Ahmad al-Farg'oniy. Ahmad al-Farg'oniy ilmi-hay'at (falakiyotshunoslik - astronomiya,
riyoziyot - matematika) va jo'g'rofiya (geografiya) fanlari bilan shug'ullandi hamda qator ilmiy
asarlar yozib qoldirdi. Ahmad al-Farg'oniy al-Ma'mun topshirig'iga binoan Damashqdagi
rasadxonada osmon jismlari harakati va ularni aniqlash, yangicha «zij» yaratish ishlariga
rahbarlik qildi.
Ahmad al-Farg'oniyning «Kitob al-harakat as-samoviya va javomi' ilm an-nujum»
(Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi) asari astronomik asar hisoblanadi. Bu asar
«Astronomiya asoslari haqidagi kitob» nomi bilan ma'lum bo'lib, 1145-1175-уillardan
Yevropada lotin tiliga tarjima etilgan. Olim «Alfraganus» nomi bilan G'arbda shuhrat topadi.
Uning mazkur asaridan asrlar davomida Yevropa universitetlarida asosiy darslik sifatida
foydalanilgan, chunki bu kitob zamonasining astronomiya haqidagi eng muhim va zarur bo'lgan
bilimlarini o'z ichiga olgan edi. Ahmad al-Farg'oniyning «Yerdagi ma'lum mamlakatlar va
shaharlarning nomlari va har bir iqlimdagi hodisalar haqida» asari ham mashhur. Asarda Yerning
yumaloqligi, bir xil osmon yoritqichlarining turli vaqtda ko'tarilishi, tutilishi va bu tutilishlar har
bir joyda turlicha ko'rinishi, masofalar o'zgarishi bilan ularning ko'rinishi ham o'zgarishi haqida
qimmatli mulohazalar bildiriladi.
Ahmad al-Farg‗oniy falakiyotshunoslik-astronomiya, riyoziyot-matematika va geografiya
fanlari bilan shug‗ullandi hamda qator ilmiy asarlar yozib qoldirdi. Ahmad al-Farg‗oniy al-Ma‘mun
topshirig‗iga binoan Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va ularni aniqlash, yangicha
―zij‖ yaratish ishlariga rahbarlik qildi. Ahmad al-Farg‗oniyning ―Kitob al-harakat as-samoviya va
javomi‘ ilm an-nujum‖ (Samoviy harakatlar va umumiy ilmi kitobi asari astronomik asar hisoblanadi.
Bu asar astronomiya asoslari haqidagi kitob nomi bilan ma‘lum bo‗lib, 1145-1175 yillardan Yevropada
lotin tiliga tarjima etilgan. Olim ―Alfraganus‖ nomi bilan G‗arbda shuhrat topadi. Uning mazkur
asaridan asrlar davomida Yevropa universitetlarida asosiy darslik sifatida foydalanilgan, chunki bu
kitob zamonasining astronomiya haqidagi eng muhim zarur bo‗lgan bilimlarini o‗z ichiga olgan edi.
Ahmad al-Farg‗oniyning ―Yerdagi ma‘lum mamlakatlar va shaharlarning nomlari va har bir iqlimdagi
xodisalar haqida‖ asari ham mashhur. Asarda Yerni dumaloqligi, bir xil osmon yoritgichlarining turli
vaqtda ko‘rinishi, tutilishi va bu tutilishlar har bir joyda turlicha ko‗rinish, masofalar o‗zgarishi bilan
ularning ko‗rinishi ham o‗zgarishi haqida qimmatli mulohazalar bildiriladi. Ahmad al-Farg‗oniyning
‖Quyosh soatini yasash haqida kitob‖ asari ham o'lchovshunoslik sohasining rivojlarishiga
munosib hissa qo'shgan.
Abu Rayxon Beruniy Xronologiya fani rivojiga katta hissa qo‗shgan o‗rta asrning buyuk
olimlaridan biridir. Beruniy o‗z zamonasining hamma fanlarini egallagan buyuk ensiklopedist olim.
1
Muhammad Muso al - Xorazmiy. Tanlangan asarlar. T., 1983. 171-221-betlar.
2
Al - Xorazmiy muzeyi. Urganch. 2001. 17-bet.