Maqsadi: 1. Nomlari bir xil bo‘lgan ikkita buyumni birbiriga
taqqoslashga, buyumlarni taqqoslash jarayonida ularning
eng muhim belgilarini aytishga o‘rgatish; kuzatuvchanligini
rivojlantirish. 2. Buyumlarning detallari va qismlarning nomlarini bildiruvchi otlar, rangi va shaklini belgilovchi sifatlar, ravish va qo‘shimchalar hisobiga bolalarning lug‘atini boyitish.
Buyumlarning sifatlarini va eng xarakterli tomonlarini bildiruvchi so‘zlardan aniq foydalanishga o‘rgatish.
O‘yin uchun material. Bir-birlaridan bir nechta belgilari va
detallari bilan farq qiluvchi buyumlarni tasvirlovchi suratlar jufti:
1) rangi, kattaligi, shakli, teshiklari soni bilan farq qiluvchi 2
ta tugmacha ;
2) rangi, shakli va chizilgan rasmi bilan farq qiluvchi 2 ta
likopcha (tarelka);
3) gavdasining shakli, uzunligi qanotining, demining rangi
bilan bir-biridan farq qiluvchi ikkita baliq;
4) yo‘l-yo‘l va katakli, yenglari uzun va qisqa, bittasidagi
cho‘ntak bitta va yuqori qismiga, ikkinchisining cho‘ntagi ikkita
va pastki qismiga o‘rnatilgan 2 ta ko‘ylak;
5) andazasi va tikilgan gullari bilan farq qiluvchi 2 ta fartuk;
6) shakli va rangi bilan farq qiluvchi 2 ta chelakcha va
boshqa buyumlar: ip kalavalari, sharflar, tuflilar, qayiqlar, yengil
mashinalar va hokazo.
2.5.Lug‘at boyligini oshirish
Bolalarning so‘z boyligini oshirish, asosan, maxsus tizimdagi mashg‘ulotlar jarayonida amalga oshiriladi. Ikki yil mobaynida bolalar jami 500 ga yaqin so‘zni o‘zlashtiradilar. Bu so‘zlar amaliy zaruriyat, nutqda takrorlanish, ehtiyoj, qiziqish va muloqot mavzulariga mos ravishda tanlangan. Ushbu so‘zlar mavzular bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi: birinchi o‘quv
yilida – “Tanishuv”, “O‘yinchoqlar bilan harakat”,
“O‘yinchoqlar”, “Bosh kiyim va poyabzal”, “Oila”, “Ranglar”,
“Hayvonlar va parrandalar”, “Birdan o‘ngacha sanoq”, “Meva va sabzavotlar”, “Idishlar”, “Oziq-ovqatlar”; ikkinchi o‘quv yilida – “Tana qismlari”, “Bizning uy”, “Mening kun tartibim”, “O‘ndan yigirmagacha sanoq”, “Maktab”, “Bizning shahar” (qishloq), “Yil fasllari”, “Bayramlar”, “Bizning vatan” mavzulari bo‘yicha so‘z va iboralarni o‘zlashtiradilar.
Birinchi o‘quv yilidagi mavzular bo‘yicha 250 tacha so‘z,
ikkinchi yilda ham shuncha so‘zni o‘zlashtirishlari mo‘ljallangan. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ikkinchi tilga o‘rgatishda har bir mashg‘ulotda o‘rta hisobda to‘rtta yangi so‘z bilan tanishtiriladi. Bu miqdor turli omillar tufayli o‘zgarishi mumkin. Avvalo, so‘zlarni esda saqlab qolishni tashkil etish metodikasi hamda o‘rganilayotgan yangi so‘zlarning ma’no jihatdan o‘zaro farqlarini o‘zlashtirish zarur.
Yangi so‘zlar ustida ish olib borish bir necha bosqichdan iborat: yangi so‘zlarni lug‘at tarkibiga kiritish; ularni faollashtirish; qancha so‘zlarning o‘zlashtirilganini aniqlash; bog‘lanishli nutqda ishlata olish; turli nutq qurilmalarida so‘zlarning qo‘llanishini faollashtirish. Yangi so‘zlar ko‘rgazmali qurollar, atrofdagi aniq predmetlar, buyumlar, suratlardan keng foydalanish asosida o‘rgatiladi. Ularni namoyish qilish jarayonida nomlari bir necha marta aniq qilib aytiladi. O‘qituvchidan so‘ng bolalar ham ikkiuch marta qaytaradilar. Shunday qilib, o‘zga tildagi yangi so‘zni eshitib qaytarish bilan birga shu so‘z orqali ifodalangan narsabuyumni ko‘radilar. Bola narsa-buyum bilan uning nomi orasidagi bog‘lanishni aniqlaydi. Ko‘rgazmali qurollar yordamida o‘zlashtirib bo‘lmaydigan so‘zlar (chiroyli, issiq, sovuq, mazali,yaxshi, toza) ona tilidagi tarjimasi orqali o‘zlashtiriladi.
