29
Savol va topshiriqlar
1.Qadimgi Rimdagi bozor va bayram kunlari to'g'risida ma'lumot berib o'ting.
2.Qadimgi Rim kalendarlari to'g'risidagi rimlik mutafakkirlar qanday fikrlar bildirgan?
3.Qadimgi Rim kalendarlarida qaysi guruh kalendarlarining xususiyati ko'proq seziladi?
QO'SHIMCHA O'QISH UCHUN
Yilning aylanishi
Bir yil uch yuz oltmish besh kundan iborat. Ular 12 oy: yanvar, fevral, mart, aprel, may,
iyun, iyul, avgust, sentabr, oktabr, noyabr va dekabrga bo'linadi. Yanvar 31 kunni, fevral - 29,
mart - 31, aprel - 30, may - 31, iyun - 30, iyul - 31, avgust - 31, sentabr - 30, oktabr - 31, noyabr
- 30, dekabr - 31 kunni o'z ichiga oladi. Fevral 28 kundan iborat, biroq har to'rt yiIda bir kunga
ko'payadi. Bu to'rtinchi yilni kabisa yili deb ataymiz.
Kabisa yilda fevral 29 kundan tashkil topadi. Nega bir yil 365 kundan iborat? Bunga sabab Yer
bir yilda Quyosh atrofini to'liq aylanib chiqadi. Bu vaqt qariyb 365 kunni o'z ichiga oladi. Biz
«qariyb» 365 kun dedik, nega endi aniq 365 kun emas? Vaholanki, Yer sayyorasi Quyosh
atrofini 365 - kunda (uch yuz oltmish besh kun olti soatda aylanib chiqadi. Bir oy davomida Oy
sayyorasi Yerni bir marta aylanib chiqadi. Oy aslini olganda 29- (yigirma to'qqiz vayarim)
kunda Yerni aylanib chiqadi. Shu tariqa Oy aylanishi bizning Kalendarlardagi oylarimizga mos
kelmaydi. Oy aylanishini hisobga olmasdan, yilni 12 qismga bo'lishgan. Qizig'i shundaki, 365
kunni ham aniq qoldiqsiz 12 qismga bo'lishning iloji yo'q. Buning uchun kabisa yillari o'ylab
topilgan bo'lib, old oyni 30 кип, yana olti oyni esa 31 kunga bo'lish mumkin. Maskur tartib
dastlab amalda bo'lgan. Nega endi bu tartibning hozirga qadar amalda emasligining sababi -
oddiy ahmoqona harakatdan iborat bir tarixiy voqea. Oylarning inglizcha nomlanishi Rimliklar
nomlaridan kirib kelgan. Rim imperatori Yuliy Sezar yilning olti oyini 31 kunga, yana qolgan
olti oyini esa 30 kunga qat'iy bo'lgan. Har ikki oy 30 kundan iborat etib belgilangan. Yuliy Sezar
bitta oyni o'z nomini abadiylashtirish sharafiga qo'ygan bo'lib, и hozirgacha iyul, ya'ni Yuliy
(Julius) oyi deb atab kelinadi.
Keyingi Rim imperatori Avgustos bo'lgan. U bir oyning Yuliy sharafiga atalishini aytib,
yana bir oyga o'z nomini abadiylashtirishga farmon beradi. Shu tariqa iyuldan keyingi oy Avgust
deb nomlana boshladi. So'ngra Rim imperatori Avgustos iyul oyi 31 кип, o'zining nomiga
qo'yilgan avgust esa 30 kundan iborat ekanligini bilgach, fevral oyidan bir kunni olib, o'z oyi
avgustga qo'shib qo'yadi. Shundan fevral 28-29 kundan, avgust esa 31 kundan iborat bo'lib
qolgan. Kevin Avgustos sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oylaridagi kunlarni ham o'zgartirdi.
Rim imperatori Avgustos shu tariqa Yuliy Sezarning oson va oddiy Kalendar tartibini buzgan».
Do'stlaringiz bilan baham: |