Nаzоrаt sаvоllаri:
Оshqоzоn а’zоlаri traktining funktsional buzilishi shаkllаnаdi?
Оshqоzоn ichаk trаkti хususiyatlаri?
Оshqоzоn ichаk trаktidаgi funktsional buzilishida o’zgаrishlаr?
Оshqоzоn а’zоlаri traktining funktsional buzilishi hamshiralik jаrаyoning birinchi bоsqichi.
Hamshiralik pаrvаrish mаqsаdi
Oqsil energetic etishmovchiligida hamshiralik jarayoni
Oqsil – energetik etishmovchilik – bola oziqlanishida etishmovchilik natijasida yuzaga keladi, tana vaznining etishmovchiligi yoki o‘sishdan to‘xtashi, teri osti qatlamining tezlik bilan kamayishi, tana proporsiyasini o‘zgarishi, oziqlanish, moddalar almashinuvining buzilishi, turli kasalliklarga chalinuvchanlik, fizik va nerv-psixik rivojlanishdan orqada qolish bilan xarakterlanadi.
Shikoyati: Patologiyaga bog‘liq xolda oziqlanishning buzilishiga olib keladigan xolat: Vazn va bo‘yga kam qo‘shilish, ishtaxa sustligi, ovqatdan bosh tortish, qusish, ko‘ngil aynishi, qorin damlanishi, najasni suyuq ajralishi, qabziyat, najasning ko‘p ajralishi, qorinda og‘riqlar, shishlar, talvasa, yo‘tal, xansirash, uzoq vaqt istmalash, bezovtalik, teri qurishi, soch to‘kilishi, tirnoqlar deformatsiyasi, xolsizlik.
Anamnez: Bemorda kasallikni aniqlash, OEY olib keladigan xolatlar.
Klinik mezonlar:
Fizik xolatni baxolash(standart tana vaznlariga, tana uzunligiga mos kelish va b.) sentil jadvaliga asosan;
Somatik va emotsional xolatni baxolash (tiriklik, atrofdigalarga e’tibori, kasallanish va b.);
Teri qoplamlarini baxolash (ranpar, quruq, toshmalar borligi va b.);
SHilliq qavatlarini baxolash (aftalar, molochnitsa va b.);
To‘qimalar turgorligini baxolash;
Bolalarni jismoniy rivojlanishini baholashda quyidagi ko‘rsatkichlarni hisobga olish kerak:
Morfologik ko‘rsatkichlar: tana vazni va bo‘yi, ko‘krak qafasi aylanasi, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda bosh aylanasi.
Funksional ko‘rsatkichlar: o‘pkaning tiriklik sig‘imi, barmoqlar mushak kuchi va boshqalar.
Mushaklar va mushak tonusi rivojlanishi, qaddi-qomat holati, tayanch-harakat apparati, teri osti yog‘ qatlami rivojlanishi, to‘qimalar turgori.
Tana uzunligi. Tana uzunligi ko‘rsatkichi jismoniy rivojlanish boshqa ko‘rsatkichlarga nisbatan stabil hisoblanadi. Bola hayotining birinchi 3 oyligida bo‘yi eng yuqori tempiga chiqadi.
Bola to‘g‘ri rivojlanganda birinchi oylarida byining o‘sishi 11-12 sm, uch yoshligida – 8 sm, 4 yoshda – 6 sm. 4 yoshda bolaning bo‘yi 100 sm ga etadi. Keyinchalik (10 yoshgacha) bo‘yining o‘sganligini aniqlash uchun quyidagi formuladan qo‘llaniladi:
Bola bo‘yining uzunligi R = 100 sm + 6 (n-4),
n – bolaning yoshi, 6 – o‘rtacha har yili qo‘shiladigan bo‘yi uzunligi, sm. Eng intensiv bo‘yi 5-7 yoshga va jinsiy shakllanish boshlanish davriga to‘g‘ri keladi.
12 yoshdan katta bolalarda oziqflanish statusini tana indeksi asosida baxolash
Jadval 10
Do'stlaringiz bilan baham: |