Noto‘liq
ziddiyat
.
Noto‘liq
(privativ)
ziddiyatda
qarshilanuvchi a’zolardan birida ziddiyat belgisi to‘liq va aniq,
boshqasida esa noaniq namoyon bo‘ladi. Masalan, [
bola
] va
[
o‘g‘il
] leksemalarini olaylik. Ular “erkak jinsli” deb atalgan
ziddiyat belgisiga ikki xil munosabat bildiradi. Bu belgi [
o‘g‘il
]
leksemasi ma’no tarkibida aniq berilgan, shu boisdan uning ushbu
belgiga munosabati aniq yoki “belgilangan” deyiladi va shartli
ravishda (+) belgisi bilan beriladi. [
bola
] leksemasida esa jins
belgisi aniq emas. Chunki uning ma’no tarkibida “er” yoki “ayol”
(ya’ni jins) semasi yo‘q. Boshqacha aytganda,
bola
so‘zi o‘g‘ilni
ham, qizni ham ifodalashi mumkin. Shuning uchun bu leksemaning
ziddiyat ko‘rsatkichiga ishorasi “belgilanmagan” (noma’lum,
noaniq, majhul) deyiladi va shartli ravishda (
Do'stlaringiz bilan baham: |