Yangi so‘zlar o‘yin jarayonida bolaning kundalik hayotida
qiladigan harakatlari, buyumlar bilan harakatlarni bildiruvchi
so‘zlari, o‘qituvchining bolalarga, bolalarning bir-biriga qilgan
iltimos, buyruqlari orqali o‘zlashtiriladi va lug‘atiga kiritiladi.
Bolalarning topshiriq va buyruqlarni tushunib, ularni bajarish
bilan bog‘liq bo‘lgan, tinglangan ertak va hikoyalar, topishmoqlar, yodlangan she’r, ashula va qo‘shiqlar, tomosha qilingan multfilmlar vositasida tanishgan so‘zlari ularning passiv lug‘atini tashkil etadi. Bu lug‘atning hajmi faol lug‘atga nisbatan ancha katta bo‘ladi. Yangi so‘zlarni o‘rganish jarayonida bolalarning nutq tajribasida uchramagan, ko‘pincha o‘zbekcha turmush tarziga oid bo‘lgan narsa va hodisalar haqida tushuncha va tasavvurlar shakllanadi (masalan, xontaxta, nimcha, sumalak, navro‘z kabi). So‘z ustida ishlash jarayonida yana quyidagilarga e’tibor
berish zarur:
- har xil ish turlarini tashkil etishda ma’no jihatdan o‘zaro
bog‘liq bo‘lgan bir guruh so‘zlardan kerakli so‘zni tanlashga
o‘rgatish;
- yangi so‘zlarni eshitib tushunib, faol qo‘llashni muayyan
izchillikda amalga oshirish;
- bolada o‘zbekcha so‘zlarni tushunish, shuningdek, o‘z
fikrini, niyatini bildirish maqsadida ushbu so‘zlarni turli vaziyatda qo‘llash ehtiyojini uyg‘otish.
Nutqning tovush madaniyati nutq madaniyatining ajralmas
bir qismidir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar nutqning
tovush madaniyatini atrofdagi kishilar bilan muloqotda bo‘lishlari natijasida egallaydilar. Nutqning tovush madaniyati deb, nutqning fonetik va orfoepik jihatdan to‘g‘riligi, so‘zlashgan vaqtda to‘g‘ri ishlatish, nutqning mazmundorligiga qarab uning ifodaliligi, ovoz kuchi va nutq suratini tartibga solish tushuniladi. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash ona tilidagi tovushlarning aniq artikulyatsiyasini, ularni to‘g‘ri talaffuz etishni, so‘z va jumlalarni to‘g‘ri va aniq talaffuzini, to‘g‘ri nafas olish va chiqarishni, shuningdek, yetarli balandlikdagi ovozni, odatdagi nutq sur’atini, ifodalilikni, intonatsiya vositalarini (mantiqiy pauzalar, urg‘u, nutqning ritmi va tempi, xushohanglik) shakllantirishni o‘zida mujassamlashtiradi. Nutqning tovush madaniyati yaxshi rivojlangan nutqni eshitish qobiliyati asosida shakllanadi va rivojlanadi. Bolalarda to‘g‘ri, jarangdor nutqni rivojlantirish bilan bir qatorda, tarbiyachi quyidagi vazifalarni hal etishi kerak:
1. Bolalarda nutqni eshitish qobiliyatini va uning asosiy
komponentlarini: eshituv diqqatini (eshitish orqali u yoki bu
tovushni va uning yo‘nalishini aniqlash malakasi), fonematik
eshitishni, temp va ritmni idrok etish qobiliyatini tarbiyalash.
2. Artikulyatsiya apparatini rivojlantirish.
3. To‘g‘ri nafas olish va chiqarish ustida ishlash, ya’ni qisqa
nafas olib, uzun havo oqimini chiqarish qobiliyatini tarbiyalash.
Bu jumlalarni erkin talaffuz qilish imkonini beradi.
4. Muloqot shartlariga mos ravishda ovoz balandligini
boshqara olish qobiliyatini tarbiyalash.
5. Ona tilidagi hamma tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etishni
shakllantirish.
6. Har bir tovush, so‘z va jumlalarning aniq, ravshan
talaffuzini shakllantirish, ya’ni ravon gapirishni tarbiyalash.
7. O‘zbek adabiy tilining orfoepiya qoidalari (talablari)
asosida so‘zlar talaffuzini rivojlantirish.
8. Nutqning odatdagi (normal) tempini shakllantirish, ya’ni
so‘z va jumlalarni o‘rtacha tempda (nutqni tezlatmay ham,
sekinlashtirmay ham) tinglovchilarga uni aniq idrok qilishlari
uchun imkoniyat yaratgan holda gapirishga o‘rgatish.
9. Nutqning intonatsion ifodaliligini tarbiyalash, ya’ni
mantiqiy pauza, urg‘u, xushohanglik, temp, ritm va tembr
yordamida his-tuyg‘ularini va kayfiyatini, fikrlarini aniq ifodalash qobiliyatini tarbiyalash. Tarbiyachi nutqning asosiy buzilishlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Masalan, duduqlanish, ming‘irlab (manqalanib) gapirish. Bu tarbiyachilarga nutq buzilishini ogohlantirish va uning oldini olish, bolani mutaxassis – logopedga yuborishlari uchun zarurdir. “Bolalar bog‘chasida ta’lim-tarbiya dasturi”da yuqorida bayon etilgan vazifalar har bir yosh guruhida ularning yoshi va ruhiy holatlarini hisobga olgan holda bayon etilgan
XULOSA
Nafaqat o‘zbek tilshunosligi, balki jahon tilshunosligida lug‘atlar dastlab maktablar uchun yaratilgan o‘quv qo‘llanmalari hisoblangan, ya’ni ilk lug‘at namunalari aslida maktab uchun yaratilgan ibtidoiy o‘quv qo‘llanmalari bo‘lgan. Keyinchalik lug‘atchilik rivoji bilan ularning qamrovi kengaygan.
Bugungi zamonning murakkab manzarasi ta’lim oldida ham qator muammolarni keltirib chiqardi. Axborot manbalari shu qadar rang-barang va takomillashganki, ta’lim jarayonida o‘qituvchi eng qulay, eng zamonaviy, eng qiziqarli, eng oson usul bilan ma’lumotni yetkazmasa, ko‘zlangan natijaga erishishi qiyin.
Globallashuv davri, texnika asrida o‘quvchining diqqatini jalb qilish oson kechmaydi. Shu bois jahon tilshunosligida leksikografiyaning o‘quv lug‘atchiligi tarmog‘i eng rivojlangan sohaga aylandi.
Ta’limiy maktab lug‘atlari o‘quvchining yoshi, qiziqishi, dunyoqarashiga mos tuzilib, e’tiborini o‘ziga jalb qila oladi, u kerakli ma’lumotni tez va qulay topish vositasi hisoblanadi.
Shuningdek, u o‘quvchining doimo yonida bo‘la oladigan beminnat yordamchisi, so‘z zahirasini boyitadigan manba, to‘g‘ri yozish, to‘g‘ri talaffuz, so‘z tanlash mahoratini oshiradigan bebaho xazinadir. Lug‘at beradigan yordamni o‘quvchi ota-onasi, o‘qituvchisi va boshqa kishisidan ham olishi mumkin, biroq ularning hech qaysisi bolaning lug‘atchalik boy doimiy hamrohi bo‘la olmaydi.
Ona tili ta’limida o‘quvchining lug‘at boyligi, so‘z zahirasini tekshirish, imlo, badiiy asarlarda qo‘llangan tarixiy so‘zlar, dialektizmlar va shunga o‘xshash tilimizda mavjud leksemalardan xabardorlik darajasi, umuman, nafaqat yozma, balki og‘zaki savodxonligini aniqlash bosh mezonlardan hisoblanadi. O‘z va o‘zlashma qatlamga mansub shakldosh so‘zlarni ajratish (palata, palla, oqibat, rasta, banda, sandal, pilla va h.), ular orasidagi ko‘chma ma’nolarga ega bo‘lgan shakldosh-ko‘p ma’noli so‘zlarni farqlash (kech, palla, band, pand, oqlamoq, bitmoq), talaffuzdosh so‘zlarni yozuvda va talaffuzda farqlash (nufuz-nufus, yod-
yot, bod-bot), ma’nodosh so‘zlardagi ma’no nozikliklarini aniqlash, juftliklardagi imlosi buzilgan qismni topish (aksiz-aksis, xat-hat, Damas-Damaz) va boshqa shu kabi topshiriqlarni bajarish samaradorligi o‘quvchining o‘z ona tilisi lug‘at boyligini qay darajada o‘zlashtirgani, o‘z ustida mustaqil ishlashi bilan belgilanadi. Bunda esa unga axborot banklari – lug‘atlar yordamga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |