tramvay qo‘ng‘irog‘i ovoz bersa ham, auditoriyaga shoshilasizmi?
Mashinaning signalini eshitib, xonangizda ham o‘zingizni chetga
olasizmi? Yo‘q, biz bunday kelishmaganmiz. Faqat o‘quv
binosidagi qo‘ng‘iroqqa talabalarni auditoriyaga “haydash”
vazifasi yuklatilgan. Mashina signalini yo‘lda “joningdan umiding
bo‘lsa, qoch” degan ma’noda tushunamiz. Chunki ular shartli
belgilardir. Svetoforning chiroqlari, yo‘l harakati ishoralari,
xaritadagi belgilar ijtimoiy kelishuv asosida o‘rnatilgan. Yo‘l
bo‘lmagan joyda qandaydir qizil chiroq yonib turgan bo‘lsa,
mashinamizni to‘xtatmaymiz. Ular ma’lum bir makon va
zamondagina bu vazifani bajaradi.
O‘rtog‘ingizni ko‘rib, qo‘l silkiysiz – to‘xtashga ishora qilasiz.
Bu ham shartli belgi. Avtobusdagi “100” raqamini ko‘rib,
shoshildingiz, chunki shartli belgini ko‘rdingiz. Ko‘chada bir kishi
yotibdi. Qon oqqan. “O‘lib qolgan bo‘lsa kerak” degan fikr
miyangizga urdi. Qon, axir, o‘lim alomati. Lekin u shartli
belgimikan? Ana muammo! Daraxt barg chiqara boshlabdi. Bahor
alomati. U ham shartli belgi bo‘la oladimi? O‘ylab ko‘rish kerak.
Dunyoda qachon bitta til bo‘ladi? Har qanday shartli belgi
to‘rtta muhim xossaga ega bo‘ladi.
Birinchidan, ifodalovchi, ya’ni belgi moddiy shaklga ega
bo‘lishi lozim. Ovoz, rang, harakat va h.
Ikkinchidan, u nimanidir ifodalashi lozim. Qo‘ng‘iroq
mashg‘ulot boshlanishini, yashil rang esa harakatlanishni, ikki
qo‘lni xoch holatiga keltirish biror harakatni to‘xtatishni ifodalaydi.
Uchinchidan, belgi bilan u ifodalaydigan mazmun orasidagi
aloqa shartli, kelishilganlik tabiatiga ega bo‘lishi lozim. Bu – eng
muhimi. Masalan, eganing tagiga bir chiziq, kesimning tagiga ikki
chiziq chizish kelishib olingan. Aslida, kelishilsa,
svetofordagi qizil
chiroqda harakatlanib, yashil chiroqda to‘xtash ham mumkin bo‘lur
edi. Zero, svetofor ranglari bilan ular ifodalaydigan harakatlar
orasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q. Lekin qon o‘limning, daraxt
chiqarayotgan barglar bahorning shartli emas, balki tabiiy belgilari.
Til ifodalari ham borliq hodisalari bilan tabiiy emas, balki shartli
bog‘lanishga ega. Agar til va borliq tabiiy bog‘lanishga ega bo‘lsa
31
edi, dunyoda yagona til mavjud bo‘lar edi. Bu tilning shartli
belgilar sistemasi ekanligini ko‘rsatadi.
To‘rtinchidan, shartli belgilar sistemasi a’zolari kamida ikkita
bo‘ladi. Masalan, svetoforning uch rangi bor. Arifmetik amallar
to‘rtta. Xaritadagi belgilar soni esa juda ko‘p. Ammo... liftdagi
yonib-o‘chadigan chiroq bitta-ku? U shartli belgi emasmi?
Do'stlaringiz bilan baham: