Baxtiyor mengliyev


  Eshik  –  uy,  xona,  bino  yoki  hovlining  kiraverishida  o‘rnatilgan ochib-yopib turiladigan moslama (O‘TIL, II, 457).  3.  Darvoza



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/227
Sana31.10.2020
Hajmi1,62 Mb.
#50920
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   227
Bog'liq
B.Mengliyev-Hozirgi o‘zbek tili (darslik)

2.  Eshik  –  uy,  xona,  bino  yoki  hovlining  kiraverishida 
o‘rnatilgan ochib-yopib turiladigan moslama (O‘TIL, II, 457). 
3.  Darvoza  –  hovli,  qo‘rg‘on,  qal’a,  zavod  va  shu  kabilarga 
kiriladigan, ochib-yopiladigan katta eshik, qopqa (O‘TIL, I, 209). 
Ajratilgan  so‘zlar  miqdoriy  ko‘rsatkichlarni  ifodalovchi 
leksemalardir. Bu darcha leksemasi izohidagi kichkina va eshikcha 
so‘zlari, darvoza leksemasi izohidagi katta so‘zi. 
Boshqa bir leksema qatorini olamiz:  gulobi – pushti – qizg‘ish 
– qizil – ol – qirmizi. 
Bu leksemalar qayd etilgan lug‘atda quyidagicha izohlangan: 
1. Gulobi – gulob rangli, pushti (O‘TIL, I, 197). 
2. Pushti – shaftoli guli rangidagi, och qizil (O‘TIL, II, 608). 
3.  Qizg‘ish  –  qizilga  moyil,  qizilga  yaqin  rangdagi,  qizg‘imtir 
(O‘TIL, II, 573) 
4. Qizil – qon rangidagi, qirmizi, olvali (O‘TIL, II, 570). 
5. Ol – qizil, qirmizi (O‘TIL, II, 529). 
6. Qirmizi – qizil rangli, qizil, ol (O‘TIL, II,581). 
Bu  tavsif,  albatta,  mukammal  emas.  Chunki  ular  o‘zining 
graduonimik  sistemasidan  uzib  tavsiflangan.  Agar  ular bir  sistema 
a’zolari sifatida tahlil etilsa, quyidagi tavsiflarga ega bo‘lishar edi: 
170


1.  Gulobi  –  gulob  rangli,  oqdan  qizillikka,  pushtiga  moyil 
bo‘yoqli rang. 
2. Pushti – shaftoli guli rangidagi, och qizil, gulobidan to‘qroq. 
3. Qizg‘ish – pushtidan to‘qroq, qizildan ochroq, qizg‘imtir rang. 
4. Qizil – qon rang. 
5. Ol – qizildan to‘qroq rang. 
6. Qirmizi – to‘q qizil rang. 
Bu  leksemalar  denotativ  ma’nolaridagi  rangning  miqdoriy 
semasi asosida quyidagicha darajalanadi: 
 
«qizillik» 
 
-3              -2              -1              0              1              2 
gulobi    pushti    qizg‘ish    qizil    ol    qirmizi 
   
Demak, lug‘aviy  graduonimik qatorni ajratish uchun ma’noviy 
omil  o‘zaro  yaqin  tushunchani  ifodalovchilar  sirasidagi  har  bir 
leksemada  ma’lum  bir  belgining  turlicha  darajalanishiga  ishora 
mavjudligida namoyon bo‘ladi. Shu asosda ma’noviy omilning o‘zi 
ikki turga bo‘linadi: 
1) bir-biriga yaqin va o‘xshash tushunchani ifodalashi
2) ayni bir belgining turli xil miqdoriga ishora qilishi. 
Graduonimik 
qator 
lug‘aviy 
paradigmaga 
qo‘yiladigan 
quyidagi talabning barchasiga javob berdi: 
1)  lug‘aviy  paradigmaning  bitta  yetakchi  leksema  (dominanta) 
atrofida birlashishi; 
2) lug‘aviy paradigmaning ochiqligi; 
3)lug‘aviy paradigmaning boshqa kattaroq paradigma tarkibiga 
yetakchi leksema bilangina kirishi; 
4)lug‘aviy  paradigmadagi  qurshov  leksemaning  dominant 
leksema bilan osonlikcha almashtirila olishi. 
Demak, 
leksemalararo 
lisoniy 
munosabat 
sanaluvchi 
graduonimiya hodisasi bir necha leksemaning ma’lum bir belgining 
oz-ko‘pligiga  qarab,  lug‘aviy  ma’noviy  qatorda,  sistemada 
namoyon  bo‘lishi  bo‘lib,  bunda  dominanta  va  qurshov  leksema 
farqlanadi. 
171


Lug‘aviy  graduonimik  qatorda  dialektikaning  eng  umumiy 
qonunlari mavjud: 
a)  graduonimik  qatorda  belgining  darajalanib,  oshib  yoki 
kengayib borishida miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishi 
qonuni tajallilanadi; 
b)  graduonimik  zanjirning  ikki  chekka  uchi  ma’lum  bir 
belgining tasdig‘i bilan birga, bir-birini inkor etishida inkorni inkor 
qonuni namoyon bo‘ladi; 
d)  bir-birini  inkor  etuvchi  (antonimik  munosabatda  turgan) 
leksemalarning  bir  yetakchi  leksema  (dominanta)  atrofida 
birlashib,  bir lug‘aviy  ma’noviy  qatorni  –  paradigmani, butunlikni 
tashkil  etishda  qarama-qarshilik  birligi  va  kurashi  qonuni 
voqelanadi.  
 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish