Qolip va hosila.
Lisoniy birlikning navbatdagi turi
qolip
deyiladi. Qolip deganda yasama so‘z, so‘z birikmasi va gaplar hosil
qilishning ongdagi sxemalari tushuniladi. Bu sxemalar til jamiyati
a’zolarining lisoniy birliklarni nutqda biriktirib voqelantirish
malakalari sifatida yuzaga chiqadi. Grammatik qonuniyat va
qoidalar faqat qoliplarda amal qiladi. Qolipdan tashqarida sintaktik
aloqa haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas. Masalan, leksema
faqat qolipda grammatik jihatdan shakllanadi.
Qoliplar ikki xil bo‘ladi:
a) so‘z yasash qolipi;
b) sintaktik (so‘z birikmasi va gap hosil qilish) qolip.
So‘z yasash qolipidan kam foydalanamiz. Chunki biz har doim
ham so‘z yasayvermaymiz.
Qolip ham boshqa lisoniy birliklar kabi UMIS tabiatli bo‘ladi.
Masalan, nutqdagi cheksiz yasama so‘z (masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: |