0 ‘Q U V C H ILA R K O ‘R IB TURG AN M A IN REJASINI TUZIB
BAYON Y O ZIS H UCHUN M ATNLAR
Usta Teshaboy
Qadim zamonlarda Teshaboy degan usta o'tgan ekan. Usta
yog'ochlardan chiroyli buyumlar yasar ekan.
Teshaboyning uch o'g'li voyaga yetibdi. Bir kuni u o'g'illariga biror
buyum yasashga yaramaydigan yog'och keltirishlarini buyuribdi.
Katta o'g'li bug'uning tumshug'iga o'xshash qurigan shox keltiribdi.
Teshaboy undan omoch yasabdi.
O'rtancha o'g'li yo'g'onligi bilakdek keladigan yog'och keltiribdi.
Teshaboy undan otiga bo'yinturuq yasabdi.
Kenja o'g'il butun terakzorni kezib, keraksiz yog'och topolmabdi.
Uyga quruq qaytibdi. Shunda Teshaboy kenja o'g'lidan haqiqiy usta
chiqishini aytibdi.
(74 so'z, 70 so'z bo'lishi ham mumkin.)
Do'stlaringiz bilan baham: