Bayonnomasi №14
O’tkazilgan joy 227-xona
O’tkazilgan sana
Qatnashdilar M.Axunboboyev
va guruh talabalari
Kun tartibi :
1.” Alisher Navoiy buyuk qalb sohibi” mavzusida ma’ruza.
2. Talabalarning mavzu bo’yicha fikr va mulohazalari
Guruh murabbiysi M.Axunboboyev talabalarga“Alisher Navoiy buyuk qalb sohibi” haqida quyidagi fikrlarni bildirdi: Alisher Navoiy hayoti, shaxsiy fazilatlari, faoliyati, ko’pqirrali merosini bilish va anglashga intilish moziydan hozirgi kunga qadar davom etib kelmoqda. CHunki ulug’ o’zbek shoiri, nosiri, mutafakkiri, davlat arbobi, ma’rifatparvari, ijod ahlining murabbiysi, fuqaro g’amxo’ri, mamlakat yaxlitligi, tinchligi va osoyishtaligining tolmas kurashchisi Nizomiddin Amir Alisher Navoiy o’zining ko’pqirrali fa’oliyati bilan mamlakat va xalq taqdiri, ilm-ma’rifat, she’riyat va ma’naviyat tarixida alohida mavqega ega bo’lgan benazir siymodir.” Alisher Navoiy faoliyati va ijodi, oliy fazilatlari, ilmiy va adabiy merosini o’rganish, shaxsiy fazilatlarini yoritish, unga baho berish, uni ibrat-namuna sifatida XV asrdan hozirgacha keng targ’ib etib kelinayotganini aytib o’tdi. Buyuk siymoyimiz tomonidan yozilgan sherlar, g’azallar, ruboiylar, asarlardan misralar keltirildi. Bundan tashqari ko’blab shoirlar tomonidan yaratilgan asarlarda Alisher Navoiyning faoliyati va ijodi haqida mo’’jazgina ma’lumot berilganini murabbiy talabalarga etkazdi.
Navoiy asarlaridagi teran falsafa, betakror tashbehlar va she’riy san’atning rang-barangligi butun insoniyatni ezgulikka, go‘zallikka chorlaydi. Bu ulkan ma’naviy boylikni jahon bo‘ylab keng yoyish, dunyo xalqlarini Navoiyning ijod namunalari bilan bahramand etishda tarjima san’atining o‘rni katta.
Alisher Navoiyning yaratgan asarlarida millat taqdiri, birligi, el-yurt qayg`usi, yurtni obodonlashtirish, ilm, san'at va adabiyotni rivojlantirishni, Vatanga muhabbat, mehnatga sadoqat, axloqiy yuksaklikka intilish, go`zallik va muhabbat, mehr va muruvvat, shaxs erkinligi, ijtimoiy adolat uchun kurash g`oyalari bilan yo`g`rilganligidir.
Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov: "Insonni olam gultoji deb ulug`lagan hazrat Navoiyning butun hayoti, butun ijodi zamirida ezgulik, adolat, nafosat kabi yuksak tuyg`ular dunyoni obod va munavvar qiladi, bashariyatni ma'naviy halokatdan qutqaradi, degan qat'iy ishonch mujassam" deb bejiz aytmaganlar.
Talabalar tomonidan Navoiyning hayoti va ijodi, g’azallari, ruboiylari va qit’alari aytildi. Dars jarayoni qiziqarli – bahs munozaralar bilan o’tdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |