Barkamol avlodni tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning o`rni


  Jismoniy tarbiyani asosiy fan hisoblaysizmi?



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/26
Sana30.12.2021
Hajmi0,6 Mb.
#90631
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Bog'liq
jismoniy tarbiya va soglomlashtirish tadbirlarini ishtimoiy muhitga tasiri

6.  Jismoniy tarbiyani asosiy fan hisoblaysizmi?  

Jismoniy tarbiyani asosiy fan hisoblaysizmi savolimizga o`g’il bolalarning 15 

tasi, qizlarni esa 17 tasi “Ha” deb javob berishdi.  

Olingan  tadqiqot  natijalari  shuni  ko`rsatdiki,  jismoniy  tarbiya  deganda 

o`quvchilar ikkilamchi vazifa sifatida qarashlari aniqlandi. Lekin jismoniy tarbiya 

hamma jabhalarda asosiy omil bo`lib hisoblanishini unutmasligimiz lozim.  



 

 

 

 

 


 

- 40 - 


3-BOB. SOG’LOM TURMUSH TARZI JISMONIY MADANIYATI.  

«Sog’lom  turmush  tarzi  jismoniy  madaniyata  odobi  shunday  narsaki,  u 

keraksiz  bo`lib qolmaydi, ishlatmasang yo`qolib ham ketmaydi, kerak paytda esa 

senga  ko`makchi  bo`ladi»  -  deb  yozadi  ushbu  risolamiz  mualliflaridan  biri 

professor SH.X.Xankeldiev o`zining ilmiy maqolalaridan birida. 

Haqiqatdan  ham  STT  jismoniy  madaniyatini  xunar  yoki  kasb,  unga  egalik 

san`algidan bexabar odamdek «men buni bilmayman» deyish uyatdek gap. Chunki 

inson  fan-texnika  yutuqlari  yoki  hayot,  turmush  tarzining  ahamiyati-yu 

muammolarini  zaruriyat  bo`lmasa  ham  «zo`r»  biladi,  lekin  o`z  jismining 

madaniyatiga oid bilimlari esa o`ta past. 

Sog’lom turmush tarzi jismoniy madaniyati marddik, jasurlik va matonatdek 

sub`ektiv qadriyatlarni o’rganishi va qo’llanishi ishi uchun vosita bo`ladi. 

Mardlik,  jasurlik  va  matonat  fazilatlarini  tarbiyalash  jarayoni  jismoniy 

mashqlar  bilan  shug’ullanish  malumotlarining  barcha  shakllarida  -  u 

sog’lomlashtirish  jismoniy madaniyati mashg’ulotlari tarkibidami, ommaviy sport 

turi  bilan  shug’ullanish  malulotlaridami,  shug’ullanuvchining  istagisiz  namoyon 

bo`lishi  amaliyotda  isbotlangan.  Bu  tarixiy,  umuminsoniy  fazilatlar  yuksak 

ma’naviyatli,  har  tomonlama  jismonan  garmonik  rivojlangan  intellektual 

resurslarning shakllanishiga zamin bo`ladi. 

Jamoa,  davra,  yig’inning  e`tiborida  bo`lish  (kurash,  ommaviy  tadbirlar, 

bayramlar, musobaqalar jarayonida va boshqalar)da o`zini tutishi, g’olib bo`lganda 

yoki  mag’lubiyatdan,  so`nggi  vaziyatdan  sharaf  bilan  chiqish,  buni    qayd  qilgan 

faqat  bizning  yurtimiz  xalqlari  uchun  xos  bo`lgan  sub`ektiv  qadriyatlar  mardlik, 

jasurlik va matonat shakllanishida vosita bo`ladi. Zarur bo`lganda o`ylab o`tirmay 

matonat  talab  qiladigan,  mardlik,  jasurlik  namoyon  qiladigan  vaziyatlarda  o`zini 

yo`qotmaslik,  o`zini  boshqarishdek  jihatlari  bilan  jismoniy  madaniyatga  egaligi 

darajasini namoyon qiladi. 

