Kalipp sikli. Eramizdan avvalgi IV asrda grek olimi Kalipp Meton siklini isloh qildi. U
oy-quyosh kalendarining yangi variantini taklif qildi. Kalipp 4 ta Meton siklida, ya'ni 76 Quyosh
yilidan bir kun qisqartirib, yangi siklni tuzdi. Unda 76 Quyosh yili 27760 (6940· 4=27760) kunni
27759 kun qilib olinadi.
Gipparx sikli. U eramizdan avvalgi II asrda yashagan grek olimi Gipparx tomonidan
tuzilgan. U 4 ta Kalipp siklidan, ya'ni 304 (76·4=304) yildan bir sutkani qisqartirishni taklif
qiladi.
Gipparx sikli biror-bir kalendarda qo'llanilmagan. Kalipp sikli faqatgina grek astronomlari
tomonidan ishlatilgan. Oy-quyosh kalendarida 8 yillik Kleostat va 19 yillik Meton sikllari keng
tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |