Baxtiyor edim, judayam baxtiyor edim qachonki, unversitetga kirgan paytimda. Chunki u mening oldimga qo`ygan asosiy maqsadim edi. Men ota-onam va ustozlarim ishonchini oqlaganman. Men shunday insonlarni yoqtiraman: maqsadi sari qattiq harakat qiladigan va unga erishmagunicha hech qachon to`xtamaydigan. Bunday insonlarga o`xshagim keladi va shunday bo`lishga doim harakat qilaman. Shunday ekan, men oldimga juda ko`p va ulkan maqsadlarni qo`yganman. Hozirgi harakatlarim esa Global UGRAD grand dasturini yutib olishga qaratilgan. Dastur orqali men oldimga qo`ygan maqsadlarimning ko`piga erishaman deb o`ylayman. Ulardan bir misol keltirib o`tsam, AQSh hukumatida joylashgan O`zbekiston elchixonasida ko`plab tajribali va katta yoshdagi insonlarning faoliyat yuritib kelayotgani bor gap. Ammo u yerda yangicha dunyoqarashga ega, o`z bilim salohiyati bilan boshqalardan ajralib turadigan va o`z g`oyalari bilan AQSh va O`zbekiston hukumatiga foyda keltiradigan yoshlarning ham ishlashi naqadar ajoyib jarayon bo`lar edi.
Men O`zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqining universitet yetakchilaridan biriman, o`z jamoam bilan shu paytgacha deyarli hamma jamoat ishlarida qatnashib kelamiz. Ayniqsa, volontyorlik ishlarida, chunki boshqalarga ko`mak berishni insoniylik burchi deb hisoblayman. “Talabalar harakati” nomli loyihamda esa o`z intilishlari va qiziqishlari bilan boshqa tengdoshlaridan ajralib turadigan yoshlarni to`plaganman. Biz hozirda ular bilan ko`plab tadqiqotlarni amalga oshirib kelyapmiz va umid qilmanki men bu tadqiqotlarni Amerikada ham davom ettiraman. Turli xil volontyorlik harakatlari va jamiyat ishlarida faol bo`lish, deyarli mening hobbyimga aylangan. Fan olimpiadalarida muntazam qatnashib kelaman, viloyat va respublika bosqichlarida ko`p marotaba g`olib bo`lganman.
Men amerikaliklarga judayam qiziqaman, ularning turmush tarzi, ta`lim tizimi, madaniyati – hamma-hammasi men uchun judayam qiziq.
Sport – mening hayotimning bir bo`lagi bo`lib qolgan, voleybol, basketbol va gandbol sport turlari bo`yichi o`z jamoam bilan respublika musobaqalarida muntazam qatnashib kelyapmiz.
Pionina chalish – eng sevimli mashg`ulotim. Musiqani juda yaxshi ko`raman. U bilan inson barcha dardlarini unutishi mumkin.
Shu paytgacha ellikdan ortiq konferensiya, forumlarda qatnashganman. Ularda ajoyib fikrlar bor edi va menga judayam yoqqan. Men o`ylaymanki, ulardan olgan bilim, ko`nikma va malakam hayotim davomida menga judayam asqotadi.
Ushbu dastur mening hayotimni tamoman yaxshi tomonga o`zgartirib yubora oladi, degan umiddaman. Chunki bu dastur orqali men ko`p narsaga erishishim va O`zbekiston va AQSh hukumatiga ko`p narsalar bera olishim mumkin deb o`ylayman. Misol uchun, ushbu ta`lim jarayonidan keyin yurtimga qaytib, dunyo yoshlari o`rtasida madaniy almashinuv jarayonini qilmoqchiman va men bilamanki, bunga qandaydir forum yoki konferensiya orqali erishish mumkin. Bu jarayonda yoshlar o`zaro fikr almashish imkoniga ega bo`ladilar va ma`lum bir darajada ularning tajribasi ham ortadi, turizmning rivojlanishiga ham judda katta imkoniyat yaratadi.
Hozirda AQSh va O`zbekistonning iqtisodiy va siyosiy munosabatlari juda ham yaxshi yo`lga qo`yilgan. Ammo men ushbu davlat yoshlarini ham bir-birlari bilan yanada yaqin holatda va erkin aloqa qila olishini xohlayman. Ikki davlat kelajagi uchun yoshlarning o`rni naqadar kattaligini va buning uchun bizning hozirdan qattiq harakat qilishimiz kerakligini, aynan, yoshlar tushunishini xohlayman.
O`ylaymanki, men ushbu dastur uchun yaxshi nomzod bo`la olaman, va barchaning ishonchini oqlashga harakat qilaman. Thank you for your reading.
Do'stlaringiz bilan baham: |