Sog’lom  turmush  tarzi  jismoniy  madaniyati  qadriyat  sifatida  o`z  ichiga 

quyidagilarni oladi: 



 

- 41 - 


-jamiyat  a’zosining  salomatligi,  vujudi  qismlarining  xizmat  faoliyati  darajasi, 

tanining  sixatligi,  uni  zarur  darajada  ushlashga  yordam  beradigan  tizimli 

mashg’ulotlarni; 

-jismoniy  tayyorgarligi  (yetuklik)  -  kuchi,  tezligi,  chaqqonligi,  chidamliligi, 

egiluvchanligining darajasini; 

-jismoniy  rivojlanganligi  -  vazni,  bo`yi,  tanasi  a`zolarining  o`lchami  va  ularni 

o`ziga yarasha darajada ushlashga oid nazariy bilimlari va amaliy malakalarni; 

-jismoniy  yetuklik  va  jismoniy  barkamollikka  oid  nazariy  bilimlarni  va  amaliy 

malakalarni; 

-kun  tartibi  tarkibida  xarakat  faolligi  o`quv,  mehnat  faoliyati,  «aktiv»,  «passiv» 

dam olish madaniyati; 

-aqliy  va  jismoniy  faoliyat  uchun  sarflanadigan  energiya  (quvvat)ni  tiklashni 

boshqara olish; 

-ommaviy sport turlaridan biri bilan shug’ullanishni; 

-salomatlik trenirovkalarining mazmuni va uni tashkillashni; 

-sog’lomlashtirish  mashg’ulotlarining  o`zi  yoqtirgan  shakllaridan  biri  bilan 

maqsadli shug’ullanishi; 

-suv, havo, quyosh nuri orqali chiniqishni; 

-massaj,  shaxsiy,  jamoa  gigaenasi  omillaridan,  birinchi  yor-dam,  xavfsizlik 

qoidalari  va  undan  foydalana  bilish  hamda  boshqa  nazariy  bilimlar  va  amaliy 

malakalarni o`z ichiga oladi. 

Sog’lom  turmush  tarzi  jismoniy  madaniyatiga  oid  maxsus  adabiyotlar 

mazmuni, uning nazariy asoslari, amaliy malakalarini egallash jarayonida bir qator 

atamalar, tushunchalarga duch kelamiz: 

Turmush  tarzi  -  tushunchasi  quyidagi  komponentlar  majmuasini  o`z  ichiga 

oladi: 


birinchidan  -  tabiat,  jamiyat  va  insonning  o`zini  o`zgartiradigan  yaratuvchanlik 

faoliyati; 

ikkinchidan - moddiy va ma`naviy extiyojlarni qondirish usulini; 



 

- 42 - 


uchinchidan  -  kishilarning  ijtimoiy-siyosiy  faoliyati  sohasida  va  davlat 

boshqaruvda ishtirok etish shaklini; 

to`rtinchidan  -  nazariy,  empirik  va  qadriyatli  yo`nalip  darajasidagi  bilish 

faoliyatini; 

beshinchidan - jamiyat va uning ijtimoiy tizimlari (xalq, sinf, oila va boshqalar)ni.             

               Salomatlik  -  inson  organizmining  shunday  holatiki,  uning  barcha 

organlari  va  tizimlari  tashqi  muhit  bilan  mos  kelishi  va  kasallikka  nisbatan 

moyilligi umuman yo`qligidir. 

Jismoniy  madaniyat  -  jamiyat  a`zolarining  jismoniy  kamolotga  erishishini 

maqsadga  muvofiq  ravishda  amalga  oshirish  uchun  maxsus  vositalar,  metodlar, 

sharoitlarni  yaratish    va  ulardan  ratsional  foydalanish  bo`yicha  erishilgan 

yutuqlarning majmuasidir. 

Jismoniy  tayyorgarlik  -  kishining  sog’liga,  maxsus  bilimlar  biyaan 

qurollanishi, hayotiy  zarur harakat, ko`nikma va  malakasini shakllantirishi  hamda 

jismoniy sifatlarining rivojlanishi darajasini belgilovchi bir guruh sinov mashqlari 

majmuasini ifodalaydi. 

Jismoniy  rivojlanganlik  -  inson  organizmining  asta-sekinlik  bilan  tabiiy 

shakllanishi - tashqi ko`rinishi va uning xajmini o`zgarish jarayonidir. 

Jshmoniy tayyorlash - insonlarni kasbiy xususiyatidan kelib chiqib, jismoniy 

holatini rivojlangirish. 

Jismoniy tarbiya harakati — ijtimoiy harakatning o`z oldiga aholini jismoniy 

tarbiyalash darajasini oshirish  va sportni rivojlanshrishga yordam berishi maqsad 

qilib qo`ygan maxsus turidir. 

Jismoniy  mashlar  -  xarakatlar  va  harakat  faoliyatining  murakkab  turlari 

bo`lib, jismoniy tarbiya vazifalarini hal etishga xizmat qiladi. 

Jismoniy    yuklama  -  organizm  imkoniyatlari  va  jismoniy  holatidan  kelib 

chiqib, unga beriladigan mashqlar miqdori. 

Ommavip  sport  -  darsdan  tashqari,  ish  vaqtidan  so`ng  davlat  va  jamoat 

tashkilotlari orqali hamda har bir shaxsning tashabbush bilan amalga oshiriladi. 



 

- 43 - 


Aktiv dam - jismoniy harakatlar orqali organizmning charchog’ini yo`qotish, 

ish  qobiliyatini oshirish. 

Passiv  dam  -  organizmni  hech  qanday  yuklamalarsiz,  deyarli  energiya  sarf 

qilmay, barcha muskullarni bo`shashtirib dam olish. 

Meditatsiya - asosan sharq maktabiga xos jismoniy mashqlar majmui bo`lib, 

inson  jismoniy  tarbiya  tizimlari  ichida  har  bir  shaxs  mustaqil  yoki  shu  tizim 

ishqibozlari alohida guruxlarga ajralib shug’ullanadilar. 

Sog’lomlashtirish  trenirovkalari  -  insonlar  salomatligini  mustahkamlashga, 

rivojlantirishga qaratilgan umumiy xususiyatga ega bo`lgan jismoniy yuklamalar. 

Organizmning funksiont zahiralari - organ yoki funksional tizimlar ishining 

tinch holatdagiga nisbatan ortishidir. 

Jismoniy  sog’lomlik  -  jismoniy  mashqlar  va  ommaviy  sport  bilan  tizimli 

shug’ullanish  orqali  yoki  jismoniy  etuklik  darajasidagi  harakat  faolligiga  egalik, 

organizmni tashqi muhitning noqulay oqibatlari va kasalliklarga qarshi tura olishi, 

turmush,  hayotiy  faoliyatlarning  talablariga  yetarli  darajadagi  munosabati 

tushuniladi. 

Jismoniy  qobilyat  -  insonning  u  yoki  bu  mushak  faoliyati  talablariga  javob 

beradigan  va  uning  samarali  bajarilishini  ta’minlaydigan  ruhiy-fiziologik  hamda 

morfologak xususiyatlari majmuasidir.  

 

Faol  (aktiv)  harakatlanish  umrning  uzoq  vaqti  davomida  tanimizning 



funksional  faoliyatini  saqlashda,  mehnatga  yaroqlilik  davrini  uzaytirishga, 

organizmning  yetakchi  xizmatlarini  bajaruvchi  tizimlar  yurak-qon  tomir,  nafas, 

harakat-tayanch apparati mushaklari va boshqalarni vaqtidan oldindan pishiqligini 

susayishi,  tanasi  a`zolarining  bujmayib  (qurib),  xizmat  faoliyatining  pasayib 

qolishining  oldini  oladi.  Ayniqsa,  organizmning  40%  dan  ortig’i  muskul  tolalari 

ekanligani  hisobga  olsak, ularning  massasi  kichrayishi,  yuklamasiz  so`lib  qolishi, 

aynan shu holatga tushishga sabab bo`ladi. 

Jismoniy  mashqdar  bilan  do`st  tutingan  kishilar  ulug’  ne`mat  bo`lmish  yaxshi 

kayfiyat  egasi  bo`ladilar.  Kunlik  ishlarni  bajarish,  murakkab  muammolarni 



 

- 44 - 


yechishga urinish bunday odamlar uchun odatiy ishdek bo`lib qoladi. 

Yugurish,  gimnastika  va  boshqa  jismoniy  mashqlar  bilan  shug’ullanish 

oqibatida  qo`lga  kiritilgan  yaxshi  kayfiyat  insonning  jismiga  aql,  kuchiga-kuch 

qo`shadi, turmush tarzidagi faoliyatlari samarador bo`ladi. 

Serharakat  kishilarning  badanida  endofrin,  enfokolik  moddalar  ko`plab 

ishlab  chiqarilishi  va  bu  moddalar  kishiga  hafaliklarni  tez  yengib  ketish,  tashqi 

ruhiy  ta`sirlarga  chidamli  bo`lishga  yordam  berishi  aniqlangan.  Hayotni  lazzatli 

o`tkazishni  istagan  kishi  vaqtining  har  daqiqasini  mashqlarga,  yaxshi  kayfiyat 

tashuvchi  moddalarni  ko`paytiradigan  jismoniy  harakatlar,  mehnatdagi  faollikka 

bag’ishlanganliklari STT madaniyatiga egalikning nishonasidir. 

Harakat faolligiga odatlangan, harakatni bajarishning ahamiyati, uni foydasi, 

mazasiga  tushunganlardan  biri  mashhur  matematik  Gauss  yoki  undan  ham 

mashhur  tibbiy  sinovchi  Germon  Gelm    Goli  faqat  yurish,  oddiy  qadamlab, 

ma`lum  sur`atda  yurish  mashqi  haqida  quyidagicha  fikr  bildirgan:  «Yalt  etgan, 

to`satdan paydo bo`lgan fikr» har doim kutilmaganda, albatta yozuv stolida, miya 

charchab, jismonan horiganda emas, jismonan bardamlik, kayfiyat 

ko`tarinkiligi  yuqori  bo`lgan  paytda  keladi.  Ayniqsa,  («yalt»  etish,  to`satdan, 

«chaqmoq»dek  paydo  bo`lish)  quyosh  porlab  turgan,  ko`m-ko`k  tog’  manzarasi 

qalbni  oshufta  qilib,  sekin  tog’  bag’irlab  yuqoriga  ko`tarilayotganda  keladi,  deb 

aytadi.  

«Yurish  mening  fikrimni  ma`lum  darajada  ilhomlantiradi,  ko`tarinkilik 

beradi.  Tinch  bo`lsam  men  aytarli  fikrlay  olmayman,  mening  tanam  harakatda 

bo`lishi kerak, shundagina aqlim ham harakatlana boshlaydi» degan Jan Jak Russo. 

Kasbi  adabiyotchi,  shoir,  yozuvchi  Genrih    Gyote:  «Fikrlash  sohasidagi 

barcha  eng  qimmatli,  uni  ifodalashning  yanada  oliyjanob  usullari  menga  piyoda 

yurayotganimda keladi» degan. 

Fransuz yozuvchisi Jorj Simenon «Men  qayerda bo`lishimdan qat’iy nazar, 

juda  ko`p  yuraman,  men  ijodiy  jarayonni  yurish  paytida,  faqat  yurish  paytidagi 

issiq,  sovuq,  loy,  tuman  va  hokazolarni  hidlash,  his  qilish  orqali,  eshitish,  uzuq-



 

- 45 - 


yuluq  gaplarni  ilg’ab  qolish,  biroz  bo`lsa  ilg’ab  qolingan  ohanglarda  obrazim 

yuzini, ko`zini jilovlantiraman, to`ldiraman» degan. 

Qalb uchun, yorqin ijodiy aql uchun - tetik maromli (ritmda), hormay yurish 

paytida a`lo darajada fikrlanadi. 

Oddiygina, yagona, eng sodda harakat, «shahdam qadamlab yurish» mashqi 

to`g’risida  yana  ancha  ijobiy  fikrlar  bildirilganligi  haqida,  jismining  harakatga 

bo`lgan talablari, uni qondirish haqida bobokalonlarimiz - sharq allomalari, fozilu 

fuzalolarning aytganlari, amalda o`zlarining bajarganlari haqida aloxida  to`plamlar 

yozish mumkin. 

Bobokalonimiz  Abu  Ali  ibn  Sino  jarroxlik  aralashmay  davolanadigan 

kasalliklarning  barchasi  davrlar  kelib,  faqat  harakat  bilan  davolanishini  bashorat 

qilgan bo`lsa, rus anatomi, vrachi, pedagogi L.F.Lesgaftdan IV asr avval jismoniy 

mashqlarni  klassifikatsiyalagan  va  ularni  inson  organizmiga  ta`sirini  she`riy 

satrlarda ifodalagan. 

Kuragi  yerga  tegmagan  pahlavon,  chakmando`z  Paxdavon  Mahmud  esa 

kurash  sirlarini  ochib,  kurash  mashqlari,  undagi  harakatlar  haqida  ko`plab  asarlar 

yozgan. 

Ulug’  alloma  bobomiz  Alisher  Navoiy  asarlari  qahramonlarining  prototipi 

«Xamsa»sidagi  «Farhod  va  Shirin»,  «Saddi  Iskandariy»,  «Sabb`ai  Sayyor»ning 

bosh  qahramonlari  Farhod,  Iskandar,  Bahrom  obrazlari  badiiy  to`qima  bo`lmay, 

davrining  jasur,  mard,  chaqqon,  oriyatli,  el-yurti  sha`ni-shuhratini  qadrlaydigan, 

jismini  barkamollikka  erishtirishni  maqsad  qilgan,  muntazam  mashqlanuvchi  va 

mashqlanishga da`vat etuvchilar tarzida yaratilgan. 

«Hayot-harakat demakdir» degan ma`nodagi xalq naqli bilan boshlanadigan 

F.Nasriddinovning  (1998)  «Kamolot  va  ma`naviyat  saboqlari»  qo`llanmasi  STT 

jismoniy  madaniyati  bo`yicha  ilk  adabiyotlar  sirasiga  kiradi.  Unda  mavzuga  oid 

material sharqona rusumlar asosidagi jismoniy harakatlar, ularni insonning aqliy va 

mehnat  faoliyatidagi  o`rniga  bag’ishlangan  jismoniy  tarbiya  ta`limi,  hayotiy 

o`gitlar bilan to`ldirilgan, mustaqilligimizdan so`nggi davlat tilidagi e`tiborga loyiq 



 

- 46 - 


ommabop  risolalardan  bo`lib,  jamiyatimiz  a`zosini  «jismoniy  etukligi»,  uning 

yuqori  bosqichi  hisoblangan  «jismoniy  barkamollik»ka  erishishida  individni 

jismoniy imkoniyatlarini hisobga olgan holdagi, optimal harakat faolligini yaratish 

haqidagi  ilmiy-tadqiqotlarning  natijalari  umumlashtirilgan.  Undagi  qator 

yo`llanma  va  tavsiyalar  yoshlarning  STT  jismo  niy  madaniyati  nazariyasiga  oid 

bilimlarini boyitadi, shu bois undan foydalanishni tavsiya qilamiz. 




Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish