p
b
f
v
t
d
s
z
ch
j
sh
j
k
g
g‘
q
x
h
m
n
ng
y
l
r
sho
vqi
nl
i
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
sonor
+
+
+
+
+
jar
angl
i
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
jar
angs
iz
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
p
or
tl
ovchi
+
+
+
+
+
+
+
+
+
si
rg‘
al
uvchi
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
A
ff
ri
kat
+
+
100
T
it
roq
+
B
ur
un
+
+
+
Y
on
+
L
abi
al
+
+
+
+
ti
l ol
di
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
til
o‘
rt
a
+
ti
l or
qa
+
+
+
chuqur
t
il
or
qa
+
+
+
b
o‘
g‘
iz
+
101
Mantiqiy mushohada uchun
Undoshlar bo‘yicha asosiy birlashtiruvchi belgisini topib,
qatorni davom ettiring:
1)
tana, yanoq, karomat, qalamdon, ...
2) havas, qish, kuldon, ...
Undoshlarning nutqiy voqelanishida lisoniy ziddiyatlarning
so‘nishi. Fonemalar nutqda voqelanar ekan, yuqorida aytilganidek,
tovushlar tarkibida egallagan o‘rni (pozitsiyasi), boshqa nutq
tovushlari bilan munosabatiga ko‘ra, o‘zining lisoniy sifatlarini
saqlab qolishi ham, sharoit taqozosiga ko‘ra ma’lum darajada yoki
butunlay o‘zgartirib yuborishi ham mumkin. Bunday o‘zgarishlar
darajalanadi. Shu boisdan fonemaning nutqda o‘zgarishlarini
ikkiga bo‘lish mumkin:
1) miqdor o‘zgarishlari;
2) sifat o‘zgarishlari.
Buni
dialektikadagi
sifat
o‘zgarishlarining
miqdor
o‘zgarishlariga o‘tishi qonuni asosida tushuntirish va tushunish
mumkin.
Mustaqil o‘zlashtirish uchun
Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi
Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi –
dialektikaning uchta qonunidan biri. Bu qonunni faylasuf Hegel
ta’riflab bergan. Unga ko‘ra, rivojlanish murakkab jarayon,
taraqqiyotda avval miqdor, keyin sifat o‘zgarishi sodir bo‘ladi.
Predmet yoki hodisaning rivojlanishi avval asta-sekin ro‘y
beradigan miqdor o‘zgarishidan boshlanadi. Miqdor o‘zgarishi
me’yor chizig‘iga yetgach, sifat o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Masalan,
bola ulg‘ayayotganda jismoniy jihatdan ma’lum me’yorga yetgach,
yigit tusini oladi – unda yangi sifat paydo bo‘ladi. Yoki tungi
qorong‘ulik kamayib, bu kamayish ma’lum me’yorga yetgach,
kunduz boshlanadi.
Miqdorning ma’lum bir darajasi yangi sifatni keltirib chiqaradi.
Miqdor o‘zgarishining sifat yangilanishini keltirib chiqarishi
me’yor bilan belgilanadi. Masalan, 22-dekabrda tun va kun tengligi
102
mavjud. Bunda me’yor 12 soat. Tun bu me’yordan o‘tishi bilan
yangi sifat – qish mavsumi boshlanadi. 22-martda esa buning aksi
yuz beradi.
Miqdor o‘zgarishi nisbatan sokin, uzluksiz davom etsa, sifat
o‘zgarishi uzilishli, sakrashsimon bo‘ladi. Rivojlanish jarayonida
eski sifatning yangi sifatga aylanishi uzluksizlikning uzilishi yoki
sakrash deb ataladi.
Sakrash — rivojlanish jarayonida qonuniy sodir bo‘ladigan
burilish nuqtasi, taraqqiyot zanjiridagi zaruriy halqa.
Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi qonuni
dialektikaning boshqa qonunlari singari ilmiy bilish va amaliy
faoliyat uchun katta ahamiyatga ega. U bizga tilning ham
rivojlanish jarayonini to‘g‘ri tushunib olish, lison va nutq
hodisalarini to‘g‘ri baholashga yordam beradi.
Fonemalarning nutqda o‘z lisoniy xususiyatlarini o‘zgartirishi
me’yor chizig‘iga yetmasa, bu nutq tovushi shu fonemaning
AHVOsi, tajallisi bo‘lib qolaveradi. Masalan, qo‘lim so‘zida [o‘]
tovushining ta’sirida [i] fonemasi o‘z xususiyatini biroz
o‘zgartiradi. Ya’ni unda lablanmaganlik lablanishga tomon o‘sadi,
lekin bu o‘zgarish me’yordan o‘tmaydi. Natijada sifat o‘zgarishi
yuz bermaydi – [i] tovushi [i] fonemasi doirasidan chiqib ketmaydi.
Biroq iqtisod so‘zida [q] fonemasi talaffuzda [t] tovushining
ta’sirida [x] tovushi xususiyatlariga ega bo‘lib qoladi, chunki [q]
fonemasi voqelanishidagi o‘zgarish me’yor chizig‘idan o‘tib
ketadi. Natijada yangi sifat – yangi tovush vujudga keladi. Garchi
imloda ushbu o‘rinda q yozilsa ham, talaffuzda x tovushini
aytamiz.
Eslatma
Biz tovushlarga baho berishda, nutq tovushlarini tahlil qilishda
ko‘pincha harflarni nazarda tutayotganligimizni bilmay qolamiz.
Masalan, pedagogga so‘zi tahlilida uning yozilishini e’tiborga olib,
ikkita [g] tovushi borligini qayd qilamiz. Ammo talaffuzda ikkita
[k] tovushlari borligini nazardan qochirmaslik kerak.
Fonetik tahlilda harflar emas, balki tovushlar e’tiborga olinishi
lozim.
103
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1.Undosh fonema nima?
2.Lab undoshi qaysilar?
3.Til undoshi qaysilar?
4. Qaysi undosh bo‘g‘iz undoshi?
5.O‘zbek tilida jarangli undoshlar nechta?
6.O‘zbek tilida jarangsiz undoshlar nechta?
7.Portlovchi undosh qanday hosil bo‘ladi?
8.Sirg‘aluvchi undosh qanday hosil bo‘ladi?
9.Portlovchi-sirg‘aluvchi undosh qanday hosil bo‘ladi?
10.Korrelyativ belgi nima?
11.Korrelyativ bo‘lmagan belgi nima?
Test
1.Unli va undoshlar o‘zaro qaysi belgi asosida birlashadi? A)
ovozga egalik belgisi bilan B) biryoqlama birlik ekanligi bilan C)
shovqinlilik D) ikki paradigmaga kirishi bilan.
2.[X] undoshiga to‘g‘ri tavsif berilgan javobni toping. A)
chuqur til opqa, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh fonema B) bo‘g‘iz,
sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh fonema C) chuqur til orqa,
sirg‘aluvchi, jarangli undosh fonema D) chuqur til orqa, portlovchi,
jarangsiz undosh fonema.
3.Undoshlarning oppozitiv belgisi: A) artikulyatsiya o‘rni B)
ovoz va shovqin darajasi C) yumshoq-qattiqlik D) artikulyatsiya
o‘rni, ovoz va shovqin darajasi.
4.Undoshlarning barqaror belgisi: A) artikulyatsiya o‘rni B)
ovoz va shovqin darajasi C) yumshoq-qattiqlik D) artikulyatsiya
o‘rni, ovoz va shovqin darajasi.
5. Undoshlarning beqaror belgisi: A) artikulyatsiya o‘rni B)
ovoz va shovqin darajasi C) yumshoq-qattiqlik D) artikulyatsiya
o‘rni, ovoz va shovqin darajasi.
104
Do'stlaringiz bilan baham: |