Baxtiyor mengliyev


Mustaqil o‘zlashtirish uchun



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/258
Sana17.01.2022
Hajmi1,62 Mb.
#381064
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   258
Bog'liq
Baxtiyor mengliyev

Mustaqil o‘zlashtirish uchun 
Tilshunoslikning o‘rni 
Qadimda ko‘plab sharq donishmandlari fanlarni tasniflash bilan 
shug‘ullanishgan.  Xususan,  Abu  Rayhon  Beruniy  ham  o‘z 
davridagi  fanlarni  tasniflashga  ayricha  yondashgan.  Bunda  u  o‘z 
davrida fanlarga qanday munosabatda bo‘linganligiga tayangan. 
Mutafakkir fanlarni shu tarzda joylashtirganki, unga ko‘ra tartib 
sodda va tushunarli fanlardan boshlanib, qiyiniga qarab yo‘l olgan. 
Birinchi  fanni  o‘zlashtirish  uchun  boshqa  fanni  bilish  talab 
qilinmasligi  e’tiborga  olingan.  Ikkinchi  fanni  o‘zlashtirish  uchun, 
albatta,  birinchi  fanni  o‘zlashtirish  shartligi  nazarda  tutilgan. 
Uchinchi  fanni  o‘zlashtirish  esa  undan  oldingi  fanni  o‘zlashtirish 
tayangan. Olimning tasnifida birinchi o‘rinni matematikaga bergan. 
Matematikani  o‘zlashtirish  uchun  boshqa  fanni  o‘zlashtirish  talab 
qilinmagan. Ikkinchi o‘rinda fizika turgan. Fizikani egallash uchun 
avval matematikani to‘liq o‘zlashtirish, keyin bu fanga o‘tish zarur 
bo‘lgan.  Shu  tariqa,  uchinchi  o‘rinda  kimyoga  o‘rin  berilib, 
kimyogar avval matematikani, keyin fizikani mukammal egallashi, 
so‘ngra  kimyoga  o‘tishi  kerak  bo‘lgan.  Va  keyingi  o‘rin 
biologiyaga  berilgan  bo‘lib,  bunda  ham  yuqoridagi  qonuniyatga 
tayanilgan.  Xullas,  ro‘yxatning  oxiridan  falsafa  o‘rin  olgan. 
Demak,  haqiqiy  faylasuf  bo‘lish  uchun  o‘z  davridagi  barcha 
fanlarni  to‘liq  va  mukammal  o‘zlashtirish  talab  qilingan.  Axir, 
bejiz  Abu  Rayhon  Beruniy,  Ibn  Sino,  Abu  Nasr  Forobiy  kabi 
ajdodlarimiz faylasuflar sanalmagan. 
Xo‘sh,  filologiya  fanlari,  xususan,  tilshunoslikning  fanlar 
tasnifida tutgan o‘rni qanday bo‘lgan degan haqli savol tug‘iladi. 
79


Birinchidan,  u  zamonlarda  tilshunoslik  degan  alohida  fan 
bo‘lmagan va u falsafaning tarkibida bo‘lgan. Demak, ko‘rinadiki, 
tilshunoslikka  ham  tasnifning  oxiridan  o‘rin  berilgan  deyish 
mumkin.  Bilasizmi,  bu  nimadan  dalolat  beradi?  Demak,  mantiqan 
yondashadigan  bo‘lsak,  tilshunoslikni  o‘zlashtirish  uchun  ham 
boshqa  barcha  fanlarni  to‘liq  o‘zlashtirish  shart  ekan-da.  Ha, 
shunday. 
Chunki 
tilshunos, 
deylik, 
lug‘at 
tuzish 
bilan 
shug‘ullanyapti.  U  har  bir  so‘zning  ma’nosini  tushungan  holda 
izohlamas  ekan,  bu  izohni  boshqalarning  ham  tushunishi  mahol. 
Masalan, matematikadagi tangens, sinus, fizikadagi qarshilik kuchi, 
massa, 
tezlik, 
kimyodagi 
oksidlanish, 
laktonoidlar 
kabi 
terminlarning ma’nosini va mohiyatini tushunmasdan turib qanday 
izohlash  mumkin?  Ko‘rinadiki,  bobomiz  Abu  Rayhon  Beruniy 
tasnifi ham qat’iy qonuniyatga, va, obrazli qilib aytganda, achchiq 
haqiqatga asoslangan. 
 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish