1 –bob. Ma’naviy barkamol shaxs tushunchasi va
uning mohiyati.
O’zbekistonda ta’lim tizimi va Ma’naviy barkamol shaxs tarbiyasi.
Avvalo, shuni ta’kidlash zarurki, 1997 yildа qabul qilingan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi deb nom olgan Ta’lim soxasini isloh qilish dasturi mamlakatimizda yangi jamiyat qurishning bosqichma-bosqich va tadrijiy rivojlanish printsipiga asoslangan iqtisodiy va siyosiy isloxotlarning biz tanlagan "o’zbek modeli" — o’z ta-raqqiyot yo’limizning ajralmas tarkibiy qismidir.
Ushbu dastur jiddiy izlanish va tadqiqotlarning, jaxondagi taraqqiy topgan ilg’or mamlakatlar tajribasini umumlashtirishning natijasi sifatida o’tmish-da majburan singdirilgan komunistik mafkuraning qolip va andozalaridan butunlay voz kechish, odamlarning, birinchi navbatda, unib-o’sib kelayotgan avlodning ongida demokratik qadriyatlarni mustaxkamlashga qaratilgan bo’lib, qisqacha aytganda, bu dastur xayotda o’z fikriga, o’zining qarashlari va qat’iy grajdanlik pozitsiyasiga ega bo’lgan, xar tomonlama yetuk va mustaqil fikrlaydigan shaxsni shakllantirishni maqsad qilib qo’yadi.
O’zoq yillar davomida vujudga kelgan eski ta’lim tizimini tubdan qayta ko’rmasdan va islox etmasdan turib bu maksadga erishish aslo mumkin emas edi.
Agarki O’zbekistonda axolining qariyb 35 foizini 16 yoshgacha bo’lgan bolalar, 62 foizdan ziyo-dini esa 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar tashkil etishini xisobga oladi-gan bo’lsaq bu isloxotlarning ro’li va axamiyati o’z-o’zidan tushunarli va ravshan bo’ladi.
Qabul qilingan dasturga muvofiq, mamlakatimizda 9+3 sxemasi bo’yicha 12 yillik umumiy majburiy bepul ta’lim tizimi joriy etildi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan modelning printsipial xususiyati shundaki, umumta’lim makta-bidagi 9 yillik o’qishdan so’ng o’quvchilar keyingi 3 yil davomida ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda taxsil olib, ularning xar biri umumta’lim fanlari bilan birga, mexnat bozorida talab qilinadigan 2-3 ta mutaxassislik bo’yicha kasb-xunarlarni ham egallaydi.
*O’zbekistonda 12 yillik ta’lim barcha uchun majburiy ekani qonunlarimizda belgilab qo’yilgan. Yana bir bor ta’kidlayman — bu biz uchun printsipial masala hisoblanadi. Ayniqsa, olis qishloq, joylarda, tugrisini aytganda, xamma x.am 12 yil o’qishni xoxdamaydi. Bugungi kunda usib kelayotgan yangi avlodimiz 12 yillik majburiy ta’lim olish bilan birga, aniq mutaxassislik va kasb-xunarga ega bo’lishi kerak. Bu, aynikea, qizlarimiz uchun muximdir. Chunki yosh oilaning mustahkamligi, avvalo, qizlar-ning biror bir mutaxassislikni egallab, hayotda o’zining mustaqil fikri va urniga ega bo’lishi bilan bevosita bog’liqdir. O’n ikki yillik majburiy ta’limdan so’ng ularning xar biri, o’z xoxishiga ko’ra, bakalavr va magistr darajasini olish uchun oliy o’quv yurtlarida o’qishni davom ettirishi mumkin.
O’tgan yillar mobaynida ta’lim tizimini tubdan yangilash va islox. etish bo’yicha miqyosi va qo’lamiga ko’ra ulkan ishlar amalga oshirildi. Qariyb 9,5 ming yoki mamlakatimizda faoliyat ko’rsatayotgan maktablarning deyarli barchasi yangitdan kurildi, kapital rekonstruktsiya qilindi va zamonaviy o’kuvlaboratoriya asbob-uskunalari bilan ta’minlandi. O’quv jarayonini sifat va metodik jixatdan butunlay yangilash bo’yicha ulkan chora tadbirlar amalga oshirildi.
Maktab ta’limi 7 ta tilda: o’zbek, qoraqalpoq, rus, kozok, kirgiz, turkman va tojik tilla-rida olib borilmoqda.
Mamlakatimizda 1500 dan ortik yangi kasb-xunar kolleji va akademik litsey barpo etildi. Siz, konferentsiya qatnashchilarining ko’pchiligi ushbu bilim maskanlari bilan tanishar ekansiz, ular o’z me’moriy kiyofasi va texnik tahminotiga ko’ra eng yaxshi oliy uquv yurtlaridan aslo qolishmasligiga ishonch xosil kilishingiz mumkin. Kasb-xunar kollejlaridagi zamonaviy o’quv-laboratoriya, kompyuter va ishlab chiqarish asbob-uskunalari o’quvchilar uchun umumiy fanlar bo’yicha nafakat to’liq bilimlar xajmini egallash, ayni vaqtda ushbu uquv yurtlaridagi zamonaviy texnika va texnologiyalarni uzlashtirish imkonini xam beradi.
Biz ta’lim tizimida o’quvchilarning nafakat keng bilim va professional ko’nikmalarni egallashi, ayni paytda chet mamlakatlardagi tengdoshlari bilan faol muloqot qilish, bugungi dunyoda ro’y berayotgan barcha voqea-xodisalar, yangilik va o’zgarishlardan atroflicha xabardor bo’lish, jaxondagi ulkan intellektual boylikni egallashning eng muxim sharti xisoblangan xorijiy tillarni xam chukur o’rganishlari uchun katta axamiyat bermoqdamiz.
Xrzirgi kunda yurtimizdagi barcha ta’lim, fan, madaniyat va mahrifat muassasalari ta’lim portali va internetga ulangan. Bu esa ta’lim jarayoniga masofadan turib o’qitish usullarini, o’quvchi yoshlar uchun axborot-kommunikatsiya xizmatlarining keng majmuini joriy etish imkonini bermoqda.
Ta’lim jarayonini islox etish va mexnat bozorida talab qilinadigan yukori malakali kadrlar tayyorlashda oliy o’quv yurtlari muxim o’rin egallamoqda. O’tgan davr mobaynida ularning soni ikki barobar ortdi va bugungi kunda mamlakatimizdagi 59 ta universitet va oliy o’quv yurtida 230 mingdan ziyod talaba ta’lim olmoqda.
O’zbekistonda Vestminster universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Turin politexnika universiteti, Rossiya neft va gaz universiteti, Moskva davlat universiteti, Rossiya iqtisodiyot universiteti kabi yuksak xalqaro obro’ e’tibor va chuqur tarixiy ildizlarga ega bo’lgan Yevropa va Osiyoning yetakchi oliy o’quv yurtlarining filiallari tashkil etildi va muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatmoqda. Ushbu oliy o’quv yurtlarida mashinasozlik, neft gaz ishi, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot va biznes boshqaruvi, moliyaviy menejment, tijorat xuquqi kabi mexnat bozorida talab yuqori bo’lgan mutaxassisliklar bo’yicha bakalavr va magistrlar tayyorlanmoqda va ularning bitiruvchilari butun dunyoda tan olinadigan diplomlarga eta bo’lmoqda.
O’zbekiston Milliy univeriteti va fnlar akademiyasi tomonidan Buyuk Britaniyaning yetakchi oily o’quv yurti Kembrich universiteti bilan hamkorlikda 2012 yilda yuksak tehnalogiyalar o’quv tajriba markazi tashkil etilmoqda. Markazning asosiy va vazifasi iqtidorli talabalara aspirant va yosh olimlarni kimyo, fizika, biologiya, biokimyo, biofizika, gealogiya va geodeziya sohalarida amaliy inavatsion ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda ilmiy ishlanmalarni amalga oshirishning zamonaviy metodlariga o’rgatishdan iborat. Markazning eng zamonaviy asbob uskunalar bilan ta’minlash ko’zda tutilmoqda. U yerda Kembrich universitetining olim va mutahasislari konkret yo’nalishdagi tadqiqot ishlarini amalga oshirish jarayonida yosh olimlarni tayyorlab boradi.
Shuni qayd etish joizki, aynan shu yo’nalish, ya’ni qator akademik ilmiy muassasalarni universitetlar ihtiyoriga berish va xamkorlikda foydalaniladigan oily o’quv yurtlariaro zamonaviy ilmiy laboratoriya majmualarini tO’zish hisobidan oily o’quv yurtlarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash va innovatsion faoliyatga asoslangan o’quv jarayonini integratsiyalashtirish hozirgi bosqichda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda yoshlarni sport bilan shugullanishiga jalb etish muxim agallaydi. Byudjet, homiylik va xayriya mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasining tashkil etilgani aynan shundan dalolat beradi. O’tgan davr mobaynida ushbu fond mablag’lari hisobidan qariyb 1500 ta eng zamonaviy, barcha yoshlar foydalanishi mumkin bo’lgan bolalar sporti ob’ekti barpo etildi. Bugungi kunda mamlakatimizdagi deyarli xar bir maktab, kollej va litsey ochiq sport maydonchalari qatorida zamonaviy sport anjomla-ri bilan jixozlangan yopiq sport zallari va suzish xav-zalariga egadir.
*Yurtimizda uch bosqichdan iborat, xar yili o’tkaziladigan, maktab o’quvchilari uchun aloxida, kasb-xunar kolleji va akademik litsey o’quvchilari uchun aloxida bellashuvlarni, oliy o’quv yurtlari talabalari uchun universiadani o’z ichiga olgan yaxlit sport musobaqalari tizimi shakllangan. Bunday tizim yuz minglab farzandlarimizni, yigit va qizlarni ommaviy ravish-da jismoniy sog’lomlashlashtirish va sport xarakatiga jalb etish imkonini bermoqda.
Mutaxassislarni tayyorlash sifati va ularning real iqtisodiyotda talab etilishi masalalari bizning doimiy e’tiborimiz markazida bo’lib kelmoqda.
Dastur doirasida kollejlar, litsey va oliy o’quv yurtlari uchun uqituvchilar va domlalar tarkibini tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini qayta tashkil etish, avvalo, o’quv-uslubiy bazani butunlay qayta ko’rib chiqish va zamonaviy talablarga javob beradigan yangi standartlar, darslik va o’quv-uslubiy qo’llanmalarni tasdiqlash bo’yicha keng miqyosdagi ishlar amalga oshirildi. Ta’lim soxasi xodimlari faoliyatini baxolash va ragbatlantirish mezonlari tubdan o’zgartirildi.
Masalan, keyingi o’n yilda kasb-xunar kollejlari, litsey va oliy o’quv yurtlari o’qituvchilari ish xaqining o’sish sur’atlari iqtisodiyotning real sohasidagi ish xaqi miqdoridan taxminan 1,5 baro-bar ko’p o’sdi.
Umuman, O’zbekistonda Ta’lim soxasini rivojlantirish va islox. etishga yo’naltirilayotgan yillik xarajatlar yalpi ichki maxsulotning 10-12 foizini tashkil etayotgani va bu tizimning Davlat byudjeti xarajatlaridagi ulushi 35 foizdan ortiqni tashkil etishi o’z-o’zidan mazkur soxaga qaratilayotgan ulkan ehtibor-ning yaqqol tasdiri hisoblanadi.
*Mamlakatimizda 1996 yilda qabul qilingan qonunga ko’ra, xar yili 1 oktyabr sanasi o’qituvchi va murabbiylar kuni — umumxalq. bayrami sifatida keng nishonlanib kelayotgani xar tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalashda pedagoglar mexnatining roli va axamiyati jamoatchiligimiz tomonidan yuksak ehtirof etilayotganining yorqin ifodasi bo’ldi.
Shu o’rinda ta’limni rivojlantirishga yo’naltirilgan xorijiy texnik yordam xajmining tobora ortib borayotganini aloxida ta’kidlashni istardim. O’tgan davrda bu boradagi yordam 500 million dollardan oshib ketdi. Bu xaqda gapirganda, birinchi navbatda, Osiyo tarakqiyot bankining salkam 290 million dollar mablag’i, Janubiy Koreya xukumatining 110 mil-liondan ortish Jaxon bankining 33 million, O’EK fondi, Saudiya fondi, Islom taraqqiyot bankining 42 million, Germaniya xukumatining «KfV» banki orxali yo’naltirilgan qariyb 20 million va boshqa donorlarning 100 million dollardan ortish yordamini qayd etish lozim.
Mana shu yuksak minbardan turib, biz uchun o’ta muxim bo’lgan ushbu vazifani xal etishda bizni qo’llab-quvvatlab, beqiyos yordam ko’rsatib kelayotganliklari uchun xalqaro moliya tashkilotlari va banklariga, barcha chet ellik sheriklarimiz, xorijiy mamlakatlar xukumatlariga samimiy minnatdorlik bildirish menga katta mamnuniyat yetkazadi.
O’zbekistonda qabul qilingan ta’lim soxasini islox etish va malakali kadrlar tayyorlash dasturini amalga oshirish bo’yicha O’tgan davrda bajarilgan ishlarni bugun qandaydir o’lchov va raqamlar bilan baxolash juda qiyin, desam, o’ylaymanki, sizlar xam bu fikrga qo’shilasiz.
Shu bilan birgaa, bu xaqda so’z yuritar ekanmiz, yana bir jixatni nazarda tutishimiz lozim. Ya’ni bizning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan Dastur bu boshqa modellarni kandaydir takrorlash yoki ulardan nusxa kuo’chirish emas, aksincha, birinchi navbatda, rivojlangan demokratik davlatlarda to’plangan tajribani o’zida mujassam etgan va ayni paytda shiddat bilan o’zgarib borayotgan xozirgi zamon talablarini xisobga olgan xolda ishlab chiqilgan dasturdir.
Bu borada yana shuni xam xisobga olish zarurki, kadimiy O’zbekiston zamini ko’p asrlar davomida fan va ma’rifat o’chog’i, jaxon tsivilizatsiyasi markazlaridan biri bo’lib kelgan, ilmu ma’rifatga intilib yashash esa xalqimiz mentalitetining ajralmas qismiga aylanib ketgan. Muxammad Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, g’arbda Avitsena nomi bilan mashxur bo’lgan Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulugbek va boshqa buyuk ajdodlarimiz butun dunyoda o’zlarining matematika, astronomiya, geodeziya, mineralogiya, farmakologiya va tibbiyot soxalaridagi tengsiz kashfi-yotlari bilan shuxrat qozonganlar.
Biz rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan zamonaviy davlat qurish yo’liga qadam qo’yib, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari izchillik bilan o’tishni ta’minlar ekanmiz, faqat milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg’unligi zaruratini teran anglaydigan, zamonaviy bilimlarni, intellektual saloxiyat va ilg’or texnologiyalarni egallagan insonlargina o’z oldimizga qo’yilgan strategik taraqqiyot maqsadlariga erishishi mumkin ekanini xamisha o’zimizga yaxshi tasavvur etib kelmokdamiz.
siyosiy va grajdanlik faolligini, o’z kelajagiga bo’lgan ishonchini oshirishning eng muxim omili va mustaxkam asosiga aylandi, desak, xech qanday mubolag’a bo’lmaydi. Bizning yangi avlodimiz, bilimli, o’tmishning xar qanday millatlaridan ozod bo’lgan yoshlarimiz bugungi kunda mamlakatimizni demokratlashtirish va liberallashtirish, uni yangilash va ishonchli tarzda ravnax toptirishning xal xiluvchi xarakatlan-tiruvchi kuchiga aylanib bormokda.
Shu borada o’tgan davr mobaynida kasbxunar kollejlari va akademik litseylarni 2 million 300 mingdan ziyod o’gilqizlarimiz bitirib chiqqani, joriy yilda esa 500 mingdan ortiq o’kuvchi o’rta toifadagi mutaxassis diplomini olib, o’qishni tamomlashini aytib o’tish kifoya, deb uylayman. Bu yoshlar nafaqat iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishning, ayni vaqtda mamlakatimiz kadrlar tarkibini sifat jixatidan yangilashning qudratli omili xisoblanadi.
Nufuzli xalqaro moliyaviy tashkilotlarning baxolariga ko’ra, O’zbekiston xaliberi davom etayotgan g’lobal moliyaviy iqtisodiy inqirozga qaramasdan, o’tgan besh yil davomida 8,5 foizdan kam bo’lmagan barqaror yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolmoqda. 2000 yil bilan solishtirganda, yalpi ichki maxsulotning ko’payishi 2,1 barobarni tashkil etdi. Joriy xisob-kitoblarning profitsiti, tashqi qarzning pastligi va valyuta zaxiralarining yetarli darajada bo’lishi ta’minlanmoqda, o’rta muddatli istiqbolda iqtisodiyotning yuqori sur’atlarda o’sishi bashorat qilinmoqda.
Shuni qayd etish lozimki, shunday sur’atlar, birinchi navbatda, tarkibiy o’zgarishilar va iqtisodiyotni diverifikatsiya qilishni chuqur va ishlab chiqarish tarmoqlarini jadal rivojlantirish, faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish xisobidan ta’min-lanmoqda.
*O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonunida (1997) xam yosh avlodning ma’naviy va madaniy tarbiyasiga aloxida e’tibor berilgan.
Bularning barchasi talaba va o’quvchilarning ma’naviy tarbiyasiga xukumat miqyosida katta axamiyat berilayotganini yorqin dalilidir. Chunki o’tish davrining murakkab kechuvi jarayonlari yoshlarning manaviy va madaniy tarbiyasiga turlicha ta’sir ko’rsatishi tabiiy edi. Jumladan bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan muayyan muddat adabiyoti, san’ati madaniyati durdonalari bilan yaxshi tanish bo’lmog’i, kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixi davomida qo’lga kiritilgan yutuqlar bilan oshno bo’lmog’i darkor. Bularning barchasi talaba-yoshlarga ma’naviy va madaniy tarbiya berish uyushtirish va rejalashtirishda diqqat-e’tiborda tutmoq talab qilinadi.
Mustaqillik – bu bizga ajdodlarimiz qoldirgan boy va muqaddas ma’naviyatdir. Shu ma’naviyatni har birimiz avaylab-asrarashimiz va mustaxkamlashimiz davlat ahamiyatiga ega muhim vazifa va burchdir. Shu vazifani amalga oshirish hal qilishda yoshlar va butun xalq ongiga mustaqillik ruhini singdirish katta ahamiyat kasb etadi.
Ma’naviy – marifiy barkamollikning qiralaridan yana biri milliy iftixordir. Milliy g’urur, bu milliy iftixordir. Millliy g’urur o’z halqining necha ming yillar davomida yaratib kelgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklari, tarixiy me’rosi, urf-odatlari, ananalari, odob-axloqi, turmush tarzi, yuksak ma’naviyati, barcha tarixiy yutuqlari va saboqlariga cheksiz hurmat va e’zoz bilan munosabatda bo’lish, avaylab-asrashdir.
O’z xalqining tarixini, milliy qadriyatlarini, tilini, istiqbol manfaatlarini bilmagan, qadrlamagan, milliy mansubligini unutgan, o’z millatining istiqboli uchun qayg’urmaydigan, kurashmaydigan kishilarda milliy g’urur ham, millat bilan faxrlanish ham, millatparvarlik ham bo’lmaydi. Bunday kishilarni ma’naviy barkamol inson deya olamiz.
Shunday qilib, yuqorida ma’naviy barkamol inson, uning mohiyati va asosiy qirralarining ba’zi jihatlari ustidagina fikr yuritdik. Uning qolgan ba’zi qirralari navbatdagi mavzularda yoritib borildi.
Ma’naviy barkamol inson tushunchasi, uning moxiyati. Bugungi kunda ma’naviyat masalasi ijtimoiy hayotimizning asosiy masalalaridan biriga aylanib qoldi.Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq bu masalaga katta va uzuliksiz e’tibor berib kelinmoqda. O’zbekiston Respublikasining Prezideti I.A.Karimovning har bir nutqi va ma’ruzalari maqola va asarlarida yuksak ma’naviyat kelajak poydevori ekanligi, qayta-qayta takitlanmoqda “Zero,-deb uqtiradi Islom Karimov,biz jamiyatimiz taraqiyotini faqatgina iqtisodiy, ijtimoiy farovonlik bilangina emas, xalqimizning ma’naviy barkamoligi, demokratik va insonparvar tamoillarning kishilar ongiga nechog’lik chuqur ildiz otish bilan baxolaymiz”. Erksevar xalqimiz mustaqillik tifayli o’z yer, o’z tili, o’z diniga ega bo’ldi: milliy g’urur izzat obro’si tiklanib, endillikda qadriatlarimiz, ma’naviy me’rosimizdan baxramand bo’lmoqdamiz. Mustaqillik va ma’naviyat bir - biriga g’oyat bog’liq tushunchalardir, ma’naviyati buyuk xalqni qul qilish abadiy istedod zulmi ostida saqlash mumkin emas. Bunday ma’naviyatni kamol topishi, qalblarga singish uchun Mustaqillikni mustaxkamlash lozim bo’ladi.
Qudratli kelajak buyuk davlat, buyuk ijtimoiy – iqtisodiy isloxatlar qudratli ma’naviyat zamirida vujudga keladi. Xar bir alohida shaxsni va butun millatni ma’naviy kamoloti orqali demakratik xuquqiy davlat barpo etiladi. Davlatimizning raxbari shu bois xam ma’naviyat va ma’rifatga doimo katta e’tibor bermoqda. Shu oqilona siyosat tufayli xalqimiz o’zligini tanib, o’z shajarasini idrok etmoqda, tarix oldidan vazifasini anglab olmoqda.
*Inson ma’naviyatini yuksaltirmasdan turib, xalqimiz xayoti va turmushi yuksalishida, xamda mamlakatimiz taraqqiyotida muvaffaqiyatlarga erishish qiyin. Isloxatlarning birinchi bosqichida milliy ma’naviyatni yuksaltirish yo’lida ko’zlangan maqsad to’la amalga oshirildi. va ikkinchi bosqichda amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalarga zamin hozirlanadi. Ma’naviy mafkuraviy parokandalik davriga barham berildi.
Ijtimoiy xodisalar bilan birga milliy ma’naviyatimiz yuksala boradi.
Yurtboshimiz Islom Karomov “O’zbekiston iqtisodiy isloxatlarni chuqurlashtirish yo’lida” asarida takitlanganidek “Xalqning ma’naviyati va madaniyati, uning haqiqiy tarixi va o’ziga xosligi qayta tiklanayotganligi jamiyatimizning yangilanish va taraqqiy ettirish yo’lida muvoffaqqiytli olg’a siljishda xal qiluvchi, ta’bir jois bo’lsa belgilovchi ahamiyatga egadir”.
Haqiyqatdan faqat ma’naviy erkin va ozod xalq teran va komil tafakkur tufayli har sohada katta yutuqlarga erishishi mumkin. Boshqacha aytganda, faqat ma’naviy sog’lom, kuchli jamiyatgina islohatlarga tayyor bo’lishi mumkin.
Ma’naviy tarbiya soxasida ko’z bo’yamachillikka yo’l qo’yish nihoyatda hatarli. Ma’naviyat jamiyat hayotining shunday bir nozik,axamiyatli sohasiki,bu borada xo’jakorsinga ish qilish iqtisodiy va siyosiy soxalarga kutilmagan turli inqirozlarni keltirib chiqarish mumkin. Ayniqsa, bu sohada
o’zibo’larchilik va lo’ttibozlikka yo’l qo’yib bo’lmaydi. Kishilarda, xususan yoshlarda yangi ma’naviyatning shakllanishi ancha murakkab va mashaqqatli jarayon xisoblanadi. Buni amalga oshirish uchun keng ko’lamli madaniy, tarixiy, ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish kerak bo’ladi. Eski tuzum sharoitida tarkib topgan ma’naviy inqirozga barham berish yangicha tafakkurga ega bo’lgan insonni shakllantirish murakkab, muayyan davrni talab qiluvchi, asta sekin amalga oshadigan jarayon bo’lganligi sababli tarixning burilish davrida jamiyat hayotida ma’naviy bo’shliq holatlari ham yuzaga kelishi tabiiydir.
Prezident tabiri bilan aytganda, bu dunyoda tabiatda ham, jamiyatda ham bo’shliq bo’lmaydi. Qayerdadir bo’shliq paydo bo’ldimi, hech shubhasiz, uni kimdir to’ldirishga harakat qiladi.
Mustaqilligimizni qo’lga kiritgandan so’ng erishayotgan yutuqlarimizni ko’ra olmaydigan kuchlar o’z maqsadlariga erishish uchun murakkab o’tish davrida ma’naviy hayotimizda yuzaga kelgan bo’shliqni to’ldirishga, shuning hisobidan o’zlarining g’arazli maqasadlarini amalga oshirishga intilib kelmoqdalar. Bunda ular avvalo boy va qadimiy ma’naviyatimizga qarshi kurashib, xalqimizni anashu bebaho ma’naviy boylikdan judo qilish uchun har – xil usul va vositalardan foydalanmoqdalar. Bunday yovuz, g’arazli hatti – harakatlarni ma’naviyatimizga qilingan tahdid va tajovvuz deb baholashimiz mumkin. Bizning o'lkamiz ham ana shunday qismatdan qochib qutulolmadi. U ham uzoq vaqt davomida hukmron shovinistik va agressiv millatchilik g'oyala-rining butun jafolarini tortib keldi. O'zbekiston Rossiya imperiyasi, so'ngra esa Sovet imperiyasi tarkibida majburan ushlab turilgan murakkab davrni boshidan kechirdi. Bu davr hozirgi paytda turlicha, ba'zan bir-birini istisno etadigan tarzda talqin qilinmoqda.
Aftidan, Markaziy Osiyoda sodir bo'layotgan hodisalarning ko'pdan-ko'p sharhlari muayyan siyosiy va mafkuraviy уо'1-yo'riqlar ta'sirida berilmoq-da, deb aytish uchun barcha asoslarga egamiz.
Shu sababga ko'ra, tarqatilayotgan fikrlardan ikkitasini alohida ajratib ko'rsatish mumkin. Bu fikrlar Markaziy Osiyo uchun mo'ljallangan xilma-xil «andozalar»ning hammasini aks ettirmasa-da, biroq ularning mualliflarini juda yaxshi tavsiflab beradi. Birinchi "andoza"ning mualliflari, ehtimol samimiy tarzda, mintaqa Rossiya imperiyasi tarkibidagi Turkis-ton muxtoriyati sifatida rivojlanib, o'z metropoliyasi-dan zarur rag'batlarni olib turar edi. Chunki chor Rossiyasi mahalliy an'analar va asoslarni yo'q qilmagan va buzmagan holda o'lkaning burjuacha tadrijiy rivojini rag'batlantirgan edi, deb hisoblaydilar.
Mintaqada o'tkazilgan bolshevikcha tajriba, shu jumladan milliy-davlat chegaralanishi, ijtimoiy tuzumning an'anaviy ko'rinishlarini bostirish yoki cheklash, iqtisodiyotning haddan tashqari ixti-soslashtirilishi ushbu guruh mualliflari tomonidan keskin tanqid qilinmoqda. Ular buni Markaziy Osiyo mintaqasidagi hozirgi ziddiyatlarning asosiy sabablaridan biri deb hisoblamoqdalar. Ayni shu mantiqqa muvofiq, kommunistik tuzumdan keyingi yangi Rossiya mintaqada barqarorlashtiruvchi rolni o'ynash uchun juda mos kelar emish.
Boshqa fikrlarga ko'ra, mintaqadagi murakkab muammolarni bu o'lkaning uzoq davom etgan mustamlaka o'tmishi keltirib chiqargan. Mustamlaka-chilik musulmon aholining ruhiyatiga mutlaqo yot unsurlarni olib kirgan. Vujudga kelgan ahvoldan qutulish yo'li sifatida o'lkaning o'z tarixiy va milliy negizlariga qaytish taklif qilinadi. Bunga esa mintaqadagi davlatlar faqat qo'shni musulmon mamlakatlariga ergashgan, kelajakda ular bilan yanada yaqinroq integratsiyaga kirishgan taqdirdagina erishish mumkin emish.
Biroq bu nuqtai nazarlarda yaxlit obyektiv va ilmiy yondashishdan ko'ra siyosat va ehtiros ancha ustunlik qiladi. Mazkur fikrlarda rasmiy mantiqning hamma belgilari mavjud boiishiga qaramay, ularning mualliflari o'ta keskin nuqtai nazarlarning ifoda-chilaridir. Bu nuqtai nazarlar ayni buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilikning xurujlari tufayli kelib chiqqan.
Qarashdan iborat halokatli ruhiyatni vujudga keltirib va mustahkamlabgina qolmadi, balki bu sivilizatsiya zo'rlik bilan joriy qilingani, milliy nafsoniyat va iftixorni kamsitgani, milliy madaniyatlar va ma'naviy qadriyatlarni toptagani, ularning ifodachilarini jismonan yo'q qilib tashlagani uchun bunday harakat tegishli qarshilikka ham uchrar edi.
Nihovat. ildiz otib ketgan boshqarish va aql o'rga-tish odati, o'zining nuqsonsizligiga ishonish strategik jihatdan xato qarorlar qabul qilinishiga olib kelishi mumkin. Bunday qarorlarning oqibatlari imperiyaning o'zi uchun portlovchi modda bo'lib xizmat qiladi. Chor hukumatining ham, Sovet davlatining ham taqdiri bnning yaqqol dalilidir.
Shovinistik kayfiyatdagi shaxslarning ahvol-i uhiyasi va siyosatida mavjud bo'lgan salbiy potensial haqida fikr yuritganda, ular dunyo miqyosida lug'diradigan boshqa bir qator tahdidlarga ham e'tiborni qaratish zarur.
Tarixiv tairibada qavta-aavta tasdiqlanganidek. s11ovinizm avtoritar tuzumlar o'rnatilishi va miistahkamlanishini rag'batlantiradi. shafaatsiz iliktaturaea olib boradi. Chunki. bo'vsundirilgan va qaram xalqlarnigina emas. balki bir qismi muqarrar lavishda bundav sivosiv vo'lga qarshi chiqadigan o'z aholisini ham boshoacha sharoitda itoatkorlikda saqlab iniish mumkin bo'lmavdi.
Shovinizmning tarixan halokatli ekanligiga sabab linki, haddan tashqari kuchayib ketgan va, ayniqsa, 11 milliy mumtozligiga ishonishga asoslangan buyuk 11 г latehilik zo'ravonlik asosiga qurilganligidadir.
Bunga esa Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobidan to’liq javob olishimiz mumkin. “Ma’naviy tahdid deganda, eng avvalo tili, dini, etiqodidan qatiynazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bo’lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqartish maqsadini ko’zda tutadigan mafkuraviy, g’oyaviy va information hurujlarni nazarda tutish lozim.
…Ma’naviyatimizga qarshi qaratilgan har qanday huruj – bu millatimizni millat qiladigan, asrlar, ming yillar davomida ajdodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan o’ziga hos va o’ziga mos hususiyatlarga milliy g’urur, milliy iftihor tuyg’usiga, bizni doimiy ravishda tadrijiy tarqqiyotga chorlaydigan, shu yo’ldagi barcha asorat va illatlardan xalos bo’lib, ozod va farovon hayot barpo etishdek ezgu maqsadlarimizga katta zarba beradigan muthish havf – hatarlarni anglatadi”.
… Bunday mafkuraviy hurujlar esa milliy va diniy tomirlarimizga bolta urushni, ulardan bizni butunlay uzub tashlashdek yovuz maqsadlarni ko’zlaydi. Bizni ko’raolmaydigan g’arazli kuchlarning ma’naviyatimizga qarshi qaratilgan har qanday tahdidi o’z – o’zidan mamlakat havfsizligini, uning milliy manfaatlarini, sog’lom avlod kelajagini taminlash yo’ldagi jiddiy hatarlardan biriga aylanishi va ohir – oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin.
Eng yomoni bunday hurujlarning pirovard oqibati odamni, ayniqsa, yoshlarni o’zi tug’ilib o’sgan yurti va xalqidan tonishga, vatanparvarlik tuyg’ularidan mahrum etishga va hamma narsaga loqayd bo’lgan shaxsga aylantirishga qaratilgani bilan havflidir.
*Xalqimiz ma’naviyatiga qilinayotgan tahdid va hujumlarning yo’nalishlari hilma – xildir. Bunda esa ular xalqimizning islom diniga bo’lgan e’tiqotidan foydalanishga alohida ahamiyat qaratmoqdalar.
“Din, hususan, islom dini, deb takidalydi Prezidentimiz o’z asarida, … shu nuqtaiy nazardan qaraganda, muqaddas islom dinimizni pok saqlash, uni turli xil g’arazli huruj va hamlalardan, tuhmat va bo’htonlardan himoya qilish, uning asl mohiyatini unib o’sib kelayotgan yosh avlodimizga to’g’ri tushuntirish, islom madaniyatining ezgu g’oyalarini keng targ’ib etish vazifasi hamon dolzarb bo’lib kelmoqda.”
Xalqimiz ma’naviyatining negizini tashkil etuvchi islom dinidan ham g’arazli kuchlar uni buzub talqin etib foydalanishga harakat qilmoqdalar. Bunda ular islom dini va diniy aqidaparastlik tushunchalarini teng qo’yishdan foydalanmoqdalar. Ular islom dinini niqob qilib olib, manfur ishlarini amalga oshirayotgan mutasib kuchlar hali ongi shakillanib ulguragan, tajribasiz, g’o’r yoshlarni o’z tuzog’iga ilintirib, bosh ko’zini aylantirib, ulardan o’zini nopok maqsadlari yo’lida foydalanmoqda. Bunday nojo’ya harakatlar avvalo muqaddas dinimizning shaniga dog’ bo’lib tushadi, ohir – oqibat ma’naviy hayotimizga salbiy tasir ko’rsatadi. Bo’shliqdan foydalanib, chetdan ma’naviyatimiz uchun mutlaqo yot bo’lgan, ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarinio’zichiga olgan "ommaviy madaniyat" yopirilib kirib kelishi xam ma’naviyatga qilinayotgan taxdidning yo’nalishi ekanligini yoddan chiqarmasligimiz lozim. Prezidentimiz takidlaganidek, "..."ommaviy madaniyat" degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo’ravonlik, individualizm, egotsentrizm g’oyalarini tarqatish kerak bo’lsa, shuning xisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning (jumladan o’zbek xalqining) necha ming yillik anana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik. ularni qo’porishga qaratilgan xatarli taxdidlar odamni tashvishga solmay qo’ymaydi".1 Ayiqsa, so’nggi yillarda san’atda oshkoralikni pesh qilib, televizor, kino ekranlarida, videotasmalar, matbuot vositalarida bo’lmag’ur lavxalarni aks ettirish, bemanilik va xayosizlikni, ba’zan esa xatto axloqiy buzuqlikni targ’ib qilishlar ko’payib qolganligi o’zligini anglagan insonni befarq qoldirmaydi. Ma’naviyatimizga qilinayotgan bunday tajovuzkorona xarakatlar xalqimiz uchun mutlaqo begona mafkura va dunyoqarashni avvalo beg’ubor yoshlarimizning qalbi va ongiga singdirishga qaratilgani bilan ayniqsa xatarlidir.
O'zbekiston Respublikasi ham ana shu hodisalar ta'siridan chetda qolgani yo'q. O'tgan mustaqil rivojlanish yillari davlatimizning suvereniteti va barqarorligiga tahdid saqlanib qolmoqda, deb aytish uchun asos bo'la oladi. Bu tahdid buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik ruhidagi shiorlarda, bildirilayotgan fikrlarda, sharhlarda va muayyan xatti-harakatlarda aniq namoyon bo'lmoqda.
Bu insoniyat tarixida aslo yangi hodisa emas. Zotan, tarixda ayrim yirik davlatlar va ko'p sonli xalqlarning atrofdagi mamlakatlar bilan o'z munosabatlarini ustunlik va mumtozlik nuqtai nazaridan amalga oshirishga intilganligini ko'rsatuvchi misollar juda ko'p. Bunday yondashuv ko'p martalab keng ko'lamdagi to'qnashuvlarga, qonli urushlar va mojarolarga olib kelgan. Butun-butun xalqlar o'rtasidagi o'zaro mu-nosabatlarda ishonchsizlik va shubha tug'dirgan. Afsuski, ular ba'zan avloddan-avlodga o'tib kelgan.
Bir qarashda, go'yo insoniyat XXI asr bo'sag'a-sida yetarli darajada aql-idrokli bo'lib qolgan holda o'zining tarixiy tajribasiga asoslanib, asrlar davomida tarkib topib kelgan ba'zi bir andozalardan voz kechishi tabiiy bo'lib ko'rinadi. Ya'ni, insoniyat hozirgi jahon hamjamiyatining ochiqdan-ochiq ko'rinib turgan xil-ma-xilligi va ko'p qirraliligini, uning barcha subyekt-lari o'rtasidagi to'la teng huquqlilikni ham butun jahon sivilizatsiyasi muvaffaqiyatli rivojlanishining tabiiy va zaruriy sharti sifatida e'tirof etilishini talab qiladi.
Biroq shovinistik va agressiv millatchilik inersiya-sining kuchi hali shu qadar zalvorliki, bu kuch unga duch kelganlar uchun ham, uni boshqalarga qarata-
yotganlar uchun ham naqadar xavfli ekanligini payqamaslik mumkin emas.
Ushbu tarixiy tajriba shundan saboqberadiki, katta siyosatga intilayotgan, boshqa xalqlarni kamsitish va cheklash asosida o'z xalqiga farovonlik yaratib berishga va shu holatni saqlab turishga harakat qilayotgan siyosatchilar va shaxslarning xatti-harakatlarini hech qanday olijanob niyatlar ham oqlay olmaydi. Shunga qaramay, hozircha bunday xurujlar mavjud va juda se-zilarli. Ularni esdan chiqarmaslik va hushyor turish zarur.
Biz buyuk davlatchilik shovinizmini va agressiv millatchilikni qanday tushunamiz, uning hozirgi ko'rinishlari nimalardan iborat?
Tarixiy tajribaga asoslanib, bu hodisani muayyan kuchlar va davlatlar tomonidan bo'ladigan siyosiy, mafkuraviy va iqtisodiy hukmronlik deb yoki millatlararo va davlatlararo, mintaqaviy munosabatlarda unga intilish deb ta'riflash mumkin.
Shovinizm ba'zi ko'p sonli millatlarning nafaqat ko'p millatli imperiya doirasida, balki uni o'rab turgan jo'g'rofiy-siyosiy makonda ham o'zining mutlaq Imkmronligini o'rnatish uchun kurashida namoyon bo'ladi.
Odatda, hudud jihatidan kichik bo'lgan va eng Igosiysi — iqtisodiy imkoniyatlari zaiflashgan va ichki beqaror davlatlar ana shunday da'volarga nishon bo'ladi.
Buyuk davlatchilik shovinizmi boshqa millatlar va inmilakatlar bilan o'zaro madaniyatli hamkorlik Qilishga tayyor emaslikdan kelib chiqadi.
Bugungi kunda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, ma’naviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash ommaviy madaniyat" namoyondalarining qarashlari bo’lib, u jamiyat tarqqiyotiga, inson xayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga xavf solmoqda. Ko’pchilik butun jaxonda bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga qarshi kurashish, uni oldini olish naqadar muxim ekanini anglab yetmoqda.
Prezidentimiz xalqimizning ma’naviyatiga qilinayotgan bunday Ma’naviy xuruj va taxdidlardan asrash va unga qarshi qanday kurarashish kerakligi haqida to’xtalib quyidagi fikrlarni aytgan edi: "Agarki mendan, xozirgi kunda ma’naviyatimizni asrash uchun nima qilish lozim va unga taxdid soladigan xurujlarga nimani qarshi qo’yish kerak, deb surashsa, men avvalambor shu yurtda yashayotgan harqaysi inson o’zligini anglashi, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimiz, ulug’ ajdodlarimizning merosini chuqurroq, o’zlashtirish, bugungi tez o’zgarayotgan xayot voqeliginni ongli qarab, mustaqil fikrlashi va diyorimizdagi barcha o’zgarishlarga daxldorlik tuyg’usi bilan yashashi zarur, deb javob bergan bo’lardim.”
Yurtboshimiz bu boradagi fikrlarini davom etirib, ma’naviy tahdid va hurujlarga qarshi kurashda “fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish xar qachongidan ko’ra muhim ahamiyat kasb etmoqda”, - deb takidlagan edi.
Xalqimizga ma’lumki, kishi organizimiga har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizimida unga qarshi imunitet hosil qilinadi.
Bizlar xam farzandlarimizni Ona Vatanga muxabbat, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruxida tarbiyalash uchun, avvalo ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirishimiz zarur. Toki yoshlarimiz milliy o’zligini, shu bilan birga, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo’lib yetishsin. Ana shunda joxil aqidaparastlarning "da’vati" xam, axloq,-odob tushunchalarini rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g’oyalar taxdid qilib, ularga o’z tahsirini o’tkaza olmaydi.
*Agarki mamlakatimizning xar bir fuqarosi, xususan usib kelayotgan yosh avloduv mustaqil fikriga, zamonlar sinovidan o’tgan xayotiy-milliy qadriyatlarga, sog’lom negizda shakllangan dunyoqarash va mustaxkam irodaga ega bo’lmasa, xar turli ma’naviyat taxdidlarga, ularning gox oshkora, gox pinxona ko’rinishdagi ta’siriga bardosh berish anchayin qiyin kechadi.
Mustaqilligimizning o’tgan yillari davomida biz xalqi-mizning dunyoda xech kimdan kam bo’lmasligi, farzandlarimizni bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya, xech shubxasiz muxim axamiyat kasb etadi. Ma’naviy tarbiya masalasida xushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yuqtrisak, bu o’ta muxim ishni o’z holiga, o’zibularchilikka tashlab qo’yadigan bo’lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yug’irilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir oqibat o’zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo’lidan chikib qolishimiz mumkin.
Yoshlarimizning ma’naviy tarbiyasida beparvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar o’zibularchilikka tashlab qo’yilsa, usha yerda ma’naviyat eng ojiz va zaif nuktaga aylanali. Yoki aksincha qaerda xushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron bo’lsa, o’sha yerda ma’naviyat qudratli kuchga aylanadi.
Mamlakatimiz raxbariyati tomonidan ma’naviyatni qudratli va engilmas kuch ekanligini tugri anglab, yoshlarimizning iymon-e’tiqodini mustaxkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni mustahkam fikrga ega bo’lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash ishiga aloxdda e’tibor qaratib kelinmokda. Zotan, mustaqil mamlakatimizning kelajagi uchun ma’naviyati yuksak, barkamol insonlar zarur. Shuning uchun xam yurtboshimiz "Yuksak ma’naviyat - kslajak poydevori"', "Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch" kabi shiorlarni yana balandrok. Ko’tardiki, yuksak ma’naviyat mustaqillikni asrab-avaylash, mustahkamlash, rivojlantirish va takomillashtirish uchun muxim va zaruriy tamoyillardan biri bulib qoldi.
Ma’naviyatli va istedodli kishilar o’z maslagi, Vatani uchun jonini fido qil ishga xar doim, xar daqiqada tayyor bo’ladilar.
O’zbekiston bozor munosabatlariga to’la o’tayotgan davrda ma’aviy-axloqiy qadriyatlarning axamiyati tobora o’sib borayotganligi ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashni eng dolzarb sifatida kun tartibiga qo’ymoqda. Shu ma’noda Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi fikrlari xozirgi davrda har qachongidan xam ko’ra muxim axamiyat kasb etadi: "Bu soxadagi ishlarimizning pirovard maqsadi - iymon-e’tiqodi butun, irodasi baquvvat erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirishdir. Ya’ni mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkurga tayanib yashaydigan barkamol shaxs - komil insonni tarbiyalashdan iborat. Bozor munosabatlarida xam yuksak ma’naviyatli va axloq.-odobli, iqtidorli, bilim saviyasi yuqori va chuqur zukko, ishbilarmon, ishchan kishilar zarur. Qashshoq. Ma’naviyatli, ma’naviy-axloqiy darajasi sust, bilim saviyasi yuzaki va past, ishning ko’zini bilmaydigan kishilar bozor munosabatlarida tarqqiyotni tezlashtirishga erisholmaydilar. Bundan xulosa shuki, hech ikkilanmay va kechiktirmasdan ma’naviy-ma’rifiy tarbiya masalasi xaqida o’ylash, uni to’g’ri yo’lga solish vazifasi kelib chiqadi. Bunda biz vatanparvar bobomiz Abdulla Avloniyning “Tarbiya bizlar uchun yo xayot, yo mamot, yo najot, yo xalokat, yo saodat, yo falokat masalasidir" degan o’gitiga amal qilishimiz kerak.
Oldimizda turgan ezgu maqsadlarimiz — mamlakatimizning kelajagi xam, ertangi kunimiz, erkin va farovon xayotimiz ham O’zbeksiton XXI asrda jaxon xamjamiyatidan qanday o’rin egallashi xam - bularning barcha barchasi, avvalambor yangi avlod, unib o’sib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar bo’lib voyaga yetishiga bog’liqdir.
Vatanimiz ertangi kunini, o’z zuryodlari baxtu istiqbolini istaydigan xar bir odam - u kim bo’lishi, qanday lavozim egasi bo’lishidan qatiy nazar, farzandlarimizning ma’naviy, g’oyaviy tarbiya masalasidan chetda turmasligi kerak. Bugun bu o’ta muxim masalaga beparvo qarashga, loqayd bo’lishga xech kimning xaqqi yo’q.
O'zbekiston Respublikasi ham ana shu hodisalar ta'siridan chetda qolgani yo'q. O'tgan mustaqil rivojlanish yillari davlatimizning suvereniteti va barqarorligiga tahdid saqlanib qolmoqda, deb aytish uchun asos bo'la oladi. Bu tahdid buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik ruhidagi shiorlarda, bildirilayotgan fikrlarda, sharhlarda va muayyan xatti-harakatlarda aniq namoyon bo'lmoqda.
Bu insoniyat tarixida aslo yangi hodisa emas. Zotan, tarixda ayrim yirik davlatlar va ko'p sonli xalqlarning atrofdagi mamlakatlar bilan o'z munosabatlarini ustunlik va mumtozlik nuqtai nazaridan amalga oshirishga intilganligini ko'rsatuvchi misollar juda ko'p. Bunday yondashuv ko'p martalab keng ko'lamdagi to'qnashuvlarga, qonli urushlar va mojarolarga olib kelgan. Butun-butun xalqlar o'rtasidagi o'zaro mu-nosabatlarda ishonchsizlik va shubha tug'dirgan. Afsuski, ular ba'zan avloddan-avlodga o'tib kelgan.
Bir qarashda, go'yo insoniyat XXI asr bo'sag'asida yetarli darajada aql-idrokli bo'lib qolgan holda o'zining tarixiy tajribasiga asoslanib, asrlar davomida tarkib topib kelgan ba'zi bir andozalardan voz kechishi tabiiy bo'lib ko'rinadi. Ya'ni, insoniyat hozirgi jahon hamjamiyatining ochiqdan-ochiq ko'rinib turgan xil-ma-xilligi va ko'p qirraliligini, uning barcha subyekt-lari o'rtasidagi to'la teng huquqlilikni ham butun jahon sivilizatsiyasi muvaffaqiyatli rivojlanishining tabiiy va zaruriy sharti sifatida e'tirof etilishini talab qiladi.
Biroq shovinistik va agressiv millatchilik inersiya-sining kuchi hali shu qadar zalvorliki, bu kuch unga duch kelganlar uchun ham, uni boshqalarga qarata-
yotganlar uchun ham naqadar xavfli ekanligini payqamaslik mumkin emas.
Ushbu tarixiy tajriba shundan saboqberadiki, katta siyosatga intilayotgan, boshqa xalqlarni kamsitish va cheklash asosida o'z xalqiga farovonlik yaratib berishga va shu holatni saqlab turishga harakat qilayotgan siyosatchilar va shaxslarning xatti-harakatlarini hech qanday olijanob niyatlar ham oqlay olmaydi. Shunga qaramay, hozircha bunday xurujlar mavjud va juda se-zilarli. Ularni esdan chiqarmaslik va hushyor turish zarur.
*Biz buyuk davlatchilik shovinizmini va agressiv millatchilikni qanday tushunamiz, uning hozirgi ko'rinishlari nimalardan iborat?
Tarixiy tajribaga asoslanib, bu hodisani muayyan kuchlar va davlatlar tomonidan bo'ladigan siyosiy, mafkuraviy va iqtisodiy hukmronlik deb yoki millatlararo va davlatlararo, mintaqaviy munosabatlarda unga intilish deb ta'riflash mumkin.
Shovinizm ba'zi ko'p sonli millatlarning nafaqat ko'p millatli imperiya doirasida, balki uni o'rab turgan jo'g'rofiy-siyosiy makonda ham o'zining mutlaq Imkmronligini o'rnatish uchun kurashida namoyon bo'ladi.
Odatda, hudud jihatidan kichik bo'lgan va eng asosiysi — iqtisodiy imkoniyatlari zaiflashgan va ichki beqaror davlatlar ana shunday da'volarga nishon bo'ladi.
Buyuk davlatchilik shovinizmi boshqa millatlar va inmilakatlar bilan o'zaro madaniyatli hamkorlik Qilishga tayyor emaslikdan kelib chiqadi.
Endilikda ma’naviy va ma’rifiy tarbiya mustaqil davlatimiz siyosati darajasiga ko’tarildi. Negaki, tarqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. Yurtdoshlarimizning texnikaviy bilimi, murakkab texnalogiyani egallash qobiliyati ma’naviy barkamonllik., mustaqil tafakkuri bilan birga borishi kerak. Zero, aqliy zakovvat va ruhiy – ma’naviy salohiyat marifatli insonning ikki qanoti bo’ladi. Butun ma’naviy va ma’rifiy tarbiya ishimizni shu qoidaga asoslanib qurmog’imiz lozim. Bu zamon, mustaqil taraqqiyotimiz, bozor munosabatlari davri talabidir.
Komunustik mafkura va uning axloq normalaridan voz kechilganidan so’ng jamiyatda paydo bo’lagan g’yaviy – manaviy bo’shliqdan
Ma’naviy tarbiya soxasida ko’z bo’yamachillikka yo’l qo’yish nixoyatda xatarli. Ma’naviyat jamiyat xayotining shunday bir nozik,axamiyatli soxasiki,bu borada xo’jakorsinga ish qilish iqtisodiy va siyosiy soxalarga kutilmagan turli inqirozlarni keltirib chiqarish mumkin. Eski tuzum sharoitida tarkib topgan ma’naviy inqirozga barxam berish, yangicha tafakurga ega bo’lgan insonni shakilantirish murakkab, muayyan davr talab qiluvchi, asta-sekin amalga oshadigan jarayon bo’lishligi sababli tarixning burishi davrlarida jamiyat xayotida ma’naviy bo’shliq xolatlari xam yuzaga kelishi tabiiydir. Bu bo’shliq jamoat uchun iqtisodiy, siyosiy inqirozga nisbatan ancha xatarliroq kechadi.
Shu sababli tarixiy burilish davrida ab’yektiv tarzda yuzaga keladigan bunday xolatlarni chuqur anglab, ularga to’g’ri munosabatda bo’lmog’i lozim. Mamlakatimiz raxbaryati buni to’g’ri anglab, bunday xolatlarning qalqib yuzaga chiqishini oldini faqat odamlarimiz avvalombor yoshlarimizning iymon – e’tiqodini mustaxkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o’z mustaqil fikriga ega bo’lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash orqaligini olish mumkinligini mustaqillik, tafakkuri ma’naviyatini, shakillantirish maqsad, vazifa vositalari yo’llarini izlab toppish xayotga joriy etish orqali xal etish mumkinligini takitlab kelmoqda.
Ma’naviyatli va e’tiqotli kishilar o’z maskani, vatan uchun jonini fido qilishga xam tayyordirlar.
O’zbekiston bozor munosabatlariga to’la o’tayotgan davrda ma’naviy – axloqiy qadryatlarning axamiyati tobora o’sib borayotganligi ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash eng dolzarb masala sifatida kun tartibiga qo’ymoqda.
Shu ma’noda yurtboshimiz I.Karimov ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlis birinchi sessiyasida “Ozod va Obod vatan, erki va farovon xayot – provord maqsadimiz” nomli maruzalardagi quydagi fikrlariga e’tiborini qaratmoq lozim “ Bu soxadagi ishlarimizning provard maqsadi iymon e’tiqodi butun, irodasi baquvvat erkin fuqoro ma’naviyatini shakilantirishdir.
Ya’ni mustaqil dunyoqarashga ega ajdodlarimizning bebaxo me’rosi va zamonaviy tafakkuriga tayanib yashaydigan barkamol shaxs komil insonni tarbiyalashdan iborat.
Bozor munosabatida xam yuksak ma’rifatli va axloq –odobli, iqtidorli bilim saviyasi yuqori va chuqur zukko ishbilarmon ishchan kishilar zarur. Qashoq ma’naviyat, ma’naviy –axloqiy sust bilish saviyasi yuzaki va past, imning ko’zini bilmaydigan kishilar bozor munosabatlarida ko’zlangan maqsadga erishga olmaydilar. Bunday xulosa shuki xech kechiktirmay, ikkilanmay ma’naviy – marifiy tarbiya masalasi xaqida o’ylagach, uni to’g’ri yo’lga solish vazifasi kelib chiqadi.
Endilikda ma’naviy va ma’rifiy tarbiya mustaqil davlatimiz siyosat darajasida ko’tarildi. Chunki Prezidentimiz takitlaganidek, taraqqiyot taqdirini ma’naviy jixatlari yetuk odamlar xal qiladi.
Yurtdoshlarimizning texnikaviy bilimi murakkab texnalogiyani egallagan qobilyati ma’naviyati barkamollik, mustaqil tafakkur bilan birga borish kerak. Aqliy zakovat va ruxiy – ma’naviy saloxiyat ma’rifatli insonning ikki qanoti bo’ladi.
Butun ma’naviy va ma’rifiy tarbiya ishlashimizni shu qoidaga asoslanib turmogimiz zamon mustaqil taraqqiyotimiz, bozor munosabatlari davr talabidir. Prezidentimiz erkin fuqoro, ozod shaxs, barkamol inson xaqida gapirib, quydagi tort jixatga e’tiborini qaratadi, ya’ni xar bir fuqoro:
O’zxaq-xuquqini taniydigan bo’lsin buning uchun kurashsin.
O’z kuch va imkoniyatlariga tayanadigan bo’lsin, imkoniyatlarini ishga solib,
samarasini ko’rsin;
- Atrofida sodir bo’layotgan voqea xodisalarga mustaqil munosabat bildira olsin;
- Shaxsiy ma’nfatlarini mamlakat va xalq manfaati bilan uyg’un xolda ko’rib faoliyat yuritsin. Bular barkamol inson fazilatlari xaqida aniq va to’liq ma’rifatdir. Ma’naviy barkamol inson – shuxrat, mansab, moddiy boylik ketidan quvimay, moddiy qiyinchiliklarga duch kelganda qadi bukilmaydi, bozor uyushtiraman tuxmatu – fitnalar uning ruxini tushira olmaydi.
*Mustaqil tafakkuri keng qamrovli bo’lib, u quydagilarning o’z ichiga oladi.
- Vatan istiqboli va istiqloli xaqida qayg’urish:
- Xalqi yurti qadr – qimmati, or-nomusini anglash va buni ximoya qilish.
- Butun mexnati, estedodi, imkoniyatini, zarur bo’lsa jonini xam yurt istiqboli xalq baxti uchun baxshida etish va boshqalar.
Shunday qilib, yuqorida ma’naviy barkamol inson, uning moxiyati va asosiy qirralarining ba’zi jixatlari ustidagina fikr yuritdik.
Uning qolgan ba’zi qirralari navbatdagi savol va ma’ruzalar bayonida yoritib boriladi. Milliy san’atimiz milliy qadriyatlarimiz ajralmas qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham milliy san’atimizda milliy ruh bo’lsagina yoshlarimizni milliy-ma’naviy barkamol qilib tarbiyalashimiz mumkin bo’ladi. Milliy ruhdagi asarlarning kishilar qalbiga kirib borishida televideniya imkoniyatlaridan foydalanishga alohida axamiyat berish talab etiladi. Kishilarimiz “Otalar so’zi – aqlning ko’zi” kabi ko’rsatuvlarida sabrsizlik bilan kutgandek, ma’naviy yuksaklikka chorlaydigan, ya’ni jasorat va oliyjanoblikni, ma’naviy go’zallik va axloqiy poklikni, ulug’vorlik, nafosat va ma’naviyat qadriyatlarimizni targ’ib etuvchi badiiy yuksak adabiyot va san’at asarlariga muxtojdir. Chunki, ular ma’naviyatimizni yuksaltiribgina qolmasdan, shuning bilan birga yoshlarimizga ilm egallashda, millat va vatanni taraqqiy ettirishga fidoiylik ko’rsatishda, zavq-shavq, ilhom bag’ishlaydigan vositalarning asosiylaridan biri hisoblanadi.
Erksevar xalqimiz mustaqillik tufayli o’z yeri, diniga ega bo’ldi, milliy g’ururi, izzat obro’si tiklanib, endilikda qadryatlarimiz, ma’naviy merosimizdan baxramand bo’lmoqdamiz.Mustaqillik va ma’naviyat bir – biriga g’oyat bog’liq tushunchadir.
Ma’naviyati yuksak xalqni qul qilish, abadiy istibdod zulmi ostida saqlash mumkin emas.Bunday ma’naviyatning komol topishi, qalblarga singishi uchun mustaqillikni mustahkamlash ham lozim bo’ladi.Qudratli kelajagi buyuk davlat, buyuk ijtimoiy – iqtisodiy islihatlar yuksak ma’naviyat zamirida vujudga keladi.Har bir alohida shaxsning va butun millatning ma’naviy kamoloti orqali demokratik xuquqiy davlat barpo etiladi.Davlatimiz rahbari shuning uchun ham ma’naviyat va ma’rifat doimo katta e’tibor berib kelmoqda. Shuoqilona siyosat tufayli xalqimiz o’zligini tanib, o’z shajarasini idrok etmoqda, tarix oldidagi vazifasini anglab olmoqda.
Inson ma’naviyatini yuksaltirmasdan turib, xalqimiz hayoti va turmushi yuksalishida, hamda mamlakatimiz taraqqiyotida muvafaqqiyatlarga erishish qiyin.
Mustaqillikka erishgach umuman dinga, hususan Islomga xalqimiz ma’naviyatining yuksalishi mezonlaridan biri sifatida qaraldi. Istiqlol yillarida Islom dini va diniy qadriyatlar yo’lida uzoq yillar davomida o’rnatilgan sun’iy to’siqlar, zararli g’ovlar, qilingan tazyuqu ta’kiblar olib tashlandi, fuqarolarning diniy erkinliklariga chek qo’yish, yo’l bermasliklar batamom tugatildi. Diniy tashkilotlaru dindorlarga, diniy qadriyatlarga nisbatan munosabat keskin o’zgardi. Chunki, din azaldan inson ma’naviyatining tarkibiy qismi sifatida odamzodning yuksak ideallari, xaq va xaqiqat, insof va adolat to’g’risidagi orzu-armonlarini o’zida mujassam etgan, ularni barqaror qoidalar shaklida mustaxkamlab kelayotgan g’oya va qarashlarning yaxlit bir tizimidir.
Muqaddas Islom dinining mustaqil O’zbekiston xayotidagi axamiyati, uning odamlar ruhiy-ma’naviy dunyosiga ko’rsatib kelayotgan ta’siri haqida Prezident I.A.Karimov o’z asarida quyidagilarni ta’kitlaydi: “Ayniqsa, ko’p asarlar mopaynida xalqimiz qalbidan chuqur joy olib, xayot ma’nosini anglash, milliy madaniyatimiz va turmush tarzimizni, qadriyatlarimiz, urf-odat va ananalarimizni bezavol saqlashda muqaddas dinimiz qudratli omil bo’lib kelayotganini aloxida ta’kitlash joyiz. Nega deganda, insoniylik, mehr-oqibat, halollik, ohiratni o’ylab yashash, yaxshilik, mehr-shafqat singari xalqimizga mansub bo’lgan fazilatlar aynan shu zaminda ildiz otadi va rivojlanadi… Xalqimizning ma’naviyatini rivojlantirishga, har qaysi insonning Allox marhamat qilgan bu xayotda to’g’ri yo’l tanlash, umrning mazmunini anglashi, avvalombor, ruhiy poklanish, yaxshilik va ezgulikka intilib yashashida uning ta’sirini boshqa hech qanday kuch bilan qiyoslab bo’lmaydi…”
Sho’rolar davrida dinning, hususan Islomning jamiyat va inson ma’naviy xayotidagi axamiyati ataylab kamsitib kelindi, u tazyiq va ta’qiqqa yo’liqdi.
Lekin har qanday shavqatsiz ta’kiblarga qaramay, xalqimiz baribir o’z muqaddas dinga sodiq qoldi.
Xalqimiz hali hanuz boshida kechirgan diniy bayramlardagi xadiksirash, markazdan kelgan ko’rsatmalardan tashqariga chiqmagan faoliyat, ya’ni diniy qadriyatlari toptalgan davrni unutganicha yo’q. Vaholanki din yaratuvchanlik va bunyodkorlik, uyushtiruvchilik hamda hamisha jamiyat rivoji, insoniyat kamolotiga hizmat qilgan. Ana shu xaqiqatni tushunmaslik jamiyatda turg’unlikni ta’minladi, uni jar yoqasiga olib keldi.
Insonning ma’naviy kamolat darajasiga ko’tarilishida, jamiyatning madaniy-ma’rifiy ravnaqiga har qanday millatga hos ona tilining mavqei, nufuzi, o’rni favqulotdda muhim ijtimoiy, siyosiy axamiyat kasb etadi. Til millat ma’naviyati ma’rifati va madaniyatning holati, darajasini ifodalovchi bosh mezon, ko’zgudir.
Do'stlaringiz bilan baham: |