Batafsil bayon etilgan



Download 1,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/194
Sana13.01.2022
Hajmi1,65 Mb.
#357446
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   194
Bog'liq
xronologiya va metorologiy

 Abu Rayhon Beruniy. 
Tanlangan asarlar. I jild. - Т.: «Fan». 1968. 304-309-b 
                         Mavzu.
 
Sharqiy Osiyo mamlakatlari kalendarlari.
 
Reja:
 
1.  Xitoy kalendari.
 
2.  Sharqiy  Osiyo  mamlakatlari kalendarlaridagi  oltmish yillik sikl.
 
Xitoy  kalendari. 
Xitoy,  Misr,  Bobil  va  Hindistonda  astronomiya  fani  salkam  bir  vaqtda 
paydo  bo‘lgan.  Insonlarning  ehtiyojidan  kelib  chiqib,  bu  fan  taraqqiy  etgan.  «Shuszin»  (Tarix 
kitobi)  nomli  tarixiy  kitobda  ma'lumot  berilishicha,  Xitoy  kohinlari  Quyoshning  qachon 
tutilishini oldindan ayta olgan. Bu ularning asosiy vazifalaridan biri edi. 
       Eramizdan  avvalgi  360-yilda  xitoyliklar  birinchi  yulduz  katalogini  tuzib  chiqadi.  Qadimgi 
Xitoy  fanining  asosiy  yutuqlaridan  biri  ularning  tuzgan  kalendaridir.  Bir  qancha  Xitoy 
solnomalari, arxeologik  ma'lumotlarga ko'ra Shan-In sulolasi  davri  (er.avv. XVIII-XII  asrlar)da 
yilning uzunligi 365 kun qilib belgilansada, oylar 29-30 kundan iborat 12 oydan tashkil topgan. 
Vaqti-vaqti bilan qo'shimcha oylar joriy qilingan. Ular osmon jismlarini kuzatishi natijasida Oy 
oylarini  29,5,  Quyosh  yilini  365,25  sutka  ekanligini  hisoblaganlar.  Xitoyda  asosan  Oy-quyosh 
kalendaridan  foydalanilgan. Oy-quyosh kalendari asosida tuzilgan Xitoy  yilida bir  yil 29 va 30 
kunlik  12  oy,  ya'ni  354  kundan  iborat  bo'lgan.  Quyosh  yili  Oy  yilidan  10  kun  21  soat  uzun 
bo'lgani uchun. o'n to'qqiz yilda yetti marta qo'shimcha o'n uchinchi oy qo'shilgan:  12 yil·12 oy 
+ 7 yil·13 oy=235 yil. 
O'n  to'qqiz  yilning  uchinchi,  oltinchi,  sakkizinchi,  o'n  birinchi,  o'n  to'rtinchi,  o'n  oltinchi, 
o'n  to'qqizinchi  yillarida  qo'shimcha  oylar  bo'lgan.  Shuningdek,  qo'shimcha  oylar  Quyoshning 
qishki  tik  turishidan  keyin  kelgan.  Kalendar  oylari  hiloldan  boshlangan.  Oylarning  maxsus 
nomlari  bo'lmagan.  Ular  tartib  raqami  bilan  (birichi,  ikkinchi,  uchinchi)  nomlangan.  Bir  oy  10 
kunlik davr (hafta)ga bo'lingan va oyning birinchi, o'n birinchi, yigirma birinchi kunlari maxsus 
ierogliflar bilan belgilangan va dam olish kuni hisoblangan.  
«Chjuan-yuy li» nomli kalendar qadimgi kalendarlardan biri hisoblanadi. U mukammalligi 
jihatidan yarim asr keyin yaratilgan Yulian kalendari bilan bahslasha olardi. Xitoyda Sin sulolasi 
(er.avv.  246-201)  davrida  yigirma  to'rt  mavsumga  bo'lingan  qishloq  xo'jaligi  kalendari  ishlab 
chiqilgan.  Unda  yillarni,  mavsumlarni  Oy  harakatiga  ko'ra  bo'lishgan.  Dehqonlar  shu 
kalendardan  urug'  ekish,  hosil  yig'ish  va  boshqa  qishloq  xo'jaligi  ishlarida  foydalanishgan. 
Bunday kalendarlardan bugungi kunda ham dehqonlar foydalanishadi. 
Eramizdan  avvalgi  104-yilda  kalendar  islohoti  o'tkaziladi  va  «Tay-chu-li»,  keyinchalik, 
«Santun» nomini olgan kalendar qabul qilinadi. Kalendar mualliflari tropik yilining uzunligini, 
har  bir  qishloq  xo'jaligi  mavsumining  boshlanish  vaqtini  va  sinodik  oyning  uzunligini  aniq 
hisoblab chiqishgan. Ular bir oyni 29,4381, ya'ni 29,530864 sutka hisoblaganlar. Bu zamonaviy 
hisobdan 24 sekund farq qilgan. Santun kalendaridan ikki asr davomida foydalaniladi. Kalendar 
nazariyasi  ustida  astronom  va  matematik  Szu  Chun-chji  ishlagan.  U  Santun  kalendaridagi 
kamchiliklarni bartaraf qiladi. 
Xitoyda original kalendarlardan biri oltmish yillik davriy kalendar hisoblanadi. Oltmish 
yillik davriy kalendar eramizdan avvalgi 3-2 ming yillikda qabul qilingan. Mazkur kalendar 
Xitoydan tashqari Yaponiya, Koreya, Mo'g'ulistonda keng tarqalgan.  
 



Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish