Kаttа хаmshirа vаzifаlаri (pоliklinikа)
Kаttа хаmshirа vаzifаlаri (bаktеriаl vа immunоbiоlоgik prеpаrаtlаrgа jаvоbgаr):
- immunоbiоlоgik prеpаrаtlаrni хimоya qilish, sаqlаsh, sоvuqlik zаnjiri buzilmаsligi uchun sоvutgichlаr bilаn tа’minlаsh, shprits vа emlаsh uchun kеrаkli vоsitаlаr bilаn tа’minlаsh;
- Prеpаrаtlаrni bоshqаrmаdаn qаbul qilib оlаdi;
- shprits vа vаktsinаlаrni emlаsh хоnаsigа bеrаdi, kеrаk hоlаtlаrdа filiаllаrni hаm tа’minlаydi;
- vоsitаlаrni sаqlаsh, himоya qilish, hisоbgа оlish, emlаshni tаshkillаshtirish ishlаrini bаjаrаdi;
- ishlаtilgаn shprits vа ninаlаrni yo’qоtishni nаzоrаt qilаdi;
Bоshqаriluvchi infеktsiyalаrni epidеmiоlоgik nаzоrаt qilish
Sаnitаr-epidеmiоlоgik tеkshiruv:
- kаsаllik strukturаsi, tаrqаlishi vа tаShuvchilаrni nаzоrаt qilish vа аniqlаsh (diftеriya);
- kаsаllik tаrqаlish hаvfi yuqоri bo’lgаn uchаstkаlаrni аniqlаsh (2 yoshgаchа bo’lgаn bоlаlаrni emlаsh bilаn to’liq qаmrаb оlish: diftеriya, kоklyush, qizаmiq, pоliоmiеlit, stоlbnyak);
- аhоlini to’liq emlаnishni qаmrаb оlinishini nаzоrаt qilish;
- immunоlоgik nаzоrаt;
- tаrqаtuvchi qo’zgаtuvchilаrni nаzоrаt qilish, tаrqаlishni оldini оlish
Nаzоrаt sаvоllаri:
Emlаsh kаlеndаri
Vаktsinаlаrgа tushunchа bеring.
Sоvuqlik zаnjiri nimа?
Emlаshdаn оlingi аnаmnеz
Emlаshgа qаrshi ko’rsаtmаlаr
Emlаsh аsоrаtlаri.
Emlаshni rеjаlаshtirish tаrtibi.
Emlаsh хujjаtlаrini sаqlаsh
Emlаngаnlаrni nаzоrаt qilish
II qism. NЕОNАTОLОGIYADА HAMSHIRALIK ISHI
KIRISH
Ushbu darslikda kattalarda uchraydigan kasalliklarning manbai bolalik davrlaridan boshlab yuzaga kelishi ta'kidlangan. Shuning uchun, tug’ilish, erta bolalik va bolaning rivojlanish sharoiti qanday bo’lgan bo’lsa, katta odam sog’ligi holati ham xuddi shunday bo’ladi.
Yuqori rivojlangan mamlakatlarda bolalarning tirik qolishi va uzoqyashashiyutuqlari, material-texnik rivojlanish ustunligi, chaqaloqlar intensiv terapiya bo’limlarining yaxshi ta'minlanganligi, farmasevtik ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga bog’liqdir. Chala tug’ilganlar va chaqaloqlarni parvarishlashni asosini yuqori kvalifikasiyali parvarish va kuzatuv tashkil etadi.
Oxirgi yillarda, hamshiralik jarayoni shifokorlik jarayoni bilan tenglikda qaralmoqda, hamshiralik jarayoni davolash-tashhislash faoliyatining elementi bo’lib, o’z navbatida tibbiy yordam sifatini oshirmoqda. Hozirgi vaqtda, ijtimoiy-iqtisodiy sharoit o’zgarishi munosabati bilan, bolalargatibbiy-xizmat ko’rsatishning profilaktik yo’nalishi, shuningdek, sog’lom turmush tarzini targ’ib etishga alohida e'tiborqaratishzarur. Bundan tashqari, bo’lajak tibbiyot xodimlari - talabalarga nazariy va amaliy bilim berish jarayoni sifatini oshirish fanni o’rganishning asosini tashkil qiladi.
Neonatologiya - bu yosh fanlardan biri хisoblanadi. Tibbiyotning (pediatriya) alohida qismi bo’lib, XX-asrda vujudga kelgan. Neonatologiya bola hayotining birinchi to’rt haftasidagi davri xususiyatlari va kasalliklarini o’rgatadi.
"Neonatalog" va "neonatalogiya" termini birinchi bor amerikalik pediatr olim Aleksandr Shaffer tomonidan 1960 yilda taklif etilgan. Neonatalogiyaning ma'nosi - yunoncha "neos'' - yangi, lotincha "natus''- tug’ilgan va yunoncha "logos" - ta'limot so’zlaridan tashkil topgan.
Perinatalogiya - bu tibbiyotning alohida sohasi bo’lib, homiladorlikning 28 haftasidan to tug’ruqdan so’ng chaqaloqning 7 kunligigacha bo’lgan davrni o’rganadi. U ham 3 ta so’z birikmasidan: peri (yunoncha)- atrofida yoki oldida; natus (lot. ) - tug’ilish; "logos" - (lot. ) ta'limot so’zlaridan tashkil topgan.
Perinatal davr quyidagi davrlarni o’z ichiga oladi:
-tug’ruqdan oldingi - antenatal,
-tug’ruq jarayoni boshlanishi bilan bola tug’ilishigacha bo’lgan davr - intranatal
-tug’ruqdan keyingi - neonatal davr.
Perinatal davr inson rivojlanishining eng asosiy bosqichi hisoblanadi, chunki homiladorlikning oxirgi davriga kelib homilaning shakllanishi yuz beradi, tug’ruq vaqtida homila ko’pgina omillar ta'siriga duch keladi. Bola hayotining birinchi 7 kunligida tashqimuhitga moslashish yuz beradi. Ante-, intra- va postnatal davrda nobud bo’lgan homila va chaqaloqlar soni perinatal o’lim ko’rsatkichini belgilab beradi, Shuningdek bu davrda yuzaga kelgan kasalliklar perinatal kasalliklar deb yuritiladi. Inson hayotining ante-, intra- va postnatal davrlargaajratilishi nemis akusheri E. Zaling nomi bilan bog’liq. Zaling "inson hayotining perinatal davrni turli mutaxasislar bilan birgalikda o’rganish muhimligini, perinatal kasallanish va o’lim ko’rsatgichini pasaytirishga sabab bo’ladi" deb ta'kidlaydi.
O’tgan asrning 50-70 yillaridagi ko’pgina Evropa mamlakatlaridagi kuzatuvlar Shuni isbotlaganki, tug’ilishni kamaytirish, perinatal va go’daklar o’limini (7 kunlikdan keyin) pasayishiga sabab bo’lgan. Zaling g’oyasini ko’pgina olimlar qo’llab-quvvatlaganlar va 1976 yilda Ovro’pa perinatologlarning ilmiy kengashi tuzilgan.
Perinatologiyaning rivojlanishi bilan perinatal davrning vaqtinchalik parametrlari kengaydi, ya'ni embrion va homilaning tug’ruqgacha rivojlanish davri,homiladorlikning urug’lanish jarayonidan boshlab, to homiladorlikning 28-haftasigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Shuning uchun, perinatologiya homila ichi rivojlanish davrining barcha davrlarini o’z ichiga oladi.
Oliy ma'lumotli tibbiyot hamshirasi sog’lom chaqaloqlarni parvarish- lashda yuqori malakali ko’nikmalarga ega bo’lishi va chaqaloqlar patologiyasida yordam ko’rsatishni bilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |