Basketbol sport o’yinida jismoniy madaniyat vositalarining ahamiyati reja: kirish 1



Download 57,14 Kb.
bet1/9
Sana23.07.2022
Hajmi57,14 Kb.
#841594
  1   2   3   4   5   6   7   8   9

BASKETBOL SPORT O’YINIDA JISMONIY MADANIYAT VOSITALARINING AHAMIYATI
REJA:
KIRISH
1 Basketbol о‘yini xaqida umumiy tushunchalar
2 Basketbol o’yinida jismoniy madaniyat vositalari
3

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH
Basketbol о‘yini xaqida umumiy tushunchalar Basketbol о‘yini 1891yilda AQShning Masachusets shtatidagi Spring-fild kollejining jismoniy tarbiya о‘qituvchisi Djeyms Neysmit kashf etganligi xaqida aniq ma’lumotlar bor. Kollejda о‘tkaziladigan gimnastika darslarini jonlantirish xaqida topshiriq olgan Djeyms Neysmit yopiq xonalar uchun yangi о‘yin о‘ylab chiqadi. О‘sha davrda tо‘plar bilan о‘ynash faoliyatlari ancha keng tarqalganligi sababli, u hayotidagi voqeliklardan oqilona foydalangan va ijodiy ravishda bu о‘yinni tashkil qilgan. U balkon (ayvon) panjaralariga shaftoli soladigan savatlardan ikkitasini osib qо‘yadi. О‘yinda qatnashuvchilar о‘z raqiblarining savatlariga futbol tо‘pini tushirishni maqsad qilib qо‘yilgan. Erkaklar va ayollar aralash holda birga о‘ynashgan. Bu о‘yinni Neysmit talabalarga taklif etgan kundanok ular ortida katta qiziqish paydo bо‘lgan. О‘sha paytda gimnastika guruhida 18 kishi bо‘lib, ular teng ikkiga bо‘linib о‘ynashgan. Keyinchalik xar bir jamoada (guruhning yarmida) 7 va 5 kishi о‘ynashgan. Tо‘pni savatga tashlab о‘ynashganligi uchun basketbol, ya’ni: “basket”- savat, “bol”-tо‘p deb atala boshlagan edi. Shu tariqa bu о‘yin jahonga keng tarqalib, sport turiga aylangan va mazmun jihatdan ancha boyitilgan,. Hozirgi davr basketbol tо‘pining diametri 75-78 sm yoki 68-69,5 sm, og‘irligi esa 600-650 gramm yoki 400-450 gramm bо‘ladi. Basketbol maydoni chegarasi 28x15 m., shitning taxta kattaligi 160-150 sm. Yerdan shitgacha bо‘lgan balandlik 275 sm, xalqagacha bо‘lgan balandlik 305 sm,ga teng. 1936 yilgacha tо‘p savatga tushsa yana davom ettirish uchun о‘rtadagi doira chizig‘idan boshlangan. Keyin esa bu holatlar shit tagidan tashlashga о‘zgartirilgan. 1936 yil birinchi marotaba Olimpiada о‘yinlari dasturiga kiritilib, unda AQSH g‘olib chiqqan 1932 yil iyunda Xalqaro Bastketbol federatsiyasi tashkil etilgan (XBF- FIBA) 1938 yil Yevropa va 1953 yilda Jahon (Chilida) 154 xotin-qizlar basketbol chempionati о‘tkazilgan. Mini- basketbol о‘yinida shitgacha bо‘lgan balandlik (260sm), о‘yin vaqti 4x3 daqiqa va h.k. bilan farq qilgan. Basketbol о‘yini inqilobidan keyin chuquroq singib borgan. Ikkinchi jahon urushidan keyingi dastlabki yillarda Ittifoq tema jamoasi bir qator yevropa mamlakalari bilan rasmiy uchrashuvlar о‘tkazadi. Yevropa va Jahon birinchiliklari, Olimpiada о‘yinlarida ishtirok etib, keyingi vaqtlarda Yugoslaviya, AQSH va boshqa mamlakatlarning basketbolchilarini mag‘lubiyatga uchrtadi. Bu о‘yinlarda О‘zbekistonlik Ravila Salimova (Proko-penko) ham muvaffakiyatli ishtirok etib kelgan. E’tiof etish lozimki, Ittifoq Xalqlari Spartakiadalarini о‘tkazish an’analari mamlakatning barcha joylarida basketbol sport о‘yinlarini tash-kil etish, iqtidorli yoshlarni tanlash ularni maqsad yо‘lida tarbiyalashda juda katta va muhim tarbiyaviy, tashkiliy ishlar о‘tkazilgan. Natijada bu sport turi о‘quvchi-yoshlar, talabalar, katta yoshlar orsida ham keng ravishda rivojlangan.
О‘zbekistonda basketbol sportining rivojlantirish 1917-1927 Yillarda О‘zbekistonda industriyani rivojlantirish munosa-bati bilan zavod-fabrikalarni kurish, ularga mehnatkashlarni jalb etish va ularning sog‘ligini mustahkamlash maqsadida juda kо‘p sport klublari tashkil etilgan. Ularning tarkibida boshqa sport turlari kabi basketbolga ham e’tibor kuchli bо‘lgan. Ayniqsa, maktablar va boshqa turdagi о‘quv yurtlarining dasturlariga jismoniy tarbiya kiritilib, ularda о‘yin mashg‘ulotlariga katta ahamiyat berilgan. Shu tariqa Toshkent, Samarqand, Buxoro(Kogon), Qо‘qon, Marg‘ilon kabi shaharlarda о‘yin maydonlari kо‘rila boshlagan. 1927 yil Umumо‘zbek Spartakiadasiini о‘tkazish jarayonlarida basketbol jamoalari ancha kо‘paygan. Shuningdek 1928 yil Umumittifoq 1-Spartakiadasidan keyin tajribalarni о‘rganish va basketbolni rivojlantirishga e’tibor yanada kuchaygan. 1950-1956 yillarda shahar, viloyatlar va respublika miqiyosida tashkil etilgan birinchiliklar, spartakiadalar dasturida basketbol yetakchi о‘rinlar-dan birini egallagan. Boshida takidlanganidayek, Ittifoq Spartakiadalari-ning о‘tkazilishi 155 (1956-1991) tufayli boshqa sport turlari kabi basketbol bо‘yicha ham maxsus musobaqalar tashkil etilgan. Viloyatlarda tashkil etilgan “Spartak”, “Burevestnik”, “Mehnat”, “Lokomotiv”, “Paxtakor”, “Dinamo”, kabi kator sport jamiyatlari (DSO) о‘z tarmoqlaridagi klublar, boshlang‘ich jismoniy tarbiya jamoalari faoliyatlarini rivojlantirishda basketbol sport turiga ham katta e’tibor berishgan. Deyarlik barcha о‘quv yurtlari, yirik ishlab chiqarish korxonalari, turli muassasalar va qishloq hо‘jaliklarida ham basketbol maydonlarini ancha kengaytirishga muvaffaq bо‘lgan. Respublika basketbol komandalari tarkibida yetishib chiqqan iste’dodli sportchilar Ravila Salimova (Prokopenko) Ittifoq terma komandasi tarkibida Yevropa va Jahon birinchiliklari, Olimpiada о‘yinlarida ishtirok etib, О‘zbekiston sharafini himoya qilishgan. Ularni tarbiyalashda A.Tо‘raxо‘jayev (Toshkent), V.Avanesov (Samarqand) kabilarning hissasi g‘oyat kattadir. Ittifoq davrida mahalliy millat kadrlaridan tanlash va ularni katta sportga safarbar etish yо‘lida ba’zi e’tiborsizliklar, balki ataylab (kamsi-tib) ish tutganlar. Bunday jarayonlar ayniqsa basketbolda kо‘p uchragan, ya’ni bо‘yi past, tezligi kam kabi baxonalar ishlatilgan. Bularni mahalliy millat vakillaridan juda kam bо‘lganligi (sportchilar va murabbiylar) misolida kо‘rish mumkin. Basketbol о‘yinidagi asosiy texnik va taktik usullar Basketbol о‘yinining о‘ziga xos xususiyatlari shundaki, juda qiziqarli va bajarilishi jihatdan murakkab texnik amallar hamda turli tuman taktik usullar tez, juda kо‘p bajariladi va qaytaqayta takrorlanada. Bunda hujum, otish, tо‘siq, uzatib tashlash, tо‘pni yuritish, qarshi turish (qoplash-zaslon), himoya va boshqa texnik atamalar mavjud. Shuningdek himoyachi maxsus joy (zona), о‘yinchi, о‘yin majmui (kombinatsiya), chiziq, tо‘p-koptok, hujumchi, xujum qilish kabi iboralar о‘yin mazmunida muhim о‘rinlarga egadir. Ta’kidlash lozimki, mazkur atamalar va iboralar mazmunida о‘yindagi faoliyatlar(texnik va taktik amallar) mujassamlashgan, ularning negizida ham juda kо‘p texnik va taktik mashqlar joylashgan. Musobaqalar jarayonida о‘yin qoidasi bо‘yicha ochko, jarima, chiziqdan chetda(aut), ikki marta uriladi (dvoynoy) kabi 156 atamalar ishlatilib, о‘yinlarning tartibli о‘tishini ta’minlashda xizmat qiladi. Basketbolda xar bir notо‘g‘ri harakat(о‘yin qoidasining buzilishi) maxsus xalqaro ishoralar(jestlar) bilan ifoda etiladi bunda hushtakdan keng foydalaniladi. Basketbol bilan shug‘ullanishni ilk bor о‘rganishda quyidagi texnik usullarga rioya etish zarur. YA’ni: 1.Tо‘pni tutish (ushlash), ilib olish, otish-uzatish, yuritish, tо‘pni yuritishda tо‘xtash, turli hil burulishlar eng asosiy usullardir. 2. Tо‘pni savatga tashlashda ikki qо‘llab, pastdan, yuqoridan otish, bir qо‘llab orqa-yelkadan, burab aylantirib (krugom) tо‘pni savatga otish. Yuqoridagi usullarni tez va chiroyli bajarish uchun juda kо‘p mashq qilish, musobaqalarda tez-tez ishtrok etish lozim. Shuningdek, oliy liga jamoalarining mashg‘ulotlari hamda katta musobaqalardagi о‘yinlarini kuzatib borish lozimdir. Basketboldagi taktik usullar xilma-xilligi va ularni raqibning ishlatgan texnik va taktik usullariga qarshi olib borish, ayniqsa, himoyadagi usullar bilan alohida ajralib turadi. Ayniqsa, joylarni tez-tez almashtirish, tо‘pni turli usullar bilan bir-biriga uzatish (otish), savatga tashlash va boshqa usullarni amalga oshirishda, asosiy yо‘nalishlarni о‘zgartirish bilan yutuqlarga erishiladi. Basketbol bilan mustaqil shug‘ullanuvchi о‘quvchi-yoshlar о‘zlarining sharoitlri va imkoniyatlarini tо‘g‘ri baholashlari lozim. Buning uchun eng avvalo joy tanlash, (maktab, sport inshooti, yotoqxonalar va h.k), hovli, uy oldida maxsus moslamalar yasashga tug‘ri keladi.О‘yinning asosiy usullarini о‘rganishda va uni doimo bajarib borishda umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarish lozim. Shuningdek jismoniy tarbiya о‘qituvchilari, murabbiylar va yetuk о‘yinchilar bilan aloqador bо‘lish, о‘quv uslubiy qо‘llanmalardan samarali foydalanish kerak. Basketbol о‘yini о‘zining mazmuni, texnik va taktik usullari bilan shug‘ullanuvchilarning jismoniy sifatlari, ma’naviy irodaviy fazilatlari-ni tarbiyalashda eng muhim omillardan biridir.
Madaniyat amaliyotida, asosan, inson mehnat faoliyatida qo`llaydigan harakatlarini ko`prok mashq qiladi. Jismoniy mashqning rivojlanishida diniy marosimlarda, bayramlardagi uyinlar, raqslar, harbiy faoliyatdagi, san`atdagi ongli ravishda bajariladigan ixtiyoriy harakatlar manba bo`lib xizmat qiladi. Jismoniy mashqlar tabiatining tabiiy qonunini I.M.Sechenov va I.PPavlovning ilmiy dunyoqarashi ochib berdi. Ixtiyoriy harakat Sechenovning fikricha, ong va aql bilan boshqariladi hamda biror maqsadga yunaltirilgan bo`ladi. Pavlov esa harakatlarni fiziologik mexanizmini ochib, harakatlar bosh miya pustlok qismii) tuplash xususiyati bilan bog`liqligini birinchi, ikkinchi signal sistemasi, shartli hamda shartsiz reflekslarning aktiv ishtirokida vujudga kelishligini ilmiy isbotladi.
Jismoniy mashqlarning mazmuni va shakli. Barcha xodisa va jarayonlarga uxshash jismoniy mashqlar o`zining mazmuni va shakliga ega. Jismoniy mashqni bajarishda sodnr bo`ladigan mexanik, biologik, psixologik jarayonlarning tuplami jismoniy mashq larning mazmunini vujudga keltiradi, ularning ta`siridan harakat faoliyati uchun qobiliyat rivojlanadi. Shuningdek mashq mazmuniga uning bo`laklarini tuplami (masalan, uzunlikka sakrash mashqi mazmuniga tanaga tezlik berish, depsinish xavoda uchish, yerga tushish zvenolari) mashqni bajarishda xal qilinadigan pashfa.ыr, shuningdek mashqni bajarishdan organizmda sodir bo`ladigan funksional o`zgarishlar kiradi. Bu elementlarning barchasi jismoniy mashqning umumiy mazmunini vujudga keltiradi. Jismoniy mashqning shakli ularning ichki va tashqi strukturasini muvofiqligida ko`rinadi. Mashqning ichki strukturasi shu faoliyatni bajarishda ishtirok etadigan skelet muskullari, ularning qisqarishi, cho`zilishi, buralishi va x.k., biomexanik, bioximik boglanishlar, energiya sarflashi, yurak-tomir, nafas olishi, nerv boshqaruvi va boshqa organalardagi jarayonlarni, ularning o`zaro bog`liq ligini, kelishilganligini o`z ichiga oladi. Biologik, mexanik, psixologik va boshqa jarayonlarning mashq bajarishdagi aloqasi, o`zaro kelishilganligi yugurish mashqlarida boshqacha bo`lsa, shtanga kuta rishda boshqachadir. Bunda ichki struktura turlicha bo`ladi. Mashqning tashqi shakli, tashqi strukturasi esa usha mashqning tashqi ko`rinishi, harakatni bajarish naytiga ketgan vaqt yoki kuch sarf etish me`yori va intensivligi ko`rinishi bilan xarakterlanadi.
Shaql mazmunga ta`sir ko`rsatadi. Aniq ma`lum bir harakat uchun namoyon bo`layetgan jnsmoniy sifatlar shu jismoniy mashqni bajarishdagi malakaga ta`sir qiladi. Shuning uchun so`zuvchi kuchi bilan gimnastikachi kuchi, shtangachi kuchi bir-biridan farqini. jismoniy mashqni shakli va mazmuning rainonal muvofiqligiga erishish jismoniy madaniyat nazariyasi va amaliyotining asosiy muammolaridandir. Bu muammo qismian harakat malakasi va kunikmasi, shuningdek jismoniy sifatlariga ham taaluklidir.
Jismoniy mashq texnikasi. Har qanday harakat aktiv harakat faoliyati tarkibidan ikki narsani:
a) bajarilayetgan harakat, uni bajarishdan kelib chiqadigan maqsad;
b) harakat vazifasini xal qilish usulini farqlash kerak bo`ladi.
Ko`pincha bir xil harakat turli uslubiyatlarda bajariladi, masalan, balandlikka sakrashda plankaga to`g`ridan, chap, ung tomonlardan yugurib kelish va plankaga yaqin yoki undan uzoqdagi oyoq bilan depsinish mumkin. Aslida esa shu mashqni yuqorida qayd qilinganidan boshqacharok, oson, oz energiya sarflab, belgilangan harakatni (vazifani) samarali xal etish usuli mavjud bo`ladi. Harakat vazifasini oson samarali xal qilish uchun tanlangan harakat akti (faolinti )ni -jismoniy mashq texnikasi deb atash kabul qilingan.
Texnikaning asosi deganda harakat vazifasini bajarish uchun kerak bo`ladigan harakat faoliyati tizimining o`zak qismi tushuniladi. Qullangan usullar tananing qismilarini o`zaro kelishgan xolda, harakat aktining ketma-ketligi tizimini bo`zmay, jismoniy sifatlari (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, muskullar egaluvchanligi va bug`inlar harakatchanligi)ning keraklicha namoyon kilishini taqazo etadi. Usul samarali bo`lsa, amaliyotda unumli qo`llanishi mumkin va uzoq vaqt o`zining hayotiy — amaliyligini saqlab koladi. Masalan, balandlikka sakrashning «Fosberi-floi» usuli samarali bo`lsa ham, hozirgacha ko`pchilik sportchilar «peryokidnoy» usulidan foydalaniladi. Yangi urganuvchilar uchun hozirgi kunda «qadamlab sakrash» usulidan foydalaniladi.
Tananing holatlari ichida mashqni bajarishni boshlashdan oldingi «dastlabki holati» deb ataladigan qismii mashq texnikasini o`zlash tirish yoki bajarnshda muhim ahamiyat kasb etadi. Oldiniga u anatomo-fiziologik vazifani xal etish e`tiborga olinsa, boshqa tomondan, shu harakatni bajarilishiga ijobiy yordam beradi. Dastlabki holat harakatni bajarishniboshlash uchun eng optimal holat bo`lib harakat boshlangan dan keyin bajariladigan harakatlarning ketma-ketliligiga qulaylik yaratadi. Sprinter uchun «past start», darvozabon uchun «tupni kutish holati» va x.klar. Bu holatlarni akademik Uxtomskiy optimal holat deb atadi. Kurinishidan dastlabki holat osoyishta bo`lsa ham aslida organizm energiya sarflash bilan qator muskullar guruxi muskul ishi bajarishga puxta tayyorgarlik ko`rayetgan, nafas olish, nerv, yurak–tomir tizimi, modda almashinuvidek keng fiziologik jarayon avjida bo`ladi. Dastlabki holatni jismoniy mashq bajarishdagina ahamiyati katta bo`lmay mashq davomida tanani qanday xolda(holatda-pozada) turishi muhim ahamiyatga egadir. Sprinter, stayyor, marafonchi, changida, konkida yuguruvchilarning gavdalarinn vertikalligini ma`lum gradusga oggan xolda ushlashi mashqni samaradorligiga ma`lum darajada (uzunlikka, balandlikka, sakrovchining depsinishdan keyingi holati) ijobiy yoki salbiy ta`sir etadi.
Ayrim sport turlarida va jismoniy mashqlarda tananing umumiy holati bilan uning ayrim qismilari (bo`laklari)ning holati biomexanik maqsadga yunaltirilgan bo`libgina qolmay (konkida figurali uchuvchi lar, gimnastlar, akrobatlar, suvga sakrovchilar va badiiy gimnastikachi larning harakatlari) harakatni ko`zatayetganlarda yoki uni bajaruvchilarda estetik xis tuyguni shakllantiradi va ularga zavq beradi. Harakat larning ravonligi, ketma-ketligi, erkinligi, qiyinchiliksiz bajarish inson jismining qanday holatdaligiga bog`liqligi jismoniy mashqlar texnikasini egallashda, harakatni urgatish jarayonida, xatolarni aniq lash va ularni tuzatishda muhim rol uynaydi. Harkatning yuli (trayektoriyasi) jismoniy mashq texnikasini o`zlash tirishda, uni namoyish qilishda muhim ahamiyatga ega. Ularning organizmining energiya sarflashi uchun samarali tomoni katta bo`lib, tananing ma`lum bo`laklardagi harakatlar orqali katta kuch sarflash lozim bo`lgan harakatlarni bajaraoliish imkoning yaratilishi dir. Masalan, bokschi zarbasn uchun yelka muskullarining ma`lum qismiigi na turlicha harakat qilsagina bas, lozim bo`lgan maqsad amalga oshadi.
Harakatning yunalishi — mashqning effektivligi shunda ortadiki, bajarilishi lozim bo`lgan harakat uchun kerak bo`lgan muskullar mashqning texnikasini aniq, ravon bajaradi: qo`llarni tirsakdan bukkan xolda kukrak oldiga «rkvok»larning bajarilishi kukrak muskullarini taranglatadi va bushatadi. Agar tirsakni tushirgan xolda bajarsak, mashq o`z ahamiyatini yo`qotadi. Basketbol tupini korzinaga tushirish uchun tupning yunalishini olti gradusdan turt gradusgacha o`zgartirish bilan tupni korzinaga tushmasligiga sabab bo`lishi mumkin.
Amaliyotda harakatning yunalishi tananing satxiga yoki biror mul jaliga qarab belgilanadi. Kulni oldinga kutarishda biz gavdaga nis batan holatiga qarab harakat yunalishini belgilaymiz. Yadroni planka ustidan oshirib utishda bizga muljal bo`lib planka xizmat qiladi. Inson tanasi pastga-yuqoriga, oldinga-orqaga, unga-chapga, tomon yu nalishda harakat qiladi. Harakatni aplitudasi — harakatning ogishidir. Fizikada ampli tuda deb mayatnikning tinch holatiga nisbatan ung va chapga ogishi (graduslarda) tushuniladi. Bizda esa tananing ayrim qismilarining harakati tushaniladi. To`g`ri yunalishdagi harakatning amplitudasi kadamning uzunligi (75sm) yoki shartli belgisiga qarab, yarim tuda utirish va boshqalar orqali aniklanadi. Odam tanasnning ayrim qismilarning amplitudasi usha tananing buginlari elastikligiga bog`liq bo`ladi.
Harakatlar aktiv va passiv muskul qisqarishnda ruy beradi. Sport trenirovkasida, hayotiy sharoitda bo`ladigan ishlar harakatning ampli tudasiga bog`liq. Katta ko`zgalish uchun moslashtirilmagan muskulni katta amplitudada harakat qilishga majbur qilish shikastlanishga olib keladi. Agarda harakatning amplitudasi qo`yilgan vazifa talablariga javob bermasa, u harakatlar aniq harakatlar sifatida namoyon bo`la olmaydi. Harakatlar ajralish vaqtlariga ko`ra ham tavsiflanadi.

Download 57,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish