Neonatal sariqlikning asoratlari - bilirubin ensefalopatiyasi - bu markaziy asab tizimining o’tkir zararlanishidir.
- yadro sariqligi - markaziy asab tizimining surunkali qaytmas zararlanishi
Neonatal sariqlikning ko’pgina sabablari fiziologik hisoblanadi, ammo har bir sariqlikni o’z vaqtida aniqlash muhim ahamiyatga ega bo’lib, bola hayoti uchun xavfli bo’lgan patologik sariqlikni erta tashhislash va davolashga yordam beradi.
Neonatal sariqlikda klinik tekshiruvlar: Teri qoplamlari rangini baqolash:
-bola yechintiriladi, ko’rik vaqtida issiqlik himoyasi o’tkaziladi (bolaga yoruqlik yaxshi tushib turgan bo’lishi kerak).
-terining ma'lum bir sohasi teri osti yog’qavatigacha bosib ko’riladi
-sariqlik joylashishi aniqlanadi
-bolaning umumiy ahvoliga baho beriladi (reflekslari aniqlanadi)
-bolani ko’krakni qanday emishiga baho beriladi
-peshob va ich kelishi baholanadi (necha marta va rangi)
-jigar va taloqo’lchami aniqlanadi
- gematoma va kefalogematoma bor yoki yo’qligi aniqlanadi.
Anamnezi:
- onaning qon guruhi va Rh-omili
- xomiladorlik va tug’ruq vaqtidagi infeksiyalar
- nasliy kasalliklari
- oldingi bolalarida sariqlik kuzatilganmi yoki yo’qmi
- bolanin tug’ilgandagi vazni va gestasiya muddati
- chaqaloqlarni ovqatlantirilish (sut yetishmasligi yoki qusish)
- chaqaloqlarga neonatal reanimasiya o’tkazildimi yoki yo’qmi
Moyillik omillari
- o’tkir gemoliz
- chalalik
- qon talashlar yoki kefalogematoma
- bola tana vaznining birdan yo’qotilishi (10%dan yuqori)
- neonatal asfiksiya yoki asidoz
- neonatal infeksiya
- gipoalbuminemiya (< 30 g/l)
Neonatal sariqlikda parvarish
1) Antenatal va erta tug’ruqdan keyingi sariqlik
2) Sariqlik kuzatilgan chaqaloqlarni postnatal kuzatish
Antenatal va erta tug’ruqdan keyingi davrlarda kuzatish: -tug’ruqgacha bo’lgan bosqichda hamma homilador ayollarga qon guruhi va qondagi Rh-omilni aniqlash tavsiya etiladi. Qoni Rh-manfiy bo’lgan onalar aniqlanadi.
Chaqaloqning qon guruhi va rezus omili, kindik qonida Kumbs sinamasi o’tkaziladi.
Qon guruhi 0 (I) va Rh- omili musbat bo’lgan onalarda:
- bolaningqon guruhi kindik qonida aniqlanadi va Kumbs sinamasi o’tkaziladi.
Postnatal davr: Chaqaloqni har 8-12 soatda ko’rikdan o’tkazish kerak.
Parvarishning asosiy usullari quyidagicha:
- ko’krak suti bilan adekvat emizish (minimum qar 8soatda)
- bolagaqo’shimcha suv yoki glyukoza eritmasi berish tavsiya etilmaydi.
- issiqlik rejimini saqlash kerak.
Ko’krak suti bilan bog’liq sariqlik Sariqlik sun'iy ovqatlantirishda bo’lgan 3-5% chaqaloqlarda aniqlanadi. Asosiy kasalliklarning klinik belgilari kuzatilmagan sog’lom chaqaloqlarda ham aniqlanadi. Bilirubinning ortishi ikkita cho’qqilarni o’z ichiga oladi: 4-5 va 14-15 kunlar oralig’i. Chaqaloqlarda terining sariqligi 12 haftagacha saqlanadi. Sariqlik kuzatilgan bolalar medikamentoz davoga muhtoj emas va ko’krak suti bilan ovqatlantirish davom ettiriladi.
Yadro sariqligi - bu bog’lanmagan bilirubinbilan miya asosi yadrosining zararlanishi hisoblanadi.Chaqaloqlar gemolitik kasalligining asoratidir. Miyaning bilirubin bilan zararlanish belgilari bola hayotining 3-4 kunlariga to’g’ri keladi, bunda qon zardobida bog’lanmagan bilirubin miqdori maksimal darajaga yetadi (etuk tug’ilgan chaqaloqlarda - 400mkmol/ldan yuqori).
Chala tug’ilganlar, yaxshi rivojlanmagan chaqaloqlarda, asfiksiya og’ir darajasi, tug’ruq jarohatlari, respirator-distress sindrom va boshqa og’ir holatlarni o’tkazgan chaqaloqlarda miyaning bilirubin toksik ta'siriga bo’lgan sezuvchanligi yuqori bo’ladi, Shuning uchun, bilirubin intoksikasiyasi belgilari bu guruhdagi bolalarda qondagi bog’lanmagan bilirubin miqdori kam bo’lganda ham namoyon bo’ladi. Yadroli sariqlik kechishining 4ta fazasi ajratiladi:
1) bilirubinli intoksikasiya belgilari paydo bo’lishi - holsizlik, gipotoniya, giporefleksiya, patologik esnash, qayd qilish, qusish, so’rish aktivligining pasayishi, monoton yig’lash.
2) yadroli sariqlikning klassik belgilari yuzaga chiqishi (3 – 4kundan keyin). Uzoq muddatli apnoe, bradikardiya, adinamiya, arefleksiya spastik bosqich bilan almashadi (opistotonus, ensa mushaklari rigidligi, spastik "bukilmaydigan" oyoqlar, qo’llari musht holatida). Vaqti-vaqti bilan qo’zqaluvchanlik, "miya" yig’isi, "botuvchi quyosh " simptomi, talvasa kuzatiladi.
3) minimal ijobiy o’zgarishlar davri (3-4 haftada) kuzatiladi. Nevrologik simptomlar kamayadi: spastiklik kamayadi, harakat aktivligi yaxshilanadi va shartsiz reflekslar yaqqol chaqiriladi. Chaqaloq sog’aygandek bo’ladi.
4) nevrologik asoratlar shakllanish davri (3-5oyligida). Ekstrapiramidal buzilishlar yuzaga keladi, eshitish va motorika buziladi.
Quyidagi simptomlar shakllanadi:
· xoreoatetoz;
· parezlar, falajlar;
· eshitishningto karlikgachapasayishi;
· psixomotor rivojlanishda orqada qolish;
· bolalar serebral falaji (giperkinetik shakli).
Chaqaloqlar gemolitik kasalligining og’irlik darajalari klinik xarakteristikasi Bola tug’ilganda gemoglobin miqdori 140g/ldan yuqori bo’lsa, kindik qonida bilirubin miqdori 60 mkmol/ldan kam bo’lsa gemolitik kasallikning yengil kechishi deyiladi. Kasallik dinamikasida klinik-laborator ma'lumotlarning qisman rivojlanganligi aniqlanadi, bu konservativ davo talab qiladi, asoratlanmaydi.
Kasallikning o’rta-og’ir shaklida rezus-konflikt sabab bo’lsa, sariqlikhayotining birinchi 5 soatida paydo bo’ladi va ABO-konfliktda hayotining birinchi 11 soatida yuz beradi.
Chaqaloqtug’ilganda gemoglobin miqdori 140g/ldan past bo’ladi.Klinik-laborator ma'lumotlar dinamikasi qonni almashlab quyishni talab etadi.
Kasallikni og’ir kechishida bola tug’ilganda quyidagi simptomlar namoyon bo’ladi: yaqqol sariqlik (kindik qonida bilirubin miqdori 85 mkmol/l), og’ir anemiya (gemoglobin 100g/l kichik). Kasallik kechishi bilirubinli intoksikasiyasi bilan xarakterlanadi. Ikki marta va undan ortiqqonni almashlab quyish tavsiya etiladi.
Sariqliklarni qiyosiy tashhislash Neonatal sariqlikning klinik-laborator tashhisot mezonlari.
І. Gemolitik sariqlik uchun quyidagilar xarakterlidir:
1) bog’lanmagan giperbilirubinemiya hisobiga sariqlikning erta boshlanishiva yuzaga chiqishi.
2) bilirubinning soat sayin yuqori o’sishi.
3) teri rangining yorqin-sariq va limon-sariq tusga kirishi.
4) normoxrom giperregenerator anemiya - retikulositoz, normo- va eritroblastoz.
5) gepatosplenomegaliya.
6) najasning normal rangda bo’lishi.
7) siydigi normal rangda (glyukozo-6-fosfat-degidrogenazlarning tanqisligi).
8) organ va to’qimalarga bog’lanmagan bilirubinning toksik ta'siri.
ІІ.Mexanik sariqlik uchun quyidagilar xarakterli:
1) bog’langan bilirubin miqdori yuqori bo’ladi.
2) bilirubinning soat sayin o’sishi yuqori emas.
3) jigar kattalashadi.
4) teri rangi sariq rangdan sariq-yashil tusgacha.
5) peshobi to’q rangda.
6) najasi davriy rangsiz.
7) gemorragik sindrom - petexiya, qon talashlar.
8) laborator belgilari sitoliz va mezenximal yallig’lanish.
Neonatal sariqlikni davolash usullari: 1.Fototerapiya
2.Qonni almashtirib quyish
Fototerapiya o’tkazish tartibi:
- bola yechintiriladi
- bolaning ko’zini yoruqlik o’tkazmaydigan mato bilan berkitish
- lampa yaqin masofada joylashtiriladi
-fototerapiya to’g’ridan-to’g’ri usulbilan o’tkaziladi (orada bola ovqatlantiriladi).
Fototerapiya vaqtida monitoring:
- har 3 soatda bolani tana haroratini o’lchash- sutkada bir marta vaznini o’lchash
- har ovqatlantirilgandan keyintana holatini o’zgartirish
- bolani sutkada 8 martadan kam ovqatlantirmaslik
- dinamikada laborator tahlillarni tekshirish
Fototerapiyani to’xtatish:
1. Yetuk tug’ilgan chaqaloqlarda fototerapiya:
-qon zardobida bilirubin miqdori 1sutkadan keyin grafikda ko’rsatilgan miqdorda o’zgarmasa,bir xilda saqlansa;
2. Chala tug’ilganlarda fototerapiyani to’xtatish:
Qon zardobida bilirubin miqdori 12 soatdan keyin grafikda ko’rsatilgan miqdorda o’zgarmasa,birxilda saqlansa
3. bolani najasi rangsiz yoki peshobi to’q rangda.
Qonni almashtirib quyishga ko’rsatma: 1. fototerapiyasamarasi bo’lmasa;
2. bilirubin miqdoridan qat'iy nazar, bolada o’tkir bilirubin ensefalopatiyasi klinikasi rivojlansa;
3. qon zardobida umumiy bilirubin miqdori yuqori miqdorda bo’lsa;