Kleostat sikli.
Eramizdan avvalgi VI asrda yashagan grek astronomi Kleostat nomiga
qo'yilgan. Bu siklning yana bir boshqa nomi «oktaeterida» (sakkizlik)dir. Kleostat uni
quyidagicha tuzadi. Oy yili Quyosh yilidan har yili 11,25 sutka oldinga o'tib ketadi (chunki oy
yili 354, quyosh yili 365,25 sutkaga teng). Bu farq esa 8 yilda 90 kunga (11,25·8 = 90) yetadi.
Demak, 8 oy yiliga uchta 30 kunlik embolistik oy qo'shish zarur.
Darhaqiqat, 8 Quyosh yili 2922 (365,25·8 = 2922) sutkani tashkil qiladi. Agar, 8 oy yilidan
beshtasini oddiy uch yilini embolistik oy qiladigan bo'lsak, 354·5+384·3 = 2922 kunga teng
bo'ladi. 8 Oy yili 99 Oy oyiga teng bo'lishi lozim: 48 ta «to'liq bo'lrnagan» va 51 ta «to‘liq»
oyga. Demak, 8 yilning 2, 5, 8-yillariga embolistik oy qo'shish mumkin. Lekin, Kleostat siklida
xatolar yil sayin to'planib boradi. 8 Yulian yili 2922 sutka, 99 sinodik oy 2922 kunga emas, balki
2923,53 kunga tengdir. Kleo stat
siklida kalendar bilan yangi Oyning ko'rinishi orasidagi farq 1,53 sutkaga (2923,52841-2922 =
1,52841) tengdir. Shunday qilib, Kleostat siklida Oy kalendari orqada qolib ketadi. U yangi Oy
chiqmasdan tugaydi. Bu sakkiz yilda 1,53 sutka, o'n olti yilda esa uch sutkani tashkil qiladi.
Meton sikli.
Kleostat siklidagi xatoni eramizdan avvalgi V asrda qadimgi grek olimi
Meton aniqlagan. Meton bu xatoni yo'qotish maqsadida 19 yildan tashkil topgan yangi siklni
ishlab chiqadi. U 19 yilda 7 embolistik yil (235 Oy oyi, uning 110 oyi «to'liq bo'lmagan», 125
tasi «to'liq»)dan tashkil topgan. 19 Quyosh yili 6939,75 (365,25· 19=6939,75) taxminan 6940
sutkadan iborat. 19 Quyosh yilini oy kalendariga moslashtirish maqsadida oxirgi yetti yilni
embolistik, to'rt yilni kabisa yili qilish kerak. (354 kun x
12 yil+384 kun x 7 yil+4 kun=6940
kun).
Meton siklida 3, 6, 8, 11, 14, 17, 19-yillar embolistik, 3. 8, 11, 19-yillar kabisa yili qilib
belgilanadi. Lekin Meton sikli ham juda aniq va mukammal chiqmadi. Unda 19 Yulian yili 6940
kun qilib olingan. Aslida esa u 6935,75 kunga tengdir. Siklda 19 yilda 0,25 sutka, ya'ni 4 siklda
bir sutka farq yuzaga keladi.
235 Oy oyi 6940 sutkaga emas, balki 6939,7 (29,53050-235= 6939,68865) sutkaga tengdir
(6940-6939,68865=0,31135). Bu esa 4 siklda bir (0,3·4=1,2) kunni tashkil qiladi.
Kalipp sikli.
Eramizdan avvalgi IV asrda grek olimi Kalipp Meton siklini isloh qildi. U
oy-quyosh kalendarining yangi variantini taklif qildi. Kalipp 4 ta Meton siklida, ya'ni 76 Quyosh
yilidan bir kun qisqartirib, yangi siklni tuzdi. Unda 76 Quyosh yili 27760 (6940· 4=27760) kunni
27759 kun qilib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |