsiyasini taqdim etganligini aytib o’tdi. Pedagogik kengash a`zolariga muallif tomonidan tavsiyaning ahamiyati dolzarbligi taqdimot qilib berildi. Mazkur tavsiyada o`qituvchi o`quvchilarning fikrlashi, dunyoqarashini kengaytirish usullarini ko`rsatib bergan. Boshlang`ich ta`lim o`qituvchilari mazkur tavsiyadan foydalansalar maqsadga muvofiq bo`lardi.
Boshlang’ich ta’lim o`qituvchisi Samadova Halimaning “Boshlang`ich sinflar uchun ijodiy tasavvurni rivojlantiruvchi mashqlar”mavzusidagi metodik tavsiyasiga o`quvchilarning ijodiy tasavvurlarini rivojlantirish uchun turli usullar mavjud. Ana shunday qiziqarli usullarni o`qituvchi dars jarayonida ko`rsatib berdi. Bundan tashqari o`qituvchi darsdan tashqari ham to`garaklarda "Qalamni qog'ozdan ko'tarmasdan", “So'zsiz” “Sehrli dog`lar”mashqlari o`quvchilar uchun juda qiziqarli va o`quvchilar uchun samarali bo`lgan.
Boshlang’ich ta’lim o`qituvchisi Sulonova Gulnozaning “Boshlang’ich ta’limda o’quvchilar savodxonligini oshirishda interfaol darslarni tashkil etish”mavzusidagi metodik tavsiyasining yangiligi shundaki u qo`llagan interfaol metodlar dars mavzusiga moslangan. Ya`ni darsning kirish qismidan boshlab, to yakunigacha shu metod asosida bo`lgan."Kutish daraxti", "Rangli choyshablar", "Savdo ro'yxati", "Bog’bog'i"usuli.Shuningdek "Ijodiy ustaxona"uslubi o`quvchilarning ota-onalariga ham ma`qul bo`ldi.Boshlang`ich ta`lim o`qituvchilari mazkur ijodiy metodik tavsiyadan foydalansalar maqsadga muvofiq bo`ladi.
Boshlang’ich ta’lim o`qituvchisi Sultonova Marhaboning “Boshlang’ich ta’limda mustaqil o’qish ko’nikmalarini rivojlantirish” mavzusidagi metodik tavsiyasiga o'quvchilarning qiziqishlarini shakllantirish muhim ilmiy va pedagogik muammo hisoblanadi.O`qituvchi mazkur ijodiy tavsiyada matnli topshiriqlar orqali o`qish savodxonligini oshirish bo`yicha o`z tajribasini yoritgan. Mazkur ijodiy tavsiyadan darslarda ham foydalandi.O’ylaymanki, bu tavsiya boshlang`ich ta`lim o`qituvchilari uchun o`ziga xos motivatsion tavsiya bo`ladi.
Boshlang’ich ta’lim o`qituvchisi Ikromova Gulmiraning “Boshlang’ich sinflarda ijodiy tanlovlarni tashkil etish”mavzusidagi tavsiyasida o`quvchilarning ijodiy tasavvurlarini rivojlantirish uchun turli usullar mavjud. Ana shunday qiziqarli usullarni o`qituvchi dars jarayonida ko`rsatib berdi. Bundan tashqari o`qituvchi darsdan tashqari ham to`garaklarda "Qalamni qog'ozdan ko'tarmasdan", “So'zsiz” “Sehrli dog`lar” mashqlari o`quvchilar uchun juda qiziqarli va o`quvchilar uchun samarali bo`lgan.
Boshlang’ich ta’lim o`qituvchisi Razzoqova Nargizaning 4-sinflar uchun ona tili fanidan “Sifat yasovchi qo’shimchalar”mavzusidagi dars ishlanmasi va boshlang`ich ta’lim o`qituvchisi Axtamova Yulduz Rasixovnaning 3-sinflar uchun ona tili fanidan “Kim? Nima? So`roqlariga javob bo`ladigan otlar” mavzusidagi dars ishlanmasi. Yigilish ishtirokchilari tomonidan metodik tavsiya bo`yicha fikr mulohazalar eshitildi.O’qituvchining yil davomida bir nechta tashkil etgan ochiq darslari,namunaviy tadbirlari bilan o’rnak bo’layotganligi ,haqiqatdan ham,o’qituvchilarning darslari tahlil qilinganda darslarning zamon talabi darajasida ekanligi va ushbu uslubiy qo’llanmada yoritilgan yangi ped texnologiyalardan foydalanganligi to’g’risida ma’lumot berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |