20. Perinatal davr asfiktsiyasi Yangi tug’ilgan chaqaloq bosh miya faoliyatini buzuvchining omillari ko’p, lekin bular ichida universal zararlovchi omil bo’lib, gipoksiya hisoblanadi. Perinatal o’limning 20-50% sababchisi bachadon ichi va tug’ruq jarayonidagi gipoksiya hisoblanadi, 59% o’lik tug’ilishlar, 72,4% hollarda gipoksiya va asfiksiya homilaningtug’ruq jaraenida va erta neonatal davrlardagi o’limiga sabab bo’ladi.
Gipoksiya patologiyasi to’g’risidagi bir qancha savollar hamshiraga asfiksiya bilan tugilayotgan chaqaloq bolalarni davolash davomida hamshiraga yordam beradi. Bu muammo katta ahamiyatga ega, chunki APGAR shkalasi buyicha 5 balldan past bo’lgan chaqaloqlar og’ir kasallar bilan kasallanishga moyil hisoblanadi.
"Asfiksiya" termini-neonatologiyada noaniq bo’lgan tarkiban olingan ta'rif hisoblanadi. Yunon tilidan tarjima qilinganda "puls yo’qolishi", bunday tug’ilgan bolalar esa o’lik tug’ilganhisoblanishadi.Boshqa mualliflar ta'rifi bo’yicha asfiksiya bu yangi tug’ilgan chaqaloqlarda boshqa hayotiy belgilar bor holda (yurak urishi,kindik pulsasiyasi, mushaklar ixtiyoriy harakatlari bo’lgan) o’pkada gazlar almashinuvi yo’qligi bilan harakterlanadigan jarayon deb qarashadi. Akusherlik-ginekologiya va neonatalogiya umumklinik amaliyotida "homila gipoksiyasi" va " chaqaloq asfiksiyasi" termini ostida o’tkir va surunkali kislorod tanqisligi tufayli yuzaga keluvchi patologik holatlar, gemodinamik, biokimyoviy va klinik o’zgarishlar va metabolik asidozni o’z ichiga oladi.
Butun jaxon tasnifi buyicha homila ichi gipoksiyasi va yangi tug’ilgan chaqaloq asfiksiyasi alohida nozologik tur sifatida, perinatal davrning alohida kasalligi ko’rinishlari xisoblanadi.
Asfiksiya bilan tugiluvchi bolalar 1-1,5%ni tashkil qiladi (gestasion davri 36 haftagacha tug’ilgan chaqaloqlarda 9% atrofida va gestasion davri 37 haftagacha tug’ilgan chaqaloqlarda 0,5%).
Birlamchi (tug’ma) va ikkilamchi (dastlabki soatlarda yuzaga keluvchi - postnatal ) yangi tug’ilgan chaqaloqlar asfiksiyasi farqlanadi.
Birlamchi asfiksiyani yuzaga kelish vaqtiga qarab antenatal yoki intranatal turlari farqlanadi. Birlamchi asfiksiya davomiyligiga qarab o’tkir (intranatal ) va surunkali (antenatal) turlari farqlanadi.
Birlamchi asfiksiya og’irlik darajasiga qarab o’rta va og’ir darajalarga
ajratiladi. Birlamchi asfiksiya og’irlik darajasini baholashda APGAR shkalasidan foydalaniladi.
Jadval 6 APGAR SHKALASI