6. Jismoniy tarbiyani asosiy fan hisoblaysizmi?
Jismoniy tarbiyani asosiy fan hisoblaysizmi savolimizga o`g’il bolalarning 15
tasi, qizlarni esa 17 tasi “Ha” deb javob berishdi.
Olingan tadqiqot natijalari shuni ko`rsatdiki, jismoniy tarbiya deganda
o`quvchilar ikkilamchi vazifa sifatida qarashlari aniqlandi. Lekin jismoniy tarbiya
hamma jabhalarda asosiy omil bo`lib hisoblanishini unutmasligimiz lozim.
- 40 -
3- BOB. SOG’LOM TURMUSH TARZI JISMONIY MADANIYATI.
«Sog’lom turmush tarzi jismoniy madaniyata odobi shunday narsaki, u
keraksiz bo`lib qolmaydi, ishlatmasang yo`qolib ham ketmaydi, kerak paytda esa
senga ko`makchi bo`ladi» - deb yozadi ushbu risolamiz mualliflaridan biri
professor SH.X.Xankeldiev o`zining ilmiy maqolalaridan birida.
Haqiqatdan ham STT jismoniy madaniyatini xunar yoki kasb, unga egalik
san`algidan bexabar odamdek «men buni bilmayman» deyish uyatdek gap. Chunki
inson fan-texnika yutuqlari yoki hayot, turmush tarzining ahamiyati-yu
muammolarini zaruriyat bo`lmasa ham «zo`r» biladi, lekin o`z jismining
madaniyatiga oid bilimlari esa o`ta past.
Sog’lom turmush tarzi jismoniy madaniyati marddik, jasurlik va matonatdek
sub`ektiv qadriyatlarni o’rganishi va qo’llanishi ishi uchun vosita bo`ladi.
Mardlik, jasurlik va matonat fazilatlarini tarbiyalash jarayoni jismoniy
mashqlar bilan shug’ullanish malumotlarining barcha shakllarida - u
sog’lomlashtirish jismoniy madaniyati mashg’ulotlari tarkibidami, ommaviy sport
turi bilan shug’ullanish malulotlaridami, shug’ullanuvchining istagisiz namoyon
bo`lishi amaliyotda isbotlangan. Bu tarixiy, umuminsoniy fazilatlar yuksak
ma’naviyatli, har tomonlama jismonan garmonik rivojlangan intellektual
resurslarning shakllanishiga zamin bo`ladi.
Jamoa, davra, yig’inning e`tiborida bo`lish (kurash, ommaviy tadbirlar,
bayramlar, musobaqalar jarayonida va boshqalar)da o`zini tutishi, g’olib bo`lganda
yoki mag’lubiyatdan, so`nggi vaziyatdan sharaf bilan chiqish, buni qayd qilgan
faqat bizning yurtimiz xalqlari uchun xos bo`lgan sub`ektiv qadriyatlar mardlik,
jasurlik va matonat shakllanishida vosita bo`ladi. Zarur bo`lganda o`ylab o`tirmay
matonat talab qiladigan, mardlik, jasurlik namoyon qiladigan vaziyatlarda o`zini
yo`qotmaslik, o`zini boshqarishdek jihatlari bilan jismoniy madaniyatga egaligi
darajasini namoyon qiladi.
Sog’lom turmush tarzi jismoniy madaniyati qadriyat sifatida o`z ichiga
quyidagilarni oladi:
- 41 -
-jamiyat a’zosining salomatligi, vujudi qismlarining xizmat faoliyati darajasi,
tanining sixatligi, uni zarur darajada ushlashga yordam beradigan tizimli
mashg’ulotlarni;
-jismoniy tayyorgarligi (yetuklik) - kuchi, tezligi, chaqqonligi, chidamliligi,
egiluvchanligining darajasini;
-jismoniy rivojlanganligi - vazni, bo`yi, tanasi a`zolarining o`lchami va ularni
o`ziga yarasha darajada ushlashga oid nazariy bilimlari va amaliy malakalarni;
-jismoniy yetuklik va jismoniy barkamollikka oid nazariy bilimlarni va amaliy
malakalarni;
-kun tartibi tarkibida xarakat faolligi o`quv, mehnat faoliyati, «aktiv», «passiv»
dam olish madaniyati;
-aqliy va jismoniy faoliyat uchun sarflanadigan energiya (quvvat)ni tiklashni
boshqara olish;
-ommaviy sport turlaridan biri bilan shug’ullanishni;
-salomatlik trenirovkalarining mazmuni va uni tashkillashni;
-sog’lomlashtirish mashg’ulotlarining o`zi yoqtirgan shakllaridan biri bilan
maqsadli shug’ullanishi;
-suv, havo, quyosh nuri orqali chiniqishni;
-massaj, shaxsiy, jamoa gigaenasi omillaridan, birinchi yor-dam, xavfsizlik
qoidalari va undan foydalana bilish hamda boshqa nazariy bilimlar va amaliy
malakalarni o`z ichiga oladi.
Sog’lom turmush tarzi jismoniy madaniyatiga oid maxsus adabiyotlar
mazmuni, uning nazariy asoslari, amaliy malakalarini egallash jarayonida bir qator
atamalar, tushunchalarga duch kelamiz:
Turmush tarzi - tushunchasi quyidagi komponentlar majmuasini o`z ichiga
oladi:
birinchidan - tabiat, jamiyat va insonning o`zini o`zgartiradigan yaratuvchanlik
faoliyati;
ikkinchidan - moddiy va ma`naviy extiyojlarni qondirish usulini;
- 42 -
uchinchidan - kishilarning ijtimoiy-siyosiy faoliyati sohasida va davlat
boshqaruvda ishtirok etish shaklini;
to`rtinchidan - nazariy, empirik va qadriyatli yo`nalip darajasidagi bilish
faoliyatini;
beshinchidan - jamiyat va uning ijtimoiy tizimlari (xalq, sinf, oila va boshqalar)ni.
Salomatlik - inson organizmining shunday holatiki, uning barcha
organlari va tizimlari tashqi muhit bilan mos kelishi va kasallikka nisbatan
moyilligi umuman yo`qligidir.
Jismoniy madaniyat - jamiyat a`zolarining jismoniy kamolotga erishishini
maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish uchun maxsus vositalar, metodlar,
sharoitlarni yaratish va ulardan ratsional foydalanish bo`yicha erishilgan
yutuqlarning majmuasidir.
Jismoniy tayyorgarlik - kishining sog’liga, maxsus bilimlar biyaan
qurollanishi, hayotiy zarur harakat, ko`nikma va malakasini shakllantirishi hamda
jismoniy sifatlarining rivojlanishi darajasini belgilovchi bir guruh sinov mashqlari
majmuasini ifodalaydi.
Jismoniy rivojlanganlik - inson organizmining asta-sekinlik bilan tabiiy
shakllanishi - tashqi ko`rinishi va uning xajmini o`zgarish jarayonidir.
Jshmoniy tayyorlash - insonlarni kasbiy xususiyatidan kelib chiqib, jismoniy
holatini rivojlangirish.
Jismoniy tarbiya harakati — ijtimoiy harakatning o`z oldiga aholini jismoniy
tarbiyalash darajasini oshirish va sportni rivojlanshrishga yordam berishi maqsad
qilib qo`ygan maxsus turidir.
Jismoniy mashlar - xarakatlar va harakat faoliyatining murakkab turlari
bo`lib, jismoniy tarbiya vazifalarini hal etishga xizmat qiladi.
Jismoniy yuklama - organizm imkoniyatlari va jismoniy holatidan kelib
chiqib, unga beriladigan mashqlar miqdori.
Ommavip sport - darsdan tashqari, ish vaqtidan so`ng davlat va jamoat
tashkilotlari orqali hamda har bir shaxsning tashabbush bilan amalga oshiriladi.
- 43 -
Aktiv dam - jismoniy harakatlar orqali organizmning charchog’ini yo`qotish,
ish qobiliyatini oshirish.
Passiv dam - organizmni hech qanday yuklamalarsiz, deyarli energiya sarf
qilmay, barcha muskullarni bo`shashtirib dam olish.
Meditatsiya - asosan sharq maktabiga xos jismoniy mashqlar majmui bo`lib,
inson jismoniy tarbiya tizimlari ichida har bir shaxs mustaqil yoki shu tizim
ishqibozlari alohida guruxlarga ajralib shug’ullanadilar.
Sog’lomlashtirish trenirovkalari - insonlar salomatligini mustahkamlashga,
rivojlantirishga qaratilgan umumiy xususiyatga ega bo`lgan jismoniy yuklamalar.
Organizmning funksiont zahiralari - organ yoki funksional tizimlar ishining
tinch holatdagiga nisbatan ortishidir.
Jismoniy sog’lomlik - jismoniy mashqlar va ommaviy sport bilan tizimli
shug’ullanish orqali yoki jismoniy etuklik darajasidagi harakat faolligiga egalik,
organizmni tashqi muhitning noqulay oqibatlari va kasalliklarga qarshi tura olishi,
turmush, hayotiy faoliyatlarning talablariga yetarli darajadagi munosabati
tushuniladi.
Jismoniy qobilyat - insonning u yoki bu mushak faoliyati talablariga javob
beradigan va uning samarali bajarilishini ta’minlaydigan ruhiy-fiziologik hamda
morfologak xususiyatlari majmuasidir.
Faol (aktiv) harakatlanish umrning uzoq vaqti davomida tanimizning
funksional faoliyatini saqlashda, mehnatga yaroqlilik davrini uzaytirishga,
organizmning yetakchi xizmatlarini bajaruvchi tizimlar yurak-qon tomir, nafas,
harakat-tayanch apparati mushaklari va boshqalarni vaqtidan oldindan pishiqligini
susayishi, tanasi a`zolarining bujmayib (qurib), xizmat faoliyatining pasayib
qolishining oldini oladi. Ayniqsa, organizmning 40% dan ortig’i muskul tolalari
ekanligani hisobga olsak, ularning massasi kichrayishi, yuklamasiz so`lib qolishi,
aynan shu holatga tushishga sabab bo`ladi.
Jismoniy mashqdar bilan do`st tutingan kishilar ulug’ ne`mat bo`lmish yaxshi
kayfiyat egasi bo`ladilar. Kunlik ishlarni bajarish, murakkab muammolarni
- 44 -
yechishga urinish bunday odamlar uchun odatiy ishdek bo`lib qoladi.
Yugurish, gimnastika va boshqa jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish
oqibatida qo`lga kiritilgan yaxshi kayfiyat insonning jismiga aql, kuchiga-kuch
qo`shadi, turmush tarzidagi faoliyatlari samarador bo`ladi.
Serharakat kishilarning badanida endofrin, enfokolik moddalar ko`plab
ishlab chiqarilishi va bu moddalar kishiga hafaliklarni tez yengib ketish, tashqi
ruhiy ta`sirlarga chidamli bo`lishga yordam berishi aniqlangan. Hayotni lazzatli
o`tkazishni istagan kishi vaqtining har daqiqasini mashqlarga, yaxshi kayfiyat
tashuvchi moddalarni ko`paytiradigan jismoniy harakatlar, mehnatdagi faollikka
bag’ishlanganliklari STT madaniyatiga egalikning nishonasidir.
Harakat faolligiga odatlangan, harakatni bajarishning ahamiyati, uni foydasi,
mazasiga tushunganlardan biri mashhur matematik Gauss yoki undan ham
mashhur tibbiy sinovchi Germon Gelm Goli faqat yurish, oddiy qadamlab,
ma`lum sur`atda yurish mashqi haqida quyidagicha fikr bildirgan: «Yalt etgan,
to`satdan paydo bo`lgan fikr» har doim kutilmaganda, albatta yozuv stolida, miya
charchab, jismonan horiganda emas, jismonan bardamlik, kayfiyat
ko`tarinkiligi yuqori bo`lgan paytda keladi. Ayniqsa, («yalt» etish, to`satdan,
«chaqmoq»dek paydo bo`lish) quyosh porlab turgan, ko`m-ko`k tog’ manzarasi
qalbni oshufta qilib, sekin tog’ bag’irlab yuqoriga ko`tarilayotganda keladi, deb
aytadi.
«Yurish mening fikrimni ma`lum darajada ilhomlantiradi, ko`tarinkilik
beradi. Tinch bo`lsam men aytarli fikrlay olmayman, mening tanam harakatda
bo`lishi kerak, shundagina aqlim ham harakatlana boshlaydi» degan Jan Jak Russo.
Kasbi adabiyotchi, shoir, yozuvchi Genrih Gyote: «Fikrlash sohasidagi
barcha eng qimmatli, uni ifodalashning yanada oliyjanob usullari menga piyoda
yurayotganimda keladi» degan.
Fransuz yozuvchisi Jorj Simenon «Men qayerda bo`lishimdan qat’iy nazar,
juda ko`p yuraman, men ijodiy jarayonni yurish paytida, faqat yurish paytidagi
issiq, sovuq, loy, tuman va hokazolarni hidlash, his qilish orqali, eshitish, uzuq-
- 45 -
yuluq gaplarni ilg’ab qolish, biroz bo`lsa ilg’ab qolingan ohanglarda obrazim
yuzini, ko`zini jilovlantiraman, to`ldiraman» degan.
Qalb uchun, yorqin ijodiy aql uchun - tetik maromli (ritmda), hormay yurish
paytida a`lo darajada fikrlanadi.
Oddiygina, yagona, eng sodda harakat, «shahdam qadamlab yurish» mashqi
to`g’risida yana ancha ijobiy fikrlar bildirilganligi haqida, jismining harakatga
bo`lgan talablari, uni qondirish haqida bobokalonlarimiz - sharq allomalari, fozilu
fuzalolarning aytganlari, amalda o`zlarining bajarganlari haqida aloxida to`plamlar
yozish mumkin.
Bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino jarroxlik aralashmay davolanadigan
kasalliklarning barchasi davrlar kelib, faqat harakat bilan davolanishini bashorat
qilgan bo`lsa, rus anatomi, vrachi, pedagogi L.F.Lesgaftdan IV asr avval jismoniy
mashqlarni klassifikatsiyalagan va ularni inson organizmiga ta`sirini she`riy
satrlarda ifodalagan.
Kuragi yerga tegmagan pahlavon, chakmando`z Paxdavon Mahmud esa
kurash sirlarini ochib, kurash mashqlari, undagi harakatlar haqida ko`plab asarlar
yozgan.
Ulug’ alloma bobomiz Alisher Navoiy asarlari qahramonlarining prototipi
«Xamsa»sidagi «Farhod va Shirin», «Saddi Iskandariy», «Sabb`ai Sayyor»ning
bosh qahramonlari Farhod, Iskandar, Bahrom obrazlari badiiy to`qima bo`lmay,
davrining jasur, mard, chaqqon, oriyatli, el-yurti sha`ni-shuhratini qadrlaydigan,
jismini barkamollikka erishtirishni maqsad qilgan, muntazam mashqlanuvchi va
mashqlanishga da`vat etuvchilar tarzida yaratilgan.
«Hayot-harakat demakdir» degan ma`nodagi xalq naqli bilan boshlanadigan
F.Nasriddinovning (1998) «Kamolot va ma`naviyat saboqlari» qo`llanmasi STT
jismoniy madaniyati bo`yicha ilk adabiyotlar sirasiga kiradi. Unda mavzuga oid
material sharqona rusumlar asosidagi jismoniy harakatlar, ularni insonning aqliy va
mehnat faoliyatidagi o`rniga bag’ishlangan jismoniy tarbiya ta`limi, hayotiy
o`gitlar bilan to`ldirilgan, mustaqilligimizdan so`nggi davlat tilidagi e`tiborga loyiq
- 46 -
ommabop risolalardan bo`lib, jamiyatimiz a`zosini «jismoniy etukligi», uning
yuqori bosqichi hisoblangan «jismoniy barkamollik»ka erishishida individni
jismoniy imkoniyatlarini hisobga olgan holdagi, optimal harakat faolligini yaratish
haqidagi ilmiy-tadqiqotlarning natijalari umumlashtirilgan. Undagi qator
yo`llanma va tavsiyalar yoshlarning STT jismo niy madaniyati nazariyasiga oid
bilimlarini boyitadi, shu bois undan foydalanishni tavsiya qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |