Baxtiyor mengliyev


Mustaqil o‘zlashtirish uchun



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/258
Sana17.01.2022
Hajmi1,62 Mb.
#381064
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   258
Bog'liq
Baxtiyor mengliyev

Mustaqil o‘zlashtirish uchun 
Sukut ma’no ifodalaydimi? 
Muloqot  jarayonida  sukut  alohida  o‘rin  tutadi  va  u  ham 
“nimalarnidir”  bildiradi.  Muloqot  jarayonida  u  situativ,  sotsial  va 
psixologik  omillar  bilan  bog‘liq  holda  kommunikativ  mazmun 
ifodalaydi.  Darhaqiqat,  sukutning  muloqot  jarayonida  naqadar 
ahamiyatli  ekanligini  Sa’diy  Sheroziy  o‘z  misralarida  shunday 
bitgan: 
Oqillar nazdida gar o‘ltirish odobdir, 
Maslahat tashlaganda so‘zga ko‘rsatish himmat. 
Ikki narsa aqlga sig‘maydi agar bilsang, 
So‘zlash paytida sukut, keraksiz joyda suhbat. 
Sukut  saqlash  o‘ziga  xos  ijtimoiy  qimmatga  ega.  Buni, 
masalan,  dil  rozini  aytish,  o‘tganlarni  xotirlashda,  xafa  bo‘lish  va 
arazlash,  mensimaslik  holatlarida,  kesatiq  va  kinoya  kabilarda 
ko‘ramiz.  Sharq mutafakkiri  Muhammad  Sodiq  Qashg‘ariy  yaxshi 
kishilar  odobi  haqida  bitilgan  kitobida  bu  haqda  shunday  deydi:  “ 
...  (yaxshi  kishi) 
o‘zini  beadabona  so‘zdin  va  fe’ldin  yamon 
harakatdin va noxamvor (noo‘rin) sukunatdin saqlag‘ay
.” 
Abdulla  Qodiriyning  “O‘tgan  kunlar”  romanidan  olingan 
quyidagi parchada sukut tahqirlash mazmunini anglatadi:  
“... 
Otabek  bu  cho‘ltoq  supurgini  tanidi  va  uning  istehzolarini 
anglab,  ma’nosiz  bu  savollarga  javob  berib  o‘lturishdan  sukutni 
xayrlik  topdi.  Go‘yo  o‘zining  bu  sukuti  bilan  Musulmonqulga 
ma’nolik  bir  javob  qilar  edi.  Musulmonqul  bu  sukutdan 
tahqirlandi, tutuni ko‘kka ko‘tarilar ekan baqirdi: 

Nega javob bermaysiz
?!” 
140


Sukut, 
tabiiyki, 
asosan, 
so‘zlovchining 
tinglovchiga, 
tinglovchining  so‘zlovchiga  aylanish  jarayoniga  xos.  Shuning 
uchun,  o‘zbek  nutq  odobiga  qo‘ra,  o‘rinsiz  yoki  bema’ni  savolga 
sukut  bilan  javob  berish,  uni  eshitmaganga  olish,  suhbatni 
buzmaslik  yuksak  odob  –  hatto  shoir  Mirza  Kenjabek  talqinida 
ibodat – sanaladi: 
Ibodatdir biror zolim – jafokorga desang haq so‘z, 
Va nodonga sukut saqlash, sukuting ham ibodatdir. 
Turkman  va  kavkaz  xalqlari  odatiga  ko‘ra,  kelinlar  ma’lum 
muddat (asosan, farzand ko‘rgunlaricha) qaynona va qaynotalariga 
gapirmaslik  –  hurmat  ma’nosini  ifodalashi  sukut  ifodalaydigan 
kommunikativ mazmunlardan biri – u tahqirlashning aksidir.

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish