64
ufqning sharqi va g'arbida osmon o'rtasidagidan kattaroq ko'rinadi. Lekin bu Oy shu joylarda
osmon o'rtasidagidan bizga yaqinroq bo'lgani uchun emas, balki Yerdan ko'tarilayotgan
bug'lanish bizning ko'zimiz bilan ufq orasida turib qolgani uchundir. Ularni biz sovuq kunlarda
yomg'ir tufayli, bahor havosida, namlik katta bo'lganda, qish kunlarida kattaroq ko'ramiz.
Shunday kunlarda Quyosh va Oy chiqish va botish oldidan juda katta bo'lib ko'rinadi. Xuddi shu
singari odam toza suvning qa'rida bir or narsani ko'rsa, и narsaning haqiqiy shakldidan katta
ko'radi».
Keltirilgan iqtibosdan ko'rinib turibdiki, Al-Farg'only juda sodda usul bilan osmonning
kurra shaklida ekanligini isbotlay olgan va bunga o'z zamondoshlarini ham ishontirgan.
Qur'onda Yer (ard) haqida ham ko'p marta eslatiladi va, odatda, «as-samovot val-ard»
(«osmonlar va yer») degan ibora ishlatiladi. Yer shakli haqida ham Qur'onda aniq tasavvur
mavjud. «Nuh» surasining 19-oyatida: «Alloh ja'ala lakum al-arda bisatan» deb, Yer gilamga
(«bisat») o'xshatiladi. «Baqara» surasining 22-oyatida: «Al-lazi ja'ala lakum al-arda firoshan»
deb, uni to'shakka («firosh») o'xshatilgan. «Naba'» surasining 6-oyatida ham «Alam naj'al al-
arda mihodan» deb. yana Yer ko'rpachaga («mihod») o'xshatilgan. Bu oyatlarning hammasida
Yerning tekis ekanligiga shama qilinayotganligi aniq ko'rinayapti. Shunisi ajablanarliki,
Qur'onda shunchalik aniq aytilgan bu fikr islom mamlakatlarida geografiyaning rivojlanishiga
to'sqinlik qilmadi. Aksincha, bu va boshqa oyatlar payg'ambarning ilmga
undovchi hadislari
bilan birga islom astronomlari va geograflarining haqiqat uzra yo'naltirdi, ularga bu
yo'nalishda katta turtki berdi.
Al-Farg'oniy o'z asarining uchinchi bobini to'g'ridan-to'g'ri «Yerning quruqlik va dengizga
tegishli hamma qismlari bilan birgalikda kurra shaklida ekanligi haqida» deb ataydi va shu
bobida bunday yozadi: «Shunday qilib, barcha olimlar Yerning quruqlik va dengizga tegishli
hamma qismlari bilan birgalikda kurra shaklida ekanini tan olishgan. Uning dalili shuki,
Quyosh, Oy va boshqa yoritgichlar Yerning turli taraflarida bir vaqtda chiqmaydi
ham, botmaydi ham, balki Yerdan qaraganda ulardan sharqiy vaziyatda bo'lganlari
g'arbiy vaziyatda bo'lganlaridan oldinroq chiqishini ko'ramiz, sharqdagilarning botishi ham
g'arbdagilarning botishidan oldin bo'ladi. Oy tutilishi singari aniq bir hodisaningyuz berishi
Yerning turli tarafida turli vaqtda kuzatiladi. Agar bu hodisa oralaridagi masofa uzoq bo'lgan
sharq va g'arbdagi ikki shaharda kuzatilsa, masalan, tutilish vaqti sharqiy shaharda kechasi
soat uchda ro'y beradi, deylik. Agar biz g'arbiy shaharda shu hodisani aniqlamoqchi bo'lsak, bu
shaharlar orasidagi masofani e'tiborga olib, tutilish vaqti uch soat kam bo'ladi. Sharqiy
shaharda soatning ziyoda bo'lishi Quyoshning g'arbiy shahardagiga qaraganda bu yerda
ilgariroq botishini bildiradi. Katta yoritgich botish vaqtida kuzatilsa ham ana shunday bo'ladi.
Turli ikki shaharda uning kuzatilish vaqtini oldin izohlaganimiz kabi topamiz. Hamma vaqt
sharqiy shahar soati g'arbiy shahar soatidan oldinda bo'ladi. Vaqtdagi bu farqlar Yerning
odam yashaydigan qismining g'arbiy va sharqiy hududlari orasida mavjud. Shimol va
janubdagi bir-biridan uzoqlikda joylashgan joylar orasida ham xuddi yuqoridagi kabi farq
mavjud. Agar Yerda janubdan shimolga qarab yurilsa, (kishiga) unga shimol tomonda botuvchi
bo'lgan ba'zi yoritgichlar abadiy ko'rinuvchi bo'lib qoladi. Xuddi shu singari janub tomonda
avval unga ko'ringan ba'zi yoritgichlar endi doim ko'rinmaydigan bo'lib qoladi va doim shu bir
xil tartibda bo'ladi. Biz bayon etganlarning hammasi Yerning kurra shaklida va Yer sirtining
dumaloq ekanini isbotlaydi. Agar Yer yassi bo'lsa edi, biz bayon etgan hodisalarning birontasi
ro'y bermas, Yerning hamma tomonida yoritgichlar ayni bir vaqtda chiqar va Yerning shimoli va
janubidagi hodisalar yuz bermas edi: doim ko'rinadigan yoritgichlar ko'rinmaydigan va,
aksincha, doim ko'rinmaydigan yoritgichlar ko'rinadigan bo'lib qolar edi».
Do'stlaringiz bilan baham: |