Baxtiyor mengliyev


Misralar zamiridagi kinoyaviy mazmunni oching



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/227
Sana31.10.2020
Hajmi1,62 Mb.
#50920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   227
Bog'liq
B.Mengliyev-Hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Misralar zamiridagi kinoyaviy mazmunni oching: 
    Arz-u samo qorong‘ulik qa’rida, 
    Sayyoralar tentirardi zulmatda. 
    Xudo dedi: “Bas, yaralsin Nyuton”, 
    Borliq nurga to‘lib, zulmat tark etdi.  
    Ko‘p o‘tmay nur boz bo‘ysundi zulmatga, 
    Zero, shayton Eynshteynni yaratdi. 
Yelena Polonskaya 
 
8


Manbani  o‘rganishning  har  ikki  bosqichi  ham  birday  muhim, 
ikkinchisini  birinchisisiz,  birinchisini  ikkinchisisiz  tasavvur  qilib 
bo‘lmaydi. Ularni bir-biridan uzish, qarama-qarshi qo‘yish mumkin 
emas.  Bilishning  ikki  zaruriy  bosqichi  ham  cheklangan.  Ya’ni 
empirik  bilim  nazariy  xulosalar  uchun  material  bo‘lib  xizmat 
qiladi.  Nazariy  bilim  empirik  dalillarsiz  asossiz.  Shuning  uchun 
nemis  shoiri  Hyote  “Nazariya  quruq  yog‘ochdir”  deya  nazariy 
bilimning empirik dalillardan uzilganligiga e’tiborni tortadi. 
Bilishning 
ikki 
zaruriy 
bosqichi 
o‘zbek  tilshunosligi 
taraqqiyotida ham o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. 
O‘zbek tilshunosligi (XX asrning 20-yillaridan 80-yillarigacha) 
amaliy  bosqichni  bosib  o‘tdi.  Bu  davrda  amalga  oshirilgan  ishlar 
quyidagilardan iborat edi:  
1) tilning sathlarini, tilshunoslikning bo‘limlarini aniqlash; 
2) har bir sathga doir birliklarni chegaralash
3)  birliklarning  sezgi  a’zolariga  ta’sir  qiladigan  alomatlarini 
yoritish.  
Masalan,  fonetikada  hozirgi  o‘zbek  tilidagi  6  ta  unli,  24  ta 
undosh aniqlanib, ularning bevosita sezgi a’zolariga ta’sir qiluvchi 
xossalari  (nutq  a’zolarining  harakati,  tovushlarning  eshitilishi, 
cho‘ziq/qisqaligi, 
baland/pastligi, 
kuchli/kuchsizligi 
kabilar) 
o‘rganildi.  Biroq  har  bir  tovushning  mohiyati,  ya’ni 
substansiyasiga  bu  zohiriy  belgilar  qay  darajada  daxldor  degan 
muammo  keyinchalik  –  nazariy  o‘rganish  jarayonida  – 
fonemalarning variant-invariantlik muammosi ostida tadqiq qilindi. 
Har bir tovushning mohiyati nazariy bosqichda ochib berildi. 
Bunday  holatni  morfologiyada  ham  kuzatish  mumkin.  Bunda 
so‘z  turkumlari,  har  bir  turkumga  xos  grammatik  shakllar 
aniqlandi.  Grammatik  shaklning  zohiriy  belgilari  –  so‘zlarga 
qo‘shilish,  ularni  biriktirish  jarayonidagi  aniq  sezilib  turuvchi 
ma’no va vazifalari – nutqiy xususiyati tadqiq qilindi. Masalan, har 
bir kelishikning 20 dan 50–60 tagacha ma’nosi ajratilib, tavsiflandi. 
Bu  ma’nolarni  yanada  ko‘paytirish  mumkin  edi,  zero  hodisalar 
cheksizdir. Quyidagi misollarga diqqat qiling:  
Gulnoraning kitobi 
Gulnoraning opasi 
9


Gulnoraning uyi 
Gulnoraning yig‘isi.  
Bunda  fahmiy  (empirik)  yondashuv  qaratqich  kelishigining 
“qarashlilik”, “mansublik”, “egalik”, “bajaruvchi” kabi ma’nolarini 
farqlashni  taqozo  qiladi  (qatorni  yana  davom  ettirish  va  ma’nolar 
sonini  ko‘paytirish  mumkin).  Bular  –  zohiriy  ma’nolar,  nutqiy 
hodisalar. Empirizmda mohiyatga tomon bundan chuqurroq borish 
talab  qilinmaydi.  Nazariy  o‘rganishda  kelishikning  har  bir 
qo‘llanishidagi farqlardan “ko‘z yumilib”, ular zamiridagi umumiy 
jihat  qidiriladi.  Keltirilgan  kelishikli  birikmalardagi  farqlarning 
(kitob),  (opa),  (uy),  (yig‘i)  va  boshqa  so‘zlar  ta’sirida  ekanligini 
nazariy  yo‘l  bilan  aniqlaydi  hamda  shu  asosda  qaratqich 
kelishigining mohiyatini ochadi.  
Nazariy o‘rganish jarayonida til hodisalarida zohiriy (nutqiy) va 
botiniy  (lisoniy)  jihat  izchil  farqlanadi.  Har  bir  birlik  yondoshlari 
bilan  o‘zaro  munosabatda  o‘rganiladi,  ular  bir  sistema  sifatida 
qaraladi. 
Masalan, 
yuqoridagi 
misollarning 
birinchisida 
(Gulnoraning 
kitobi
qaratqich 
kelishigining 
“qarashlilik”, 
ikkinchisida  (Gulnoraning  opasi)  “mansublik”  nutqiy  (xususiy) 
ma’nolari  voqelangan.  Biroq  qaratqich  kelishigi  shaklining  barcha 
qo‘llanishi  uchun  umumiy  jihat  –  “oldingi  so‘zni  keyingi  so‘zga 
tobelash” 
ma’nosi 
bevosita 
sezgi 
a’zolari 
yordamida 
anglashilmaydi,  balki  ong  bilan  idrok  etiladi,  shuning  uchun  u 
lisoniy  ahamiyatga  ega.  Bu  umumiylik  yuqoridagi  misollarda 
Gulnora  so‘zining  opa  so‘ziga  qaratuvchilik  munosabatini 
ifodalashi”,  “Gulnora  so‘zining  kitob  so‘ziga  qaratuvchilik 
munosabatini ifodalashi” tarzida bevosita kuzatishga chiqqan, sezgi 
a’zosi bilan his qilinadigan qiymat kasb etib xususiylashgan.  
Empirik yondashuvda har bir birlik alohida-alohida tekshiriladi. 
Masalan, a unlisini boshqa unlisiz, biror zamon yoki kelishik shakli 
esa  boshqasidan  ajratib,  uzib  o‘rganiladi.  Nazariy  o‘rganish 
bosqichida  esa  ular  o‘z  sistemadoshi  (o‘zi  bilan  bir  sistemaga 
kiruvchi) bilan yaxlitlikda tahlil etiladi. Har bir birlik, deylik, biror 
unlining,  boshqa  sistemadoshi,  ya’ni  boshqa  unli  bilan  o‘zaro 
munosabatida  namoyon  bo‘ladigan  belgisi  nazariyotchi  tishunos 
uchun  belgilovchi  ahamiyat  kasb  etadi.  Bitta  unlini  ajratib  olib 
10


o‘rganish  empirik  o‘rganish  deyiladi.  Бир  unlini  boshqa  unlilar 
qurshovida  o‘rganish  nazariy  o‘rganish,  sistem  yondashuv  deb 
ataladi.  Nazariy  tilshunoslik  har  qanday  birlikning  mohiyati  uning 
boshqa  sistemadoshlariga  munosabatini  chuqur  tahlil  qilish  bilan 
ochiladi,  degan  metodologiyaga  tayanadi.  Masalan,  o  unlisining 
mohiyati uning boshqa unlilar bilan o‘xshash va farqli tomonlarini 
aniqlash  asosida  ochiladi.  Biror  til  birligining  boshqa  til  birligiga 
o‘xshash  va  farqli  jihatlari  bo‘ladi.  Bu  munosabat  deyiladi. 
Masalan,  bir  unlining  boshqa  unlilarga  o‘xshashi  va  ulardan 
farqlanishi munosabat termini bilan baholanadi. Yoki bosh kelishik 
shaklining  boshqa  kelishiklarga  o‘xshashligi  va  farqlanishi  “bosh 
kelishikning  boshqa  kelishiklarga  munosabati”  deb  tushuntiriladi. 
Munosabatlardan uzib baholangan narsa haqidagi bilimlar mavhum 
va ziddiyatli bo‘ladi. 
 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish