Mavzu.
Mayyalar va slavyan xalqlari kalendarlari
Reja:
1. Slavyan xalqlari kalendarlari.
2. Mayyalarda yil hisobi.
Slavyan xalqlari kalendarlari.
Bizgacha slavyanlar kalendarlari haqida aniq
ma'iumotlar yetib kelmagan bo'lsa-da, ular qadimdan yilni fasllarga ko'ra hisoblashgani
to'g‘risida ba'zi ma'lumotlar saqlanib qolgan. Slavyanlarda an‘anaviy urf-odatlarga ko'ra tuzilgan
kalendarlar asosida amalga oshirganlar. Bu bayramlar xristian dinini qabul qilinganidan so'ng
ham saqlanib qoldi. Shunday bayramlardan bahorning kirib kelishi bilan «maslennitsa»,
«kupala» (Quyoshning yozgi tik turishi davrida) «kolyada» (Quyoshning qishki tik turishi
davrida)lar nishonlangan.
XVI-XVII asrlarda yil to'rt faslga bo'lib hisoblangan. 25-martdan 24-iyungacha bahor,
25-iyundan 24-sentabrgacha yoz, 25-sentabrdan 24-dekabrgacha kuz, 25-dekabrdan 24-
martgacha qish hisoblangan. Slavyanlar yillarni oylarga bo'lganlar va turli hududlarda oylarni
turlicha ataganlar. Bu oy nomlari bugungi kungacha zamonaviy ukrain, belorus tillarda saqlanib
qolgan. Mart - «berezozol» qayinning gullashi, «sokovik» (qayinning sok qilish vaqti) deb
atalgan. Aprei - «sveten» (gullash davri) deb, may - «traven» (o'tlarning ko'm-ko'k bo'lgan
davri), iyun - «cherven» (gilosning pishishi). iyul - «lipes» O'o'ka daraxtining gullashi), avgust -
«serpen» (o'rim vaqti). sentabr - «veresen» (archagulning gullashi), oktabr - listopad
(xazonrezgi), noyabr - «gruden» (yerning muzlashi), dekabr - «studen» (ayoz, sovuq), yanvar -
«prosinez» (qishning bulutli kunlaridan so'nggi tiniq osmon), fevral - «lyutiy» (qahraton, sovuq),
snejen - (qalin qor) deb nomlangan.
Slavyanlarda kalendar yilini astronomik yilga to'g'rilash maqsadida o'n uchinchi
qo'shimcha oydan ham foydalanilgan. Qo'shimcha o'n uchinchi oyni o'n to'qqiz yillik yillik
siklga ko'ra hisoblaganlar. Ba'zi vaqtlarda o'n uchinchi oyni hisoblashda chalkashliklar yuzaga
kelgan. Shuning uchun xalq o'n uch soni (hozirgi kungacha)dan bezib qolgan.
X asr oxirlarida Rusga xristian dini bilan birga Yulian kalendari ham kirib keldi.
Shuningdek, Rusda birinchi marta Rim kalendari oy nomlari va yetti kunlik haftadan ham
foydalanila boshlandi. Rusga xristianlikning kirib kelishi natijasida Qadimgi Rus erasi
tushunchasi ham ishlatila boshlandi. Ular Vizantiya variantidagi «dunyoning paydo bo'lishi»
Do'stlaringiz bilan baham: |