Bayonnomasi №4
O’tkazilgan joy 236-xona
O’tkazilgan sana
Qatnashdilar M.Axunboboyev
va guruh talabalari
Kun tartibi :
1.”Mahalla sharq – demokratiyasi ” mavzusida ma’ruza.
2.Talabalarning mavzu bo’yicha fikr va mulohazalari
Guruh murabbiysi M.Axunboboyev talabalarga “Mahalla sharq- demokratiyasi” mavzusida quyidagilarni ta’kidlab o’tdi: O`zbekistonda huquqiy demokratik jamiyat qurishda fuqarolik jamiyatining asosiy institutlaridan biri mahallaning roli bekiyosdir. Jamiyat boshqaruvini modernizatsiyalashda mahalla o`ziga xos milliy qadriyatlari, an’ana va urf-odatlari bilan alohida ahamiyatga ega. Ma’naviy-axloqiy qadriyatlar shakllanishi ma’lum bir ijtimoiy, milliy, madaniy makon-mahallada kechadi, shuning uchun u ushbu makonda qaror topgan tarixiy-madaniy va axloqiy ma’naviy an’analarga tayanibgina o`zligini namoyon qila oladi. Axloq, odob, ezgulik niyati bilan yashash, hamkorlik va hamdardlik, jamoa bo`lib bir-birini qo`llab quvvatlash, zo`ravonlikni qoralash, kam ta’minlangan ijtimoiy zaif va yordamga muhtoj kishilarga homiylik qilish, murosa, kelishish yo`llarini izlash, birovning mulkiga xiyonat kilmaslik, Vatanga va xalqiga muhabbat, sadoqatli bo`lish kabi ijtimoiy-ma’naviy fazilatlar o`zbek xalqining qalbidan mustahkam joy olgan. Aytmoqchimizki, mamlakatimizda jamiyat boshqaruvini modernizatsiyalash sharoitida demokratik tamoyillarning milliy qadriyatlar bilan uyg`unligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor berilmokda.Chunki biz qurayotgan jamiyatda millatning ruhi, orzu-istaklari, maqsad-muddaolari o`z ifodasini topishi asosiy maqsad qilib olingan.
Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “Davlatchiligimiz tarixida birinchi marta mahalla tushunchasi Konstitutsiyamizga kiritilib, uning jamiyat boshqaruvidagi o`rni va maqomi belgilab qo`yilgan. Bu maqom hali – haligacha o`z o`rnini saqlab, kundan-kunga yuksalib bormoqda”. Bu, albatta mahalladoshlarning birdamligidan. Mahallaning birdamligi, ayniqsa, keksalarimiz, mehrga muhtoj kishilarni yo`qlab, ularning yumushlariga yordamlashib, og`irlarini yengil qilishda yanada o`zini namayon qilmoqda. Mahalla… Shu birgina so`z zaminida butun olam ezguliklari, urf-odat va an’analari, qaynoq tafti mujassam.
M.Axunboboyev talabalarga: Mahallaning birdamligi ayniqsa, keksalarimiz, mehrga muhtoj kishilarni yo‘qlab, ularning yumushlariga yordamlashib, og‘irlarini yengil qilishda yanada o‘zini namayon qilmoqda. mahallani fuqarolik jamiyati instituti sifatidagi o‘rnini yanada kuchaytirish borasida muayyan vazifalarni amalga oshirish yoshlar uchun kerakligini alohida ta’kidlab o’tdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |