Gipsografik egri chiziq
Yer yuzasida relyefni tarqalishining asosiy qonuniyatlari gipso
grafik egri chiziq orqali yaqqol tasvirlandi. Gipsografik egri chiziq
deb, to ‘g ‘ri burchakli koordinatalarda tuzilgan, Yer yuzasida turli xil
balandlik va chuqurliklaming tarqalishini ko‘rsatadigan chizmaga
aytiladi. Gipsografik egri chiziqning bo‘ylama o ‘qida balandlik va
chuqurliklar, ko‘ndalang o ‘qida esa mazkur chuqurlik va baland-
liklarga to ‘g ‘ri keladigan maydon berilgan. Mazkur gipsografik egri
chiziqni tahlil qilganda quyidagilar kelib chiqadi:
- gipsografik egri chiziqda ikkita tik qism ajralib turadi. Ulaming
maydoni juda kichik. Yuqori qismdagi tik qism materik (qumqlik)
yer p o ‘stiga mos keladi uning yuqori qismi Yer yuzasidagi eng baland
nuqta bo‘lgan Jomolungma cho‘qqisiga to ‘g ‘ri keladi. Pastki qismda
gi tik qism okean yer po‘stiga mos keladi, uning quyi qismi Yer yuza
sidagi eng chuqur cho‘kma - Mariana botig‘iga to‘g ‘ri keladi;
- gipsografik egri chiziqda bundan tashqari ikkita yotiq qism ham
ajratiladi. Uning yuqori qismi quruqlikning o ‘rtacha balandligiga
(870 m), pastkisi esa okeanning o ‘rtacha chuqurligiga to ‘g ‘ri keladi
(3704 m.) Uning maydoni yer yuzasining 50% ni tashkil qiladi;
- bundan tashqari egri chiziqda Qiya pastlama qism ham ajralib
turadi. U quruqlik yer po‘stidan okean po‘stiga o'tiladigan o ‘tkinchi
yer po‘sti turiga mos keladi. Yer yuzasining 10% maydonini egal-
lagan materik sayozligi (shelf) va materik yonbag‘ri mazkur hududda
joylashgan.
Quruqlik yuzasidagi asosiy relyef shakllari
Qumqlik relyefining asosiy relyef shakllari tog‘lar va tekisliklar
hisoblanadi.
Plato
baland tekisliklaming tik jarlar bilan boshqa tekisliklardan
ajralib qolgan qismi.
Tekisliklar ikkiga bo‘linadi: denudatsion va akkumulyativ. Denu-
datsion relyef platforma o ‘midagi tog‘larning yemirilishi ya penep-
lenga aylanishi natijasida vujudga keladi. Ular ko‘pincha platforma-
laming qalqonlariga to ‘g ‘ri keladi.
Akkumulyativ tekisliklar cho‘kindi jinslar qoplami bilan qoplan-
gan bo‘ladi, ya’ni ular platformalaming plitalariga to‘g‘ri keladi (Turon,
Amazonka pasttekisliklari, Sharqiy Yevropa, Buyuk Xitoy tekisligi va b.).
“Tekislik” termini ham “tog‘ tizmasi” termini kabi ham tor, ham
keng m a’noda qo‘llanadi. Tekisliklar deb, Yer makrorelyefining ele-
mentlariga, ya’ni materiklaming platformalardan iborat katta-katta
96
qismlariga aytiladi. Masalan, Sharqiy Yevropa, G‘arbiy Sibir, Shar
qiy Sibir. Katta tekisliklaming mezorelyef elementlaridan iborat va
maydoni nisbatan kichik yassi joy lari ham tekislik deyiladi. Bular
odatda pasttekislik deb yuritiladi; masalan, Boltiqbo‘yi, Oka-Don,
Kaspiybo‘yi pasttekisligi va h.k. Katta tekisliklarda pasttekisliklardan
tashqari qirlar ham boiadi. Chunonchi, Sharqiy Yevropa tekisligida
Volgabo‘yi, Valday, Timan kryaji va boshqa qirlar bor. Demak, har
bir tekislik ham past, ham baland joylami o ‘z ichiga oladi. Shuning
uchun ham G ‘arbiy Sibimi pasttekislik emas, balki tekislik deyish
lozim. Chunki, unda pasttekisliklar ham, qirlar ham bor.
Platforma tekisliklari paydo boiishiga ko‘ra qatlamli, akkumul-
yativ va denudatsion tekisliklarga boiinadi.
Qatlamli tekisliklar.
Qatlamli tekisliklar har bir materikning
platformadan iborat katta-katta qismlaridir. Ular, yuqorida aytib
o‘tilganidek, ikki qavatli b o ia d i. Kembriydan oldin va paleozoy
jinslaridan iborat pastki qavati
plita
deyiladi. Uning ustida kembriy
dan to neogen davrigacha paydo b o ig a n dengiz cho‘kindi jinsiari
bilan kontinental jinslar deyarli gorizontal holda qatlam-qatlam
b o iib yotadi va ikkinchi yarusni, y a’ni cho‘kindilar qoplamini ho
sil qiladi.
Platformalaming juda uzoq davom etgan rivojlanishi mobaynida,
ulaming granit-gneysli (paleozoy platformalarida esa burmalangan)
zaminida botiqlar-sineklizalar va balandliklar-anteklizalar hamda
gumbazlar paydo boigan. Anteklizalar va gumbazsimon ko‘tarilgan
joylar relyefda qirlar ko‘rinishida namoyon boigan.
Sineklizalaro‘midapasttekisliklarjoylashgan. Masalan, Kaspiybo‘yi,
Qora dengizbo‘yi va Kuma-Manich pasttekisliklarini hosil qilgan.
Qatlamli tekisliklar dengiz sathidan balandligiga qarab past,
o‘rtacha balandlikdagi va baland tekisliklarga boiinadi. Amazonka,
La-Plata, Meksikayoni tekisliklari pasttekisliklarga kiradi. Sharqiy
Yevropa, Turon tekisliklari hamda Shimoliy Amerika tekisliklarining
sharqiy qismi o‘rtacha balandlikdadir. 0 ‘rta Sibir platosi, Preriyalar
platosi baland tekisliklarga kiradi.
97
Quruqlikdagi morfoskulptura relyef shakllari ekzogen kuchlar
ta’sirida shakllanadi va rivojlanadi. Morfoskulptura relyef shakllariga
flyuvial (oqar suv), karst, suffoziya, surilma, glyatsial (muz), muz-
loq, eol (shamol) ta’sirida vujudga keladigan relyef shakllari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |