Batafsil bayon etilgan



Download 1,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/189
Sana30.12.2021
Hajmi1,65 Mb.
#98205
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   189
Bog'liq
xronologiya va metorologiy

 

Rus akademigi I.Y.Krachkovskiy so‗zi bilan aytganda, Beruniyning bilgan narsalaridan ko‘ra bilmagan 
sohalarni sanab chiqish  osonroqdir. 
Beruniy  973  yil  4-sentabrda  (Hijriy  362  yili  3  zulxijjada  janubiy  Xorazmning  Kat  (Hozirgi 
Beruniy shahrida tug‘ilgan. Yoshligidan ilm-fanga qiziqish qobiliyati kuchli bo‗lib, o‗z zamonasining 
mashxur olimi, o‗sha davrda ―Ptolomey‖ laqabini olgan Abu Nasr Mansur ibn Iroq qo‗lida ta‘lim oladi. 
1004  -  yildan  boshlab  Gurganchda  ―Dorul  hikma  va  maorif‖  nomini  olgan  ilmiy  muassasa  to‗la 
shakllanib,  Beruniy  bu  akademiyada  1017- yilgacha  ishlagan.  Abu   Rayxon  Beruniy 152 ta asar 
yozgan, shulardan 30 tasi bizgacha yetib kelgan. 
1017 yilda Xorazm saltanati Maxmud G‘aznaviy tomonidan zabt etilgach, Ma‘mun akademiyasi 
tarqatilib, Beruniy bir qancha olimlar bilan G‘azna shahriga olib ketiladi. U umrining oxirigacha  shu 
yerda yashab ijod qiladi va 1048 yil 13 dekabr (hijriy 440 yil 3 rajab oyi da shu yerda vafot etadi. 
Abu  Rayxon  Beruniyning  birinchi  yirik  asari  ―Qadimgi  xalqlardan  qolgan  yodgorliklar‖ 
kitobidir.  Asarning  arabcha  nomi  ―Al  osor  al-boqiya  an  al-qurun  al-xoliya‖  bo‗lib,  Yevropada 
―Xronologiya‖, o‗zbek sharqshunosligida ―Osor al-boqiya‖ nomi bilan mashxurdir. Beruniy bu asarni 
27  yoshida  1000  yilda  yozib tamomlagan.  Asar  arab tilida  yozilgan bo‗lib, bu kitobni birinchi marta 
Yevropaga tanishtirgan, 1879 yili ingliz tiliga tarjima qilgan kishi mashxur nemis olimi Eduard Zaxau 
(1845-1930y)  edi.  ―Yodgorliklar‖  deb  ham  atalgan  ushbu  asarda  Beruniy  o‗ziga  ma‘lum  bo‗lgan 
xalqlarning:  yunonlar,  rimliklar,  eroniylar,  so‗g‘diylar,  xorazmliklar,  harroniylar  (yulduzga 
topinuvchilar,  qibtiylar  (misrliklar,  xristianlar,  yaxudiylar,  islomgacha  bo‗lgan  arablar  va 
musulmonlarning  yil  hisoblari,  xayitlari  va  mashxur  kishilarini  mufassal  tasvirlab  beradi.  Asarda 
astronomiya  va  matematikaning  ko‗p  masalalari  yoritib  berilgan.  Beruniy  musulmon  olimlari  ichida 
birinchi  marta  yaxudiylar  kalendari  haqida  ham  ma‘lumot  beradi.  ―Osor  al  -boqiya‖  chulg‘ab  olgan 
masalalar bular bilan chegaralanib qolmaydi. Unda juda ko‗p tarixiy voqealar, turli millat va dinlarga 
oid muhim ma‘lumotlar, payg‘ambarlar va soxta payg‘ambarlar, podshoxlar, mashxur tarixiy shaxslar 
va olimlar haqida ma‘lumotlar berilgan.  
Abu Rayhon Beruniy Misr kalendariga ham to'xtalib o'tgan. U Misr kalendaridagi eski va 
yangi  oy  nomlarini  o'z  asarida  berib  o'tadi.  Misrliklar  qo'shimcha  besh  kunni  «abag'amno» 
(kichik  oy),  kabisali  yilni  esa  «anqnaqt»  (alomat)  deb  ataganlar.  Qo'shimcha  kun  so'nggi 
«musriy»  oyining  oxiriga  qo'shilgan.  Abu  Rayhon  Beruniy  «Shorn  mamlakati»  (Suriya) 
kalendaridagi o'n ikki oy nomlari va to'rt yilda bir marta beshinchi (shubat) oyga bir kun qo'shib 
hisoblashlari  haqida  yozadi.  Bu  manbaga  ko'ra  «Shorn  mamlakati»  kalendaridagi  oy  nomlari 
keng tarqalgan, hatto arablar ham «dala ishlariga tegishli vaqtlarni» shu oylar bilan belgilar ekan. 
 ―Osor  al-boqiya‖da  ham  har  xil  davrda  hukm  surgan  turli  podshoxliklar  va  sulolalarning  juda 
ko‗p  jadvallari  kiritilgan:  makedoniyalik  batlimuslar  (ptolomeylar,  rum,  xristian,  qadimgi  eron, 
sosoniylar  sulolasi  podshoxlari,  arab  xalifalari  (ummaviylar  va  abbosiylar  kabi.  Mazkur  jadvallar 
shunday  aniq  manbalardan  olinganki,  podshoxlarning  hukmronlik  qilgan  davrlari  deyarli  to‗g‘ri 
ko‗rsatilib,  ular  boshqa  tarixiy  kitoblar  bilan  solishtirish  natijasida  to‗la  isbot  etilgan.  Beruniy  o‗z 
asarida  turli  xalqlardagi  yil  hisoblari,  ularning  urf-odatlari  ustida  to‗xtar  ekan,  O‗rta  Osiyo  xalqlari 
madaniyatini vuqori qo‗yadi. 
 ―Qadimgi  xalqlardan  qolgan  yodgorliklar‖  asaridan  turkiy  xalqlar  o‗n  ikki  hayvon  nomi  bilan 
ataluvchi  muchal  kalendari  va  ularning  nomlari  haqida  ham  ma‘lumot  olish  mumkin.  Beruniy  Misr 
kalendariga ham to‗xtalib o‗tib, kalendardagi eski va yangi oy nomlarini o‗z asarida ta‘kidlab o‗tadi. 
Misrliklar qo‗shimcha besh kunni  ―abag‗amno‖  (kichik oy,  kabisali  yilni  esa ―anqnaqt‖ (alomat deb 
ataganlar.  Qo‗shimcha  kun  so‗ngi  ―musriy‖  oyining  oxiriga  qo‗shilgan.  Beruniy  ―Shom  mamlakati‖ 
(Suriya  kalendaridagi  o‗n  ikki  oy  nomlari  va  to‗rt  yilda  bir  marta  beshinchi  (shubat  oyga  bir  kun 
qo‗shib hisoblashlari haqida yozadi. Bu manbaga ko‗ra ―Shom mamlakati‖ kalendaridagi oy nomlari 
keng tarqalgan, hatto arablar ham ―dala ishlariga tegishli vaqtlarni‖ shu oylar bilan belgilar ekan. 
―Osor al-boqiya‖ni 1957 yilda arabshunos olim M.A.Sal‘e birinchi marta rus tiliga tarjima qiladi. 
Abu  Rayhon  Beruniy  ―Qonuni  Mas‘udiy‖  asarida  qadimgi  arab  kalendaridagi  o‗n  ikkita  oy 
nomini keltiradi, lekin ularning faqat ikkitasining lug‗aviy ma‘nosini berib o‗tadi. ―Qadimgi xalqlardan 
qolgan yodgorliklar‖da zamonaviy arab kalendaridagi o‗n ikkita oy va yetti hafta kunining nomi va o‗z 
ta‘riflari ham keltiriladi. Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, arablar yahudiylardan yilga qo‗shimcha 



Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish