67 rusda soatlar minut (chases) va sekundlarga bo'lingan. Bir soat 60 «chases»ga, har bir «chases»
esa 47-60 sekundga bo'lingan.
Kiyev Rusida Rim kalendari mashhur bo‘lgan. Ular Yulian kalendarini qabul qilgunga
qadar Oy-quyosh kalendaridan foydalanganlar. Qadimgi Rus solnoma, yilnomalarining
yozilishida Konstantinopol patriarxi Nikifor (758-828)ning mehnati beqiyos. Uning
«Xronografika» asarida jahon tarixidagi asosiy voqealarning xronologik jadvali berilgan.
46
Rossiyada XVII asrda Pyotr I ning kalendar islohoti yilni hisoblashda katta ahamiyat kasb
etdi. Pyotr I 19-dekabr 7208 (1699)-yilda kalendarni isloh qilish to'g'risida farmon berdi. Unda
yilning va eraning boshi masalalari ko'riladi. Natijada, Rossiyada yilning boshi birinchi yanvar
qilib belgilanadi va «Isoning tug'ilishi» erasi qabul qilinadi. Pyotr I 1699-yil 20-dekabrda «Yangi
yilni nishonlash» to'g'risida farmon beradi. Farmonga ko'ra, Yangi yil tantanali ravishda
nishonlanishi zarur edi. Shu kundan boshlab, Rossiyada birinchi yanvarni Yangi yil sifatida
bayram qilishadigan bo'ldi. Archa esa uning ramziga aylandi.
Rossiyani XVIII asrgacha Yulian kalendari to'liq qanoatlantirardi. Lekin XIX asr
boshlariga kelib, G'arbiy Evropa davlatlari bilan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarning
rivojlanishi yagona umumevropa kalendari bo'lgan Grigoriy kalendarini qabul qilish zaruratini
yuzaga keltirdi.
XIX asrda Grigoriy kalendarini qabul qilishga bir necha bor urinib ko'rildi. XIX asrning
20-yillari oxirida Fanlar Akademiyasida maxsus guruh shu masalani tahlil qilib chiqdi va
Rossiyada Grigoriy kalendarini qabul qilish zarur degan xulosaga kelindi. Ammo Fanlar
Akademiyasining bu taklifi Xalq ta'limi vaziri knyaz K.A. Livenning qarshiligiga uchradi. K.A
Livenni podsho qo'llab-quvvatlaydi va Yulian kalendarini isloh qilish masalasi qolib ketdi. 1860-
yilda Rossiya hukumatiga Berlin astronomlar jamiyati murojaat qilib, Grigoriy kalendarini qabul
qilishga chaqiradi. Endi bunga cherkov qattiq qarshilik qiladi. Cherkov Grigoriy kalendarini
«lotin bid'ati» hisoblardi. Kalendar masalasi 1863-yilda yana Xalqaro Statistik Kengashda ko'rib
chiqiladi. Ular Rossiyaga Grigoriy kalendarini emas, balki Derpt (Tartu) universiteti professori
astronom I.G. Medler (1794-1874) kalendarini taklif qiladi. Lekin ushbu yangi variantdagi
kalendarni qabul qilishga qarshi kompaniya keng avj olib ketadi. Matbuot va cherkov bunga
boshchilik qiladi. Natijada mazkur loyiha Run tartibidan chiqarib tashlanadi.
Yulian kalendarini isloh qilish masalasi XIX asr oxirlariga kelib yana ko'tariladi. 1899
yilda Rus Astronomlar! Jamiyatida maxsus guruh tropik yilga mos keladigan yangi kalendar
ustida ish olib boradi. Mazkur guruhda mashhur rus olimi kimyogar D.I. Mendeleyev faol
ishtirok etadi. Lekin, bu gal ham kalendar islohoti amaiga oshirilmay qoladi va Rossiyada 1918-
yilgacha Yulian kalendari amalda bo'ldi.