Kunlik harakat tartibi va unga rioya qilish. STT jismoniy madaniyati
ratsional kun tartibini taqozo etadi. Organlarning faoliyati va o`z quvvatlarini qayta
tiklab olish uchun optimal shart-sharoit yaratishni to`g’ri tuzilgan va unga qat`iy
rioya qilingan kun tartibi, organizmda, muayyan faoliyat ritmini vujudga keltiradi.
Natijada turli xil ishlarning barchasini samarali tarzda bajarish imkoniyati yuzaga
keladi. Agar bu ritm sutkaning biologik ritmi bilan muvofiqlashtirilsa hayot,
turmush tarzi bayramga aylanadi.
Muayyan ishni har doim bir xil vaqtda bajarilishi organizmda dinamik
stereotipni, odatni shakllanishiga olib keladi. Bu stereotip hayotiy faoliyat
davomida takomillashib borsa, ruxiy zo`riqish, zo`r berish borgan sari pasayadi.
O`z navbatida bu organizmni zo`r berib ishlashdan, uning zahiralarini sarflash,
qarishdan, keksayishdan saqlaydi.
Kun tartibi yuksak darajadagi ish qobiliyatini saqlash, umrning har bir
daqiqasidan unumli foydalanish, uni mazmunli rejalashtirish va o`tkazish imkonini
beradi. Stereotipni tez o`zgartirib turilishi organizmning imkoniyatiga salbiy ta`sir
qiladi.
Turmush va mehnat sharoiti, maishiy va individual xususiyatlari har kimda
har xil bo`lganligi uchun barchaga bir xil, yagona kun tartibini tavsiya qilish
niyatimiz yo`q va bu mumkin ham emasligi haqida yozdik.
Insonning jismoniy faolligi - shaxsni jismoniy madaniyatini qay darajada
shakllanganligini belgilovchi muhim omillardan biri sifatida qaralishi lozim.
Madaniyatlilikning asosi, ayniqsa, jismoniy madaniyatlilik ilk bolalik davridan
yo`lga qo`yilishi lozim va ular madaniy malakalar shaklida yuzaga kelib,
- 47 -
yoshligidanoq mustahkamlansin. Bu ma`noda jismoniy faollikni boshqarish
maqsadli ko`rsatmalar bilan shaxsni shakllanishini birlamchi etapidan boshlaboq
jismoniy potentsialini yoshiga xos evolutsion shakllanishi davriga muvofiq kelishi
va bir qatorda jismoniy madaniyatining barcha komponentlarini shakllantirishga
urinish bilan parallel olib borilishi lozim.
Ilk bolalik davrida unga harakatlanish zavqi, undan yuzaga keladigan
mushaklar bayrami, xursandchiligini sezishiga imkoniyat, sharoit yaratish yetakchi
vazifalardan hisoblanadi. Amaldagi jismoniy madaniyat majmuining asosiy
kamchiligi ham shunda.
Kichik maktab yoshida jismoniy faollik, qiziqish, turli motivlar orqali -
mas`uliyat, o`zining jamoasi sha`ni, o`rtoqlari orasidagi o`rni, unga ajratilgan rolni
qay darajada bajarayotganligi, ularning ishonchini oqlaganidan olgan zavqi,
hissiyoti bora-bora o`zining imkoniyatlari darajasini tushunishini, shakllanishini
yuzaga keladigan davri hisoblanadi. Bu davrga kelib, o`smirlik, yoshlik davrining
harakat faolligi asosan ruhiy, so`ng o`zining «meni»ni shakllantirish, o`zini
ko`rsatish, namoyish qilish bilan bog’liq bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |