Dreyf oqim (gollandcha drijveh — suzish, haydash) — shamol va oqim taʼsirida okean va dengiz suvi ustki qatlamining oʻziga xos harakatga kelishi. Ishqalanish taʼsirida suv dengiz tagiga tomon tusha boradi. D. o. nazariyasini F. Nansen yaratgan; bu nazariyani shved geofizigi va okeanografi V. Ekman 1906 yilda matematik yoʻl bilan isbot qilgan. Yerning aylanishi natijasida D. o. dengiz yuzasida shim. yarim sharda 45° oʻngga, jan. yarim sharda 45° chapga buriladi.
12-MAVZU: Rezonans kuchaytirgichlar
Rezonans (lot. resono — akssado beraman, javob beraman) — tebranish (elektr, mexanik) konturida majburiy tebranish amplitudasi eng yuqori (maksimum) qiymatga yetganda sodir boʻladigan hodisa. Mac, tizimning barcha parametrlari oʻzgarmas va bu tizim xususiy tebranish chastotasi tashqi kuch davri sinusoidal boʻlsa, yaʼni tizim xususiy tebranish chastotasi tashqi kuch chastotasiga mos kelsa, Rezonans hodisasi roʻy beradi. Rezonansning foydali va zararli tomonlari bor (Mas, radiotexnikada foydali boʻlsa, inshootlarda zararli).
Rezonan fizikada koʻp uchraydi (toʻlqinlar Rezonansi, kuchlanish Rezonansi, toklar Rezonansi). Tebranish konturida tok kuchi faza jihatdan tashqi elektr yurituvchi kuchga teng kelib qolgan hollarda ham Rezonan roʻy beradi. Rezonan aksariyat tabiatda kuzatiladi. Barcha inshootlar, binolar va mashinalar oʻz xususiy tebranishlariga ega. Shuning uchun tabiatda yuz beradigan davriy tashqi taʼsirlar ularda Rezonanni paydo kilishi mumkin. Mas, koʻprik ustidan poyezd oʻtganda yuz beradigan davriy zarb (silkinish) kuchlari taʼsirida
13-MAVZU: Kuchaytirgichni avtomatik boshqarish
Elektron kuchaytirgichlarning xususiyati ularning yuqori sezuvchanligi: ular juda kam quvvatli signallarni kuchaytirishga qodir. Shu sababli, elektron kuchaytirgichlardan foydalanish, ayniqsa sezgir elementlar yoki sensorlarning chiqish quvvati juda past bo'lgan holatlarda (bir necha mikrovattlar bo'yicha) maqsadga muvofiqdir.
14-MAVZU: Tunnel diod generatori
Volt-amperli tavsifining tushib ketuvchi qismi bo‘lgani uchun tunnel diodlarni generatorlar va keng diapazon chastotali shu jumladan SVCH (o‘ta yuqori chastotali), elektr tebranishlarni kuchaytirgichlari sifatida va yuqori tezlikli qayta ulashlar sifatida ishlatishga imkon yaratadi.
Tunnel diodlar yaratilgan yarim o‘tkazgichlardan, asosan, germaniy, kremniy va galliy arseniddan tayyorlanadi. Potensial to‘siq orasidan tashuvchilarni tunnel o‘tishi uchun n-p o‘tish tor va keskin bo‘lgani sababli, tunnel diodlarning n-p o‘tishlari eritib quyish usuli bilan tayyorlanadi. Bundan tashqari, yaratilgan qatlamlarni epitaksial qo‘shib borish usuli qo‘llaniladi, bu shuningdek keskin o‘tishlarni olishga yordam beradi. Sig‘imni kamaytirish uchun (demak, manfiy qarshilik bilan faol element sifatida ishlashi mumkin bo‘lgan tunel diodni yuqori chegaraviy chastotasini oshirish uchun) p-n o‘tishlarni kichik maydonini olish usuli qo‘llaniladi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |