Glossariy ziddiyat – lisoniy sistema (paradigma)dagi elementlarning
o‘zaro farqlanish munosabati
ziddiyat a’zosi – lisoniy sistema (paradigma)dagi ziddiyat
munosabatiga kirishuvchi elementlar
ziddiyat belgisi – lisoniy birliklarning muayyan ziddiyatdagi
farqlovchi belgisi
ikki a’zoli (binar) ziddiyat – lisoniy sistemadagi zidlanuvchi
juft birlik
ko‘p a’zoli ziddiyat ternar – lisoniy sistemadagi zidlanuvchi
ikkitadan ortiq birlik
privativ (noto‘liq) ziddiyat – ziddiyat belgisi a’zolaridan
birida voqelanadigan, boshqasida voqelanishi ham, voqelanmasligi
ham mumkin bo‘lgan ziddiyat turi
72
teng qiymatli ziddiyat – zidlanuvchi juft birlikning har birida
ziddiyat belgisining bir qirrasi namoyon bo‘ladigan ziddiyat